8.5.-rasm. Tezliklarning avtomatik qutisi (a) va shpindel aylanish chastotasi grafigining (b) kinematik sxemasi.
Elektromagnitmufta (5.5-rasm) 2 g‘altakliva 3 toko£tkazuvchanhalqatt 1 korpusdan, 4 friksionhalqa, (7 tashqiva 8 ichkihalqali) 10 yakordanhamda 9 bronzavtulkadantashkiltopgan. 5 ichki disklar 1 korpus bilan mahkamlangan. Biroz chiqib turuvchi tashqi disk 6 lar halqasiga kiradi. G£altak 2 ga kuchlanish uzatilganda ishchi magnit oqimi friksion disk korpusi bo£ylab yeyiladi. Yakor va disklar to‘plami bu holda korpusga tortiladi, siqilgan disklar o‘rtasida friksion bog‘lanish yuzaga keladi. Burovchi moment zanjirga uzatiladi: korpus — ichki disklar — tashqi disklar — halqa ketma-ketligi ro£y beradi. G‘altakdan kuchlanish olingandan keyin friksion disklar to‘plamining uzilishi kuzatiladi va burovchi moment uzatilmaydi.
Aylanish chastotasini bosqichsiz boshqarish tristor boshqaruvli doimiy tok elektrodvigateli yordamida amalga oshiriladi; elektrodvigatel ning aylanish chastotasi boshqaruvning elektron bloki yordamida bosqichsiz o'zgaradi. Bunday dvigatellar ikki, uch bosqichli tezliklar qutisi bilan birgalikda RDB dastgohlarida keng tarqalgan. Konstruksiyaning soddaligi va boshqaruvning yengilligi bunday yuritmalarning afzalliklari hisoblanadi. RDB dastgohlarining shpindellari aniq, qattiq, o'tiruvchan va bazaviy sirtlarning yemirilishga kuchaytirilgan chidamliligi bilan tayyorlanadi. Shpindel uchlari standartlashtirilgan. RDB ko‘p vazifali va frezali dastgoh shpindellari asbobni sozlash uchun mo'ljallangan 7/24 konusli teshikka ega. Parmalash dastgohlarining shpindellarida asbobni sozlash uchun Morze konusli teshik mavjud. H va П sinfli dastgohlarning shpindellari 40X, 45, 50 markali po‘latlardan tayyorlanadi. Shpindellarning sirtlari HRSe 48—56 qattiqlikka qadar toblanadi. Murakkab shaklli shpindellar 40XGR, 50X markali po‘latdan, HRSe 56—60 qattiqlikka qadar toblab tayyorlanadi. Suyuqli ishqalanish podshipniklarida ishlovchi shpindellar, odatda, 38XVFYuA markali po‘latdan tayyorlanadi va HRSe 63—68 qattiqlikka qadar toblanadi. Ko‘p hollarda, shpindellar tayanchi sifatida dumalash podshipniklari ishlatiladi. Tayanchlarning mustahkamligini orttirish uchun, ular awaldan tortilib, so‘ng o‘matiladi. Silindr rolikli podshipniklarda (8.6- a rasm) tortilish quyidagicha amalga oshiriladi: (2) shpindelning konik sheyka (bo‘yin)ga tortish natijasida (1) ichki halqa deformatsiyalanadi. Radikal sharikli podshipniklarda tortilish, ichki halqalarni tashqi prujinalarga nisbatan (prokladkalar yordamida) o‘q bo‘yicha siljitish orqali ta’minlanadi (8.6- b rasm)
8.6.-rasm Avvaldan tortishni hosil qilish usullari Shpindel tayanchlaridagi sirpanish podshipniklari nihoyatda kam ishlatiladi. Ular faqat o‘q bo‘ylab yoki radial yo‘nalishda tirqish kattaligini boshqaruvchi qurilma mavjud bo‘lgan hollardagina ishlatiladi. Sirpanish podshipniklarida (5.7-a rasm) tirqish (2) vkladish (ichqo‘yma) ni siljitish orqali boshqariladi. Buning uchun (1) gayka biroz bo‘shatiladi va 3 gaykani burash orqali vkladish (ichqo‘yma) tortiladi. Gidrostatik podshipniklarda ko‘taruvchi moy qatlami val aylanishida, moyning vkladish (ichqo'yma) hamda sapfa yuzasiga yopishib qolishi va moyning ular orasidagi tirqishga tortilishi natijasida hosil bo‘ladi. Klinli tirqish quyidagicha hosil qilinadi: vkladish (ichqo‘ytna) laming ishchi sirtlari fasonli shilinadi, vtulkalar elastik deformatsiyalanadi, shpindel aylanishida vkladish (ichqo'yma) ning o‘z-o‘zidan o‘rnashishi ro‘y beradi. Ko‘p klinli gidrodinamik podshipnikning to‘rtta (1) vkladishi (ichqo'yma) (5.7-b rasm), aylanish yo‘nalishi va (2) shpindelning o‘q tekisligida o‘z-o‘zidan o‘rnashishi mumkin. Prezitsion dastgohlarning tayanchlarida gidrostatik podshipniklar ishlatiladi. Ular, sirpanishning ixtiyoriy tezligida suyuqli ishqalanish rejimini hosil qilinishi natijasida, shpindelning Yuqori aniqlikdagi aylanishini ta’minlaydi. Nasosdan moy katta bosim ostida drossellovchi qurilmalar orqali bir necha 1 cho‘ntakka uzatiladi (5.7-drasm), ulardan (shpindel sheykasi (2) va (3) podshipnik orasidagi tirqish orqali) (4) teshikka siqib chiqariladi. Ko‘plab konstruksiyalar uchun cho'ntak- larning optimal soni (4) hisoblanadi.
8 .7-sirpanish podshipniklari
Prezitsion dastgohlarda aerostatik podshipniklar qo‘llaniladi. Ularda shpindel va podshipnik o'rtasida siqilgan havoning yupqa qatlami joylashgan. Buning natijasida podshipnikning qizishi va yeyilishi kamayadi, Yuqori aniqlikdagi shpindel aylanishi ta’minlanadi. RDB dastgohlarining uzatish va pozitsiyalash yuritmasi
U zatish va pozitsiyalash yuritmasi dastgoh ishchi organlarini, BD ga muvoflq, talab etilgan pozitsiyaga siljitishni ta’minlaydi. Yuritmaga Yuqori talablar qo‘yiladi. U kichik tirqishlarga, Yuqori bikrlikka ega bo‘lishi; kichik tezliklarda siljish ravonligini va yordamchi siljishlarda Yuqori tezlikni ta’minlashi; tezlatish va tormozlashda kichik vaqt sarfiga, uncha katta bo£lmagan ishqalanish kuchlariga, uning elementlari qizishining kichik miqdori, boshqaruvning katta diapazoniga ega bo'lishi kerak. Ta’kidlangan talablar sharikli va gidrostatik vintli uzatmalar, tebranish yo‘naltiruvchilari, gidrostatik yo‘naltiruvchilar, qisqa kinematik zanjirli tirqishsiz reduktor va boshqalar yordamida ta’minlanadi