MA’RUZA №5 MAVZU: KORPORATIV AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASHNING VA TADBIQ ETISHNING UMUMIY MASALALARI REJA - Korporativ axborot tizimlarini loyihalashtirish bosqichlar.
- Korporativ axborot tizimlarini joriy qilishning afzalliklari.
- Korporativ axborot tizimlarini qurish tamoyillari.
Bugungi kunda biznes boshqaruvini doimiy, obyektiv va keng qamrovli axborotlarsiz muvaffaqiyatli amalga oshirib bо’lmaydi. Boshqaruv jarayonlarini samaradorligini oshirish va xarajatlarni (vaqt, resurs va moliyaviy) kamaytirish maqsadida korporativ axborot tizimlari ishlab chiqiladi va tadbiq etiladi. Korporativ axborot tizimlari byudjet jarayonlarini, xodimlar ish vaqtlarini, ular tomonidan bajariladigan ish xajmini, hujjat almashish tizimlarini va shu kabi boshqa boshqaruv funksiyalarini tashkil etish va nazorat qilishga yordam beradi. Bu turli ma’lumotlarga murojaat qilish lokal va internet tarmoqlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Samarali tashkil etilgan korporativ axborot tizimilari ixtiyoriy turdagi korxonalarda boshqaruv va nazorat qilish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi.
Axborot tizimlarini ishlab chiqish va tadbiq etish jarayoni korxona faoliyatini tahlil qilishdan boshlanib, tadbiq etish bilan yakunlanadi. Quyida KATni loyihalashtirish bosqichlari keltirilgan:
- Loyiha oldi tadqiqotlarini о’tkazish;
- Loyiha maqsadlarini va cheklovlarini shakllantirish, loyihani amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;
- Xaridorning biznes jarayonlarini muhandislik va qayta injeniring qilish, turli sohalarda maslahat berish;
- Platformani tanlash, tizimni ishlab chiqish, foydalanadigan dasturiy ta’minot bilan integratsiyalash;
- Uskunani va dasturiy ta’minotni yetkazib berish;
- Tizimni ishga tushirish;
- Tizimni ekspluatatsiya qilish davrida qо’llab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish bо’yicha ish olib borish.
Shuningdek, korporativ axborot tizimlari bugunki kunda korxonalarni boshqaruvida yangi usullarni qо’llash va korxona tuzilmasini qayta ishlab chiqishda muhim vosita bо’lib xizmat qilmoqda.
Oxirgi yillarda korporativ axborot tizimlariga bо’lgan qiziqish ortmoqda. Agar kecha axborot tizimlari faqatgina kamchilik korxona rahbarlarini qiziqtirgan bо’lsa, bugunga kelib deyarli hamma korxona rahbarlarini e’tiborini tortmoqda. Bu nafaqat iqtisodiyotni rivojlantirishning ijobiy dinamikasiga, balki bugungi kunda korxonalar turli sinflardagi dasturiy mahsulotlaridan foydalanishda katta tajribaga ega bо’lishiga bog’liq.
Korporatsiya axborot tizimlarini loyihalash va amalga oshirishning asosiy vazifasi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda biznes muammolarini hal qilish bо’yicha kompleks tadbirdir. Axborot tizimining loyihasini ishlab chiqish mijoz bilan birgalikda amalga oshirilmoqda, bu muvaffaqiyatli faoliyat kо’rsatadigan va mijozlarning barcha ehtiyojlarini qondiradigan korporativ axborot tizimini yaratishga imkon beradi.
Turli xil korporativ axborot tizimlarida amalga oshiriladigan biznes jarayonlar doirasi juda keng bо’lishi mumkin. Boshqa narsalar bilan bir qatorda, bu turli shakllarda savdolarni boshqarish, masalan, kreditga sotish, rejalashtirish, xarid qilish, ishlab chiqarish, saqlash, xodimlar va boshqa kо’plab ish jarayonlari kabilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |