6.Tashqi silindrik sirtlarni tekshirish
Hosil qilingan tashqi o‘lchamlarning aniqligini tekshirish uchun turli
o‘lchash asboblaridan foydalaniladi.
0,1 mm yoki 0,05 mm gacha bo‘lgan aniqlikdagi o‘lchamlar shtangensirkul
SHS-1 yoki SHS-P bilan tekshiriladi. (40- rasm, a)
0,01 mm gacha aniqlikda o‘lchash uchun mikrometrlardan foydalaniladi.
(40- rasm, b): mikrometrlarda 0-25, 25-50, 50-75, 75-100, 100 -130, 130-200,
200-400 mm o‘lchov chegaralari bor.
Tashqi sirtlarni (0,01 mm gacha) aniq o‘lchash indikatorlari skoba bilan
bajariladi. Indikatorli skoba oldindan o‘lchov plitkalari bo‘yicha nominal
o‘lchamga sozlanadi, o‘lchash vaqtida indikator strelkasi shkalada nominal
o‘lchamdan og‘ishlarni ko‘rsatadi (40- rasm,v).
Detallarning katta partiyalarini tayyorlashda o‘lchamlar chegaraviy
kalibrlar bilan tekshiriladi. Tashqi sirtlarni tekshirish uchun kalibr skoba ishlatiladi (40-rasm,). Agar skobaning o‘tuvchi tomoni (PR- proxodnaya)
o‘lchanayotgan sirtga bemalol kirsa, o‘tmaydigan tomoni (NЕ - ne proxodnaya)
o‘tmasa, o‘lcham to‘g‘ri hisoblanadi.
Tashqi ariqchalar yo‘nish va kesib tushirish Ariqchalarning vazifasi va shakllari. Detallarning tashqi sirtlarida rezbali qismning oxirida rez’ba qirqadigan asbobning chiqishi uchun, stopor o‘rnatish uchun.
Tashqi diametrni tekshirish.
a – shtangensirkul bilan, b – mikrometr bilan, v – indikatorli skoba bilan,
g -kalibr skoba bilan
halqa joylashtirish va h.k. uchun qo‘shimcha ariqchalar yo‘niladi.
Ariqchalar shtangensirkul SHS-1 ning chuqurlik o‘lchagichi,shtangenchuqurlik o‘lchagich yoki shablon bilan tekshiriladi (41- rasm, a, b).Ariqcha yo‘nuvchi va kesib tushiruvchi keskichlarning xususiyatlari.Ariqchalar ariqcha yo‘nuvchi keskichlar (42- rasm) bilan yo‘niladi, kesib tushirish esa kesib tushiruvchi keskichlar bilan (43-rasm) bajariladi.Ariqcha yo‘nuvchi va kesib tushiruvchi keskichning ish qismida kesuvchi va
ikkita yordamchi qirralar bo‘lib, har bir yordamchi qirra ko‘ndalang surish
yo‘nalishiga nisbatan planda kichkina yordamchi burchak ( =1°-2°) ostida
joylashgan; bundan tashqari, keskich kallagining eni tagiga nisbatan kamayib
boradi (b1=2°-3°). Bu keskich yordamchi sirtlarining ketingi o‘yilgan ariqcha
devorlariga ishqalanishini kamaytiradi.
Ariqcha chuqurligini tekshirish:
a-SHS-1 shtangensirkulning chuqurlik o‘lchagichi bilan, b – shablon bilan, v-
indikatorli skoba bilan, g-kalibr-skoba bilan.
Ariqcha qiquvchi keskich
Qattiq qotishmali kesib tushiruvchi keskich Kesib tushiruvchi keskichlar tayyor detalni zagotovkadan kesib tushirish yoki zagotovkani bo‘laklarga ajratish uchun xizmat qiladi. Kesib tushiruvchi keskich ariqcha yo‘nuvchi keskichdan kallagining uzunligi bilan farq qiladi. Keskich kallagining mustahkamligini oshirish va sinishining oldini olish maqsadida kesib tushiruvchi keskichlarning kuchaytirilgan konstruksiyalari
ishlatiladi: ularda kallagining balandligi oshirilgan va kesuvchi qirrasi
dasta o‘qi sathida joylashgan bo‘ladi (44- rasm, a, b).
Kesib tushiruvchi keskich kesuvchi qirrasining eni ishlanadigan
zagotovkaning diametriga bog‘liq bo‘lib, 3- 8 mm ga teng.
Kuchaytirilgan kesib tushiruvchi keskichlar:
a – kallagi kattalashtirilgan, b – kesuvchi qirrasi dastasining o‘qi sathida joylashgan
Kesib tushirish oxirida keskichning holati:
a – keskich markazdan pastroq o‘rnatilganda, b – keskich markazdan yuqoriroq
o‘rnatilganda, 1-2 –keskich holatlari
Kesib tushirish ishlarini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilish
zarur:Keskich zagotovka o‘qi bo‘ylab aniq o‘rnatiladi; agar uning kesuvchi
qirrasi markazdan pastroq joylashsa, keskich o‘qqa yaqinlashganda zagotovkada
sterjencha hosil boladi (45- rasm, a); keskich markazdan yuqoriroq joylashsa,
u zagotovka o‘qiga yaqinlashganda ketingi sirti bilan hosil bo‘lgan sterjenchaga tiralishi mumkin (45- rasm, b); kesib tushiruvchi to‘g‘ri keskichning dastasi zagotovka o‘qiga qat’iy perpendikulyar qilib o‘rnatiladi,bunda keskich kallagining yon sirti o‘yilayotgan ariqchaning devorlariga ishqalanmasligi kerak; kesib tushirish patron kulachoklariga yaqin joyda bajariladi, kesib tushiriladigan joy patron kulachoklaridan 3-5 mm masofada bo‘lishi kerak; ayrim hollarda qattiq zagotovkalarni kesib tushirish yoki qirqish keskichni bo‘ylamasiga ikki tomonga 1-2 mm ga surib bajariladi, bu yo‘nilayotgan ariqchaga qirindi tiqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va kesish jarayonini yengillashtiradi (46- rasm, a);katta diametrli zagotovkalarni kesib tushirishda keskich zagotovka o‘qigacha yetkazilmaydi, chunki kesib olinayotgan qism o‘z og‘irligi ta’sirida kesuvchi qirra o‘qqa borgunga qadar sinib tushishi va o‘yilgan ariqchada keskich qisilib qolishi mumkin. Keskich ariqchadan kesuvchi qirrani o‘qqa 2-3 mm yetkazmasdan turib chiqariladi, so‘ngra dastgoh to‘xtatiladi, kesib olinayotgan qism
sindirib olinadi; tayyorlanadigan detallning toretsiga yuqori talablar qo‘yilmasa, diametri katta bo‘lmagan zagotovkani kesib tushirishda kesuvchi qirrasi qiya keskichlar ishlatiladi (46- rasm, b). Bunda kesib tushirilgan zagotovkaning toretsi nisbatan toza chiqadi va tozalab yo‘nishni talab qilmaydi;
Kesib tushirish sxemalari:
a – ariqchani kengaytirib, b – kesuvchi qirrasi qiya kertilgan keskich
bilan og‘ir kesib tushirish ishlari (zagotovka diametri katta, materiali
qattiq) shpindelni teskari aylantirib, kesuvchi qirrasi pastda joylashgan
bukilgan kesib tushiruvchi keskich bilan bajariladi (47- rasm).
Bu usulda qirindi keskichda ushlanib qolmaydi va o‘z og‘irligi bilan
tog‘oraga tushadi. Bundan tashqari, chiqiqlar yoki qattiq qo‘shilmalar keskichga
urilib, uning dastasini biroz egadi, bu bilan zarb amortizatsiyalanadi va
keskich sinishidan saqlanadi; agar zagotovkalar partiyasiga ishlov
berilayotgan bo‘lsa va ariqcha yo‘nish yoki kesib tushirish mustaqil ish
(operatsiya) bo‘lsa, bunda support karetkasi staninaga mahkamlanadi, support
ponalari esa tortiladi, bu bilan vibratsiyaning oldi olinadi va kesib
tushiruvchi keskichning sinish havfi kamaytiriladi; kesib tushirilgan
qismning kerakli uzunligini ta’minlashni yengillatish maqsadida chiviqdan zagotovkani kesib olishda support karetkasi shunday o‘rnatilishi kerakki,
bunda kesib tushiruvchi keskich patron toretsidan 5-6 mm nari turishi kerak.
Chiviq patrondan ketingi babkaga mahkamlangan tashlama tirakka tiralguncha
chiqariladi (48-rasm, a). Bu maqsadda keskich tutkichga o‘rnatilgan tirakdan
ham foydalanish mumkin(48- rasm, b); chiviq o‘rnatilgach, tirak chekkaga surib
qo‘yiladi.
Kesib tushirish rejimlari. Kesib tushirishda tashqi yo‘nish yoki tores
yo‘nishdagiga nisbatan surish kichik qiymatda olinadi. Diametri 40 mm gacha
bo‘lgan zagotovkalarni kesib tushirishda surishni 0,1-0,15 mm/ayl, katta
diametrlarda esa 0,3 mm/ayl olish tavsiya qilinadi. Kesib tushirish tezligi
tashqi yo‘nishdagiga qaraganada 15% kichik bo‘ladi.
Ariqchalar qirqishda va kesib tushirishda uchraydigan nuqsonlar va ularni oldini olish choralari
Kesib tushirish yo‘nishga nisbatan ancha og‘ir sharoitlarda o‘tadi, chunki
keskich yo‘nilayotgan ariqchaga ponasimon kirib boradi va keskich sirti bilan
detal orasida anchagina ishqalanish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun po‘lat detallari kesib tushirishda moylash-sovitish
suyuqligi sifatida mineral moy yoki sulfofrezol ishlatiladi.
Ariqchalar yo‘nishda va kesib tushirishda uchraydigan nuqsonlar va
ularning oldini olish choralari 4-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |