Ma’ruza №32 Metallurgik pechlar qurilishida qo‘llaniladigan o‘tga chidamli materiallar. Pechning gazoxod sistemalari, uning havo kislorod va suv bilan ta’minlanishi Tayanch iboralar



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana22.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#575110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
32-ma'ruza

Pechlarni suv bilan ta’minlash. 
Sanoatda suv bilan ta’minlashning eng keng tarqalgan 
sxemasi – suvni aylantirishdir. Bu erda suv nasoslar bilan sovitiluvchi qurilmadan sanoat 
agregatlariga taqsimlovchi tarmoqqa uzatiladi. Qizdirilgan suv boshqa tarmoq quvurlariga kelib 
tushadi va sovitiluvchi qurilmalarga (gradirnya, sepuvchi basseynlar, sovituvchi ko‘llar va h.) 
yuboriladi. Toza suv manbaidan suv qabul qiluvchi orqali nasoslar yordamida qo‘shiladi.
Zavod suv bilan ta’minlash sistemasida suvni yuritish va ko‘tarish uchun porshenli, 
markazdan qochma va uzatmasiz (erliftlar) nasoslar ishlatiladi. Metallurgiya zavodlarida ishlab 
chiqarish quvvati 10 dan 3600 m
3
/s bo‘lgan, bosimi 20 dan 100 mm suv.ust. markazdan qochma 
nasoslar keng tarqalgan bo‘lib, ular quvvati 10 dan 700 kvt. elektrodvigatel yordamida 
harakatlantiriladi. Pulpalarni uzatish uchun ko‘pincha porshenli nasoslar ishlatiladi. Nasoslar 
maxsus binolarga – nasos stansiyalariga joylashtiriladi, ular o‘zining qo‘llanish sohasiga ko‘ra 1-
ko‘tarish (suv havzasidan suv bilan olish), sirkulyasiya, ko‘taruvchi va h. stansiyalarga bo‘linadi. 
1-ko‘tarishli nasos stansiyalari sanoat korxonasiga cuvni suv ta’minlash manbasidan 
etkazib berishga mo‘ljallangan bo‘lib, odatda korxona xududidan tashqarida daryo yoki 
suvombori yonida joylashgan bo‘ladi. Suv bilan ta’minlashning aylanma sxemasida 1-ko‘tarishli 
nasos stansiyalari suvni ishlab chiqarish jarayonida qaytarishsiz ishlatadigan, shuningdek 
sirkulyasiya (aylanma jarayon) tizimida bug‘lanish, yo‘qotish va purkashga ketgan suv sarfini 
yopish uchun iste’molchilarga uzatadi. Sirkulyasiyali nasos stansiyalari odatda metallurgik 
zavod hududida joylashtiriladi va ular bir yoki bir nechta sirkulyasiya tizimlariga xizmat 
ko‘rsatadi. Ko‘taruvchi statsiyalar ham zavod yoki sex xududida joylashgan va tarmoqdagi 
mavjud bosimni va alohida ob’ektlarni ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan. 
Nasos stansiyalarini to‘xtovsiz ishlashi uchun ular albatta rezerv (ko‘shimcha) nasoslar 
bilan jihozlanadi va ular zavod agregatlarini suv bilan to‘xtovsiz ta’minlashga imkon beradi. Ikki 
uzatishli suv uzatishda ulardan har biri hisoblangan suv sarfini normal sharoitda 50%, avariya 
holatlarida 70% dan kam bo‘lmagan miqdori bilan ta’minlashi kerak. 
Yuqori darajada suv bilan ishonchli ta’minlash vaqtida suv uzatishda uzilishlar bir necha 
minutga ham to‘xtashi mumkin bo‘lmagan sharoitlarda (masalan pech elementlarini sovutish 
tizimlarida) aylanma suv quvurlari tizimini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Suvni ikkita parallel suv 
quvurlari orqali uzatish kerak. 
Suv uzatish tizimlari uchun 3-50kG/sm
3
va undan yuqori bosimga mo‘ljallangan
diametri 50 dan 1600 mm gacha cho‘yan, asbotsement, temirbetonli va po‘lat quvurlari 
ko‘llaniladi. Suv uzatish tizimlari quvurlari diametri suv miqdori va uning harakat tezligi 0,8-1,2 
m/sek bo‘lganda aniqlanadi. Suv uzatish tizimi ko‘pincha to‘g‘ri erda yoki er osti tunellaridan 
o‘tkaziladi va po‘lat quvurlari ko‘llanilganda tashqarisidan korroziyaga chidamli izolyasiya bilan 
qoplanadi.
Aylanma suv tizimidagi qizigan suvni sovutish uchun quyidagi maxsus qurilmalar 
quriladi: 1) ochiq suv havzalari (suv havzasi, daryo, dengiz); 2) sepuvchi basseynlar; 3) 
gradirnyalar; 4) aralash sovituvchilar. Sovituvchi qurilmalarning turini tanlash mahalliy tabiat va 
ob-havo sharoitlariga va aylanma suv hajmiga bog‘liq.


Suv bilan ta’minlash manbaidagi suvning ifloslanganligi va sifatiga qarab, hamda 
suvning tozaligi va qattiqligiga zavod agregatlari tomonidan qo‘yiladigan talablarga muvofiq 
metallurgiya zavodiga keladigan suv uzatish tizimidagi suv tozalanadi. Sovitish tizimidagi pech 
elementlari ayniqsa bug‘lanuvchi sovitishli tizimda texnik suv tozaligiga yuqori talablar 
qo‘yiladi. Ular mexanik qo‘shimchalardan tozalangan, qattiqligi 0,10-0,15 mg/ekv/l dan 
oshmagan va erigan kislorod tarkibi 0,1 mg/l kam bo‘lmagan suv bilan ta’minlanishi mumkin. 
Pechlarni bug‘lanishli sovitishga boradigan suv tarkibidan erkin uglerod kislotasi to‘liq tozalab 
olinishi kerak. Mexanik qo‘shimchalardan suv koagulyasiya va filtratsiya yordamida tindirish 
usuli bilan tozalanadi. Suvni yumshatish, rostlash, temirsizlash va kislotaligini pasaytirish uchyn 
so‘ndirilmagan oxak bilan oxaklash va keyingi tindirish va filtratsiya qo‘llaniladi. 
Tarkibida erigan karbonatlari bor suv sulfat kislotasi bilan nordonlashtiriladi va maxsus 
reagentlar bilan, masalan oqava gazlar bilan ishlov beriladi.
Sanoat korxonalarining suv ta’minlash tizimi gidravlik urilishlardan himoya qurilmalari 
va to‘planuvchi havoni chiqarish uchun havo quvurlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Gazlarni tozalashning asosiy maqsadi nimadan iborat? 
2. Gaz yurish yo‘laklarining qanday turlari mavjud? 
3. Siklonlar qanday funksiyani bajaradi? 
4. Changushlovchilarning qanday turlari bor? 
5. Rangli metallurgiya pechlari gazlari qanday tozalanadi? 
6. Issiqlikni ishlatuvchi ikkilamchi uskunalar qanday ishlaydi? 
7. Gaz yurish yo‘laklari vatutunquvurlari qandayvazifani bajaradi? 
8. Chang ushlovchi kameralar nima uchun qo‘llaniladi? 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish