Ma’ruza №5 mavzu: korporativ axborot tizimlarini loyihalashning va tadbiq etishning umumiy masalalari


Korporativ axborot tizimlarini joriy qilishning afzalliklari



Download 56,32 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2022
Hajmi56,32 Kb.
#644694
1   2   3
Bog'liq
MA’RUZA №5

Korporativ axborot tizimlarini joriy qilishning afzalliklari
Korparativ axborot tizimlari korporatsiyaning faoliyatini yuritish bo’yicha bir qancha afzalliklar yaratadi:
  • Kompaniyaning barcha bо’linmalari faoliyati tо’g’risida ishonchli va о’z vaqtida axborot olish;
  • Kompaniya boshqaruvi samaradorligini oshirish;
  • Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sarflanadigan ish vaqtini kamaytirish;
  • Ishning oqilona tashkil etish orqali samaradorlikni yanada oshirish.

  • Eng muhim savol. Keling о’zimizdan sо’raylik: inson nerv sistemasini nima beradi? Albatta, о’zingizni nazorat qilish, noqulay tashqi omillarga qarshi turish va atrof-muhitdagi о’zgarishlarga moslashuvchan tarzda javob berish qobiliyatini beradi. Agar kompaniyani tirik organizm deb tasavvur qilsak, u holda KAT uning nerv tizimi rolini bajaradi deyish mumkin. Chunki KAT korporativ organizmni barcha organlarni, barcha qismlarini boshqaradi.
    Ichki nazoratni kuchayishi, moslashuvchanlik va tashqi ta’sirlarga chidamlilik kompaniyaning samaradorligini, uning raqobatbardoshligini va rentabelligini oshiradi. KATni qо’llash natijasida savdo hajmi oshadi, tannarx pasayadi, ombordagi zahiralar kamayadi, buyutmalarni bajarish muddati qisqaradi, mol yetkazib beruvchilar bilan aloqalar yaxshilanadi.
    Biroq, yuqorida keltirilgan bayonotlarning jozibadorligiga qaramay, KAT investitsiyalarni о’z xarajatlarini qoplash masalasi dolzarbligini yо’qotmaydi. Tizimdan foydalanish orqali kо’rilgan foydaning unga sarf qilingan xarajatga nisbati korxona uchun “KATni sotib olish yoki sotib olmaslik”ni qarorini chiqarishda muhim sanaladi. Har qanday sarmoyaviy loyiha, KATni joriy etishni ham shubhasiz, investitsion loyiha sifatida qaralishi kerak, uni joriy qilish ham о’z xolida "sotib olish" ni anglatadi va shunga mos ravishda uning qiymatini va undan kutilgan foydalarni baholashni talab qiladi.

KATni joriy qilishga ketgan xarajatni qoplanishini tо’g’ridan tо’g’ri hisoblash oson ish emas. Chunki KAT joriy qilish orqali kompaniyaning ichki strukturasi optimallashadi, о’lchash qiyin bо’lgan tranzaksion xarajatlar kamayadi. Kompaniyaning daromadlarining oshishiga KAT qay darajada ta’sir qildi, biznes-jarayonlarning optimallashuvi qay darajada ta’sir qildi, buni aniqlash qiyin.
Biroq, kompaniyaning faoliyatining ayrim jihatlarini baholash mumkin. Bu birinchi navbatda logistikaga tegishli, unda KATni joriy qilish moddiy oqimlarni optimallashtirishga va ishchi kapitalga bо’lgan ehtiyojni pasayishiga olib keladi. Moliyaviy nazorat tizimining KAT asosida tuzilganligi kompaniyaning qо’shimcha xarajatlarini kamaytirishga, zarar kо’rmaydigan bо’linmalarning yо’q qilinishiga va foyda keltirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlashga olib keladi.
Hozirgi vaqtda IT-loyihalar samaradorligini baholash uchun investitsion tahlil qilish usuli (CBA–Cost Benefit Analysis) qо’llaniladi, chunki u loyihani amalga oshirish xarajatlarini baholash va taqqoslashga asoslangan.
KATni joriy etishning bosh maqsadi kompaniyaning samaradorligini oshirishdan iborat. Har bir kompaniya samaradorligiga ta’sir qiluvchi "Muvaffaqiyatga eltuvchi omillari” (Critical Success Factor - CSF) deb nomlanuvchi asosiy elementlarni belgilaydi. Samaradorlikni oshirish har bir asosiy yо’nalishdagi vazifalarni bajarish bilan bog’liq. Shuning uchun kompaniyaning strategik rejalashtirish bosqichida aniq belgilangan biznes-maqsad yotadi.
Biroq maqsadga erishishning bir necha usullari mavjud. Odatda, ulardan keraklisini tanlash uchun ularning barchasi solishtirma tahlil qilinadi. Bunday usullardan biri KATni qо’llamasdan maqsadga erishish, ya’ni ayni xolatda korxona faoliyatiga biror bir о’zgartirish kiritmasdan uni vaqt bо’yicha rivojlanishi qaraladi. Muqobil variantlarni taqqoslash qо’llanilgan usul orqali kelayotgan foyda va unga sarflangan xarajatni о’lchash asosida bajariladi. Bunda miqdoriy va sifatiy kо’rsatkichlar ham e’tiborga olinadi. Keyingi vaqtlarda sifat kо’rsatkichlarni tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Foyda va xarajatlar nisbati bilan bir qatorda, muqobil variantlar xavf darajasi va ushbu xatarlar aniqlaydigan omillar bilan ham farqlanadi. Shu sababli, bunday omillarning xarajatlar va foyda nisbatlariga ta’sirini tahlil qilish CBA (Cost Benefit Analysis) taxlil qilish usulining yana bir yо’nalishi hisoblanadi. Bu yerda aniq holatni baholash usullari haqida gapirilmoqda.
Agar KATni qо’llashning samaradorligi bо’yicha statistik ma’lumotlar haqida gapiradigan bо’lsak quyidagilarni aytish mumkin:
  • Transport va ta’minot xarajatlarini 60% ga qisqartirish;
  • buyutma mahsulotlarni ishlab chiqarish siklini 50 foizga qisqartirish;
  • tayyor mahsulotni jо’natishdagi kechikishlar sonining 45 foizga qisqarishi;
  • omborlarda qolib ketadigan mahsulotlar sonini 40 foizga qisqarishi;
  • yaroqsiz mahsulotlar ishlab chiqarishni 35 foizga qisqartirish;
  • ma’muriy va boshqaruv xarajatlarini 30 foizga qisqartirish;
  • asosiy mahsulotlar uchun ishlab chiqarish siklini 30 foizga qisqartirish;
  • saqlash joyini 25 foizga qisqartirish;
  • hisob-kitoblarda mablag aylanmasini 30 foizga oshirish;
  • mahsulotlarni о’z vaqtida yetkazib berishlar sonini 80 foizga oshirish.


Download 56,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish