Ma`ruza №6 Mavzu: Tashqi silindrik yuzalarga ishlov berish. Reja



Download 5,62 Mb.
bet1/3
Sana29.12.2021
Hajmi5,62 Mb.
#79942
  1   2   3
Bog'liq
Маъруза 6


Ma`ruza №6

Mavzu: Tashqi silindrik yuzalarga ishlov berish.



Reja: 1. Tashqi silindrik yuzali detallarga qo‘yiladigan talablar

2. Silliq tashqi silindrik sirtlarga ishlov berish

3. Yo‘nish uchun kesish rejimlarini tanlash

4. Pog‘onali vallarga ishlov berish

5. Tashqi silindrik sirtlarni tekshirish

6. Tashqi ariqchalar yo‘nish va kesib tushirish

7. Moslamalardan foydalanish.

Tayanch iboralar:tashqi silindrik yuzali, zagotovkalarni markazlarga o‘rnatish va

mahkamlash, povodokli qurilmalar, tashqi silindrik yuzalarga ishlov berish

keskichlari va ularni keskich tutqichlarga o‘rnatish, silliq tashqi silindrik

sirtlar, yo‘nish uchun kesish rejimlari, pog‘onali vallar, yassi tores sirtlar

va chiqiqlar. Tashqi silindrik sirtlar, tashqi ariqchalar yo‘nish, moslamalar.

1. Tashqi silindrik yuzali detallarga qo‘yiladigan talablar. Val,

shesternya, o‘q, barmoq shtok, porshen va boshqa mashina detallari tashqi

silindrik yuzaga ega. Silindrik yuza to‘g‘ri chiziqni qabul qilingan o‘qga

parallel ravishda aylantirishdan hosil bo‘ladi. Silindrik yuzalarga

quyidagi talablar qo‘yiladi: yasovchining to‘g‘ri chiziqliligi, silindrlilik:

o‘qga perpendikulyar bo‘lgan istalgan.kesimdagi aylanalar bir xil diametrga

ega bo‘lishi kerak (ularda konussimonlik egarsimonlik va bochkasimonlik

bo‘lmasligi kerak);



1- rasm. Silindrik sirtlarda uchraydigan nuqsonlar:

a- konuslik; b – bochkasimonlik; v – egarsimonlik; g-ovalli; d - ko‘p

qirralik doiraviylik: istalgan kesim to‘g‘ri aylana shakliga ega bo‘lishi

kerak (unda ovallik ko‘pqirralilik bo‘lmasligi kerak); o‘qdoshlik: pog‘onali

detal har bir pog‘onasining o‘qi bitta to‘g‘ri chiziqda yotishi keraq 1-rasm, a-d

da silindrik yuzalarda uchraydigan nuqsonlar ko‘rsatilgan. Juda aniqlik

bilan ishlangan silindrik yuzalarda ham qandaydir nuqsonlar bo‘ladi, shu sababdan ularga qo‘yiladigan talablarni absolyut aniq qilib bajarib

bo‘lmaydi. Yuzalarning belgilangan shakl hamda joylashuvdan ruxsat etilgan

chetga chiqishlari konstruktorlik hujjatlarining yagona sistemasiga (YESKD,

GOST 2.108-48) muvofiq chizmada shartli belgilar bilan beriladi.

2. Silliq tashqi silindrik sirtlarga ishlov berish

Yunishni boshlashdan oldin qancha metal qatlami kesib olinishi va

ishlov berish necha martta o‘tishda bajarilishi aniqlanadi. Keskich

supporting ko‘ndalang karetkasi vintiga mahkamlangan limb yordamida

kerakli kesish chuqurligiga o‘rnatiladi (25- rasm, a-v). Limb halqasida

bo‘linmalar bo‘lib, ularning qiymati belgilangan.

Bo‘linma qiymati deb, limb bir qiymatga burilganda keskichning ko‘ndalang surilish kattaligiga aytiladi




Ko‘ndalang surish limbi:

a-limb sxemasi, b – o‘lchamni o‘rnatish, v – lyuftli yo‘qotish uchun dastani

aylantirish; 1- support flanetsidagi belgi, 2 – ko‘ndalang surish limbi, 3 –

limb dastasi

Detallning zarur diametrini olish uchun namunaviy o‘tishlar usulidan

foydalaniladi. Bunda keskich aylanayotgan zagotovkaning ishlanayotgan

sirtiga tekkuncha yaqinlashtiriladi, uning zagotovkaga tegish payti

zagotovkada hosil bo‘ladigan bilinar-bilinmas halqa bilan aniqlanadi.

So‘ngra supportni bo‘ylamasiga surib, keskich o‘nga, zagotovkadan chetga

chiqariladi. Avvalo, limb halqasi nol vaziyatga o‘rnatiladi, so‘ngra dastani

burib, support ko‘ndalang salazkalari limb bo‘yicha oldinga suriladi; surish

qiymati olinadigan uzil-kesil o‘lchamdan bir-muncha kichik bo‘lish kerak.

Shundan so‘ng qo‘l bilan surib, 3-5mm uzunlikdagi uchastka yo‘niladi, keskich

o‘ngga suriladi va yo‘nilgan uchastkaning o‘lchami o‘lchanadi.

Shundan so‘ng keskich oldinga qo‘shimcha ravishda qancha surilishi

aniqlanadi. Bu o‘lcham ham limb bo‘yicha o‘rnatiladi va namunaviy uchastka

qayta yo‘niladi. Keskich uzil-kesil kerakli o‘lchamga o‘rnatilgach, keskichni

limb bo‘yicha o‘rnatib, partiyadagi barcha zagotovkalar namunaviy o‘tishlarsiz

ishlanadi.

Ko‘ndalang salazkalar vinti bilan uning gaykasi orasida doim biroz

lyuft bo‘ladi. Keskichni limb bo‘yicha o‘rnatishda bu lyuft noaniqliklarga

sabab bo‘lmasligi uchun vint dastasi oldin bir martta soat strelkasiga

qarshi, so‘ngra faqat soat strelkasi bo‘yicha aylantiriladi. (25- rasm, b-ga

qarang).


Supportning yuqori salazkalarida ham limb bor. 1K62 va 16K20

Tokarlik dastgohlarida ko‘ndalang va yuqori salazkalar limblarning

bo‘linma qiymati 0,05 mm gat eng.

1. Yo‘nish uchun kesish rejimlarini tanlash

Tokarlik ishlovi berishda yuqori unumdorlikka erishish usullaridan

biri ratsional kesish rejimlarini tanlash hisoblanadi. Kesish rejimlari

ishlanayotgan materialga, keskich materialiga, ishlov uchun qoldirilgan

qo‘yimga, detal sirtidagi ruxsat etilgan g‘adir-budurliklarga, zagotovka va

keskichning bikrligiga, zagotovkaning mahkamlanish usuliga, ishlatiladigan

moylash-sovitish suyuqligiga (MSS) va boshqa faktorlarga bog‘liq.

Avvalo, kesish chuqurligi belgilanadi. Bunda qoldirilgan qo‘yimni bir

marta o‘tishda kesib olishga harakat qilinadi. Agar zagotovkaning bikrligi

yetarli bo‘lmasa, yoki o‘lchami aniqlik talab qilinsa, yo‘nish bir necha o‘tishda

bajariladi. Homaki yo‘nish uchun kesish chuqurligi, odatda, 4-6mm, yarim toza

yo‘nishda 2-4mm, toza yo‘nishda esa 0,5-2mm belgilanadi.

Kesish chuqurligi belgilangandan so‘ng tayyor detalning sirtida ruhsat

etiladigan g‘adir-budurliklarga bog‘liq holda surish qiymati tanlanadi.

Dag‘al o‘tishlar uchun surish qiymati 0,5-1,2 mm/ayl, toza o‘tishlar uchun esa 0,2-

0,4 mm/ayl belgilanadi.

Kesish tezligi ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ulardan asosiysi

keskichning puxtaligidir; keskichning puxtaligi uning yuqori temperaturaga

chidamliligi va kesuvchi qismining uvalanishiga qarshilik ko‘rsatish

qobiliyati bilan belgilanadi, bular keskich kesuvchi qismining materialiga боғлиқ. Чўян ва пўлатни ташқи юниш учун кесишнинг ўртача тезликлар

қиймати 1-жадвалда келтирилган.

Tashqi yo`nish uchun kesish tezligi v ning o`rtacha qiymatlari. m/min

Keskich materiali

Ishlov beriladigan material

Ishlov berish turi

xomaki

tozalab

Tezkesar po`lat

R9,R12,R18

P6M5

Qattiq qotishma



VK8

Qattiq qotishma

T15K6

Po`lat
Cho`yan


Po`lat

20-10


40-70
100-
-120

15-25


80-100
130-
-200

Kesish tezligi va zagotovka diametri ma’lum bo‘lgach, dastgox shpindelining aylanishlar chastotasini aniqlash mumkin. Shpindelning xaqiqiy aylanishlar chastotasi

tokarlik dastgohining oldingi babkasida joylashgan jadvaldan dastgoh uchun keltirilgan qiymatlardan hisobiy qiymatga yaqin kattasi olinadi.:


Download 5,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish