Ma'ruza №3. Ishlab chiqarishning turlari va ishni tashkil etish shakllari
Reja:
1. Yakka, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish va ularning tavsifi
2. Amallar bog’lanish koеffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab chiqarish turini aniqlash.
3. Ishni tashkil qilish shakllari.
4. Ishlab chiqarish takti, sermehnatlik va serstanoklik tushunchalari.
Adabiyotlar: [ 1 ] –147-159 b. [ 2 ] –22-26 betlar. [ 4 ] –21-28 betlar.
Tayanch so’zlar: Ishchi joy, yakka ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish, potok.
1. Yakka, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish va ularning tavsifi
Buyum ishlab chiqarishda aksariyat mashinasozlik texnologiyasi usullaridan foydalanuvchi ishlab chiqarishga mashinasozlik deb ataladi. Mashinasozlik strukturaviy asosini ishlab chiqarish uchastkalari yig’indisidan iborat bo’lgan sexlar tashkil qiladi. Ishlab chiqarish uchastkalari еsa: predmetli, texnologiyali yoki predmetli texnologiyali tamoyillar asosida uyushtirilgan ishchi joylar guruhlarini birlashtiradi.
YAkka ishlab chiqarish, qoida bo’yicha qayta tayyorlash ko’zda tutilmagan kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish shakli potoksiz bo’lib, tanavorlarga ishlov berish nomlari (tipi) bir xilda bo’lgan universal dastgohlardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu uchastkalarga: tokarlik dastgohlar uchastkasi; frezerlik dastgohlari uchastkasi va boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi buyumlarning soni bitta-beshtadan ko’p bo’lmaganligi sababli, detal homaki tanavorlari chiviq po’lat prokatlardan, bolg’alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz erga quyilgan chushkalardan olinadi. Bunday tanavorlarga ishlov berib detal shakliga keltirguncha juda ko’p miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffisienti yuqori bo’ladi.
Qo’llaniluvchi moslamalar, o’lchagich asboblar ko’pincha universal bo’ladi va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilarning malakasi esa yuqori bo’ladi. Tayyorlangan buyum, qism va detallarning tannarhi juda ham qimmat bo’ladi.
Seriyalab ishlab chiqarish deb, buyumlarni, detallarni periodik ravishda qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlashga yoki ta’mirlashga tushuniladi. Seriyalab ishlab chiqarish, buyumlarni yoki detallarni ishlab chiqarish hajmiga, murakkabligiga va og’irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o’rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga farqlanadi.
TJ larni loyihalash bosqichida ishlab chiqarish turini faqat tahminiy aniqlash mumkin. Detallarni tayyorlash mehanika sehlarini va uchastkalarini loyihalashda 3.1 jadvalda berilganlardan foydalanish mumkin. Detalni chizmasida bir yil ichida tayyorlanuvchi detallar soni ma’lum bo’lsa, buyumning o’lchami baholanadi va jadvaldagi sonlar bilan tahmiy solishtirib, berilgan mahsulotni ishlab chiqarish turi tanlab olinadi.
Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og’ir mashinasozlik ishlab chiqarishga taalluqli bo’lib, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo’ladi, ishlab chiqariluvchi buyumlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, soni esa juda ham kam miqdorda bo’ladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda dasturli dastgohlar ham qo’llaniladi. Ishchilar malakasi yakkalabdagiday juda yuqori bo’ladi.
3.1-Jadval
Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda tayyorlanuvchi bir hil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni
Do'stlaringiz bilan baham: |