7. Kanal darajasi. Tarmoq darajasi paketni oxirgi tizimlar orasida marshrutizatorlar turkumi
orqali uzatilishini ta’minlaydi. Bitta tugundan boshqa tugunga paketni
(deytagrammani) harakatlanishi uchun tarmoq darajasi kanal darajasi
xizmatlariga murojaat qiladi. Kanal darajasining asosiy funktsiyayasi marshrutdagi
tugunlar orasida deytagrammaoarni uzatishdan iborat.
Kanal darajasi ishlatiladigan aloqa liniyasiga mo’ljallangan maxsus
protokolni ishlatadi. Ba’zan kanal darajasi protokollari tugunlar orasida ishonchli
uzatishni ta’minlaydi. Transport va kanal darajalardagi ishonchli uzatishning
farqiga e’tibor bering, TSR protokoli xabarlarning butun harakatlanishi yo’lida,
kanal darajasi protokoli esa faqat tugunlar juftligi orasidagi ishonchlilikni
ta’minlaydi. Kanal darajasi protokollariga Ethernet, Wi-Fi kiradi. Masalan,
deytagramma bitta oraliqda Ethernet protokoli orqali va boshqa oraliqda RRR
protokoli orqali qayta ishlanishi mumkin. Modomiki, jo’natuvchidan manzilga yo’l
odatda turil jinsli aloqa liniyalaridan tashkil topar ekan, deytagrammalarni uzatish
turli kanal protokollari orqali amalga oshirilishi mumkin. Kanal darajasi
almashlash birligini biz kadrlar deb ataymiz.