Tasodifiy miqdorlarning qanday turlarini bilasiz?
Tasodifiy miqdor X deb, awaldan no‘malum bo'lgan va oldindan inobatga olib bo'lmaydigan tasodifiy sabablarga bog'liq bo'lgan hamda sinash natijasida bitta mumkin bo'lgan qiymat qabul qiluvchi miqdorga aytiladi.
Tasodifiy miqdorlar diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlarga bo‘linadi.
Diskret (uzlukli) tasodifiy miqdor deb, ayrim, ajralgan qiymatlami ma’lum ehtimollar bilan qabul qiluvchi miqdorga aytiladi. Diskret tasodifiy miqdoming mumkin bo'lgan qiymatlari soni chekli yoki cheksiz bo'lishi mumkin.
Uzluksiz tasodifiy miqdor deb chekli yoki cheksiz oraliqdagi barcha qiymatlarini qabul qilishi mumkin bo'lgan miqdorga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |