Ma’ruza №23 mavzu: Tarjimon dasturlar. Promt dasturlari va uning imkoniyatlari


Matn muharriri oynasining elementlari



Download 2,73 Mb.
bet11/12
Sana23.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#163147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-маъруза

Matn muharriri oynasining elementlari
Tasvir oynasida joylashgan sahifa tasviri belgilari tanish jarayonidan о‘tgandan keyin matn kо‘rinishida matn muharrir oynasida paydo bо‘ladi. Bu yerda matnlar format qilinadi, ya’ni matn turi, shrift turi va о‘lchami, matnlarni sahifada joylashuvi kabilar aniqlanadi. Bu ishlar oynaning yuqori qismida joylashgan format qilish instrumentlar paneli yordamida bajariladi.
Matn muharriri oynasining yuqori qismida yana ikkita tugma joylashgan bо‘lib, ular “Проверка орфографии” va “Следующая ошибка” tugmalaridir. Quyidagi rasmga qarang. Bu tugmalar yordamida xatoliklar qarab chiqiladi va tо‘g‘rilanadi. ABBY FineReader dasturining yana bir imkoniyatlaridan biri – bu ichki matnlarni xatoliklarga tekshirish tizimi mavjudligidir. Xatoliklarga tekshirish tizimi quyidagilarni qilish imkonini beradi:
Xatolikga gumonsiragan sо‘zlarni topadi. Bunda butun sо‘z emas balki, undagi bir belgi tо‘g‘ri aniqlanmagan bо‘lishi mumkin.
Orfografik xato yozilgan sо‘zlar topiladi;
ABBY FineReader tizimi uchun noma’lum sо‘zlarni о‘zining lug‘atiga qо‘shadi. Bu keyinchalik bu sо‘z tо‘g‘ri tanilishiga imkon yaratiladi.
Matn muharriri oynasi
Belgilarni orfografik xatolarga tekshirish tizimi
ABBY FineReader dasturi о‘z oynasiga ochilgan tasvir yoki PDF hujjat kо‘rinishidagi fayllarni sozlanishiga qarab, avtomatik ravishda ochilishi bilan yoki, ochilganda keyin foydalanuvchi tomonidan belgilarni tanish jarayonini amalga oshiradi. Buni sozlash uchun “Сервис” menyusidan “Опции” buyrug‘i beriladi va unda ochilgan muloqot oynaning “Сканировать\Открыть” bandidan “Автоматически анализировать полученные изображения” parametri aktivlashtirib qо‘yiladi. Bu holda ochilgan fayl avtomatik tekshirilib uning taxminiy maketi tuziladi, lekin belgilarni tanish jarayoni bajarilmay turadi.
ABBY FineReader dasturining belgilarni tanish jarayoni quyidagicha amalga oshadi: Foydalanuvchi tomonidan tasvirning maketi tekshirilib xatolari bartaraf etilgandan sо‘ng instrumentlar panelidan “Распознать” tugmasi bosiladi. Bunda dastur tasvirni qatorlarga, qatorlarni belgilarga ajratib, har bir belgi qanday belgi ekanligini aniqlaydi. Sо‘ng bu belgilar birlashtirilib sо‘z hosil qilinadi va bu sо‘z dasturni о‘zining lug‘atida mavjud yoki mavjud emasligini aniqlanadi. Bunda:
agar bu sо‘z mavjud bо‘lsa tо‘g‘ri aniqlangan deb hisoblaydi va keyingi sо‘zni tekshirishga о‘tadi;
agar bu so‘z dastur lug‘atida bо‘lib, undagi ba’zi harflar boshqacha bо‘lsa bu harflarni boshqa rangli fon bilan beradi va uni foydalanuvchi e’tiboriga havola qiladi;
agar bu sо‘z dastur lug‘atida bо‘lmasa, buni ham xato deb hisoblab, uni rangli fon bilan belgilab, foydalanuvchi e’tiboriga havola qiladi.
Foydalanuvchi e’tiboriga havola etilgan barcha xatoliklar dasturning belgilarni orfografik xatolarga tekshirish tizimi yordamida tо‘g‘irlanadi. Bu tizimga о‘tish uchun matn muharriri oynasining yuqori qismida joylashgan “Проверка орфографии” tugmasi bosiladi. Bunda ekranda “Проверка” nomli muloqot oyna ochiladi. Bu oyna belgilarni orfografik xatolarga tekshirish tizimining muloqot oynasi hisoblanadi. Quyidagi rasmga qarang.
Bu muloqot oyna о‘zida yana 3ta oynani tasvirlaydi:
Hujjatning asl nusxasini kо‘rsatish oynasi – bu oyna dasturning kattalashtirish oynasiga о‘xshab ketadi. Unda tasvirdagi asl belgilar aks etib turadi. Bu tanilgan, lekin xatoga gumon qilinayotgan belgilarni solishtirish uchun juda kerak bо‘ladi.
Xatoliklarni tahrirlash oynasi – bu oynada tanilgan va xato deb gumon qilinayotgan belgilar, harflar, sо‘zlar va sо‘z birikmalari aks etadi. Bu yerda belgilarni tanishda yо‘l qо‘yilgan xatoliklar tо‘g‘irlanadi. Bunda xatoliklar “hujjatning asl nusxasini kо‘rsatish oynasi”dagi asl matn bilan solishtiriladi.
Solishtirishda:
agar belgi tо‘g‘ri tanilgan bо‘lsa “Пропустить” tugmasi bosiladi va keying xatolikda gumon qilinayotgan belgiga о‘tiladi;
agar belgi notо‘g‘ri tanilgan bо‘lsa u holda bu belgi klaviatura orqali asl nusxadagi kabi qilib tо‘g‘irlanadi va “Потвердить” tugmasi bosiladi. Bu yana keying belgiga о‘tkazadi. Shu tariqa butun matndagi xatoliklar kо‘zdan kechirilib, xatolari tо‘g‘irlanib chiqiladi.
Xatoliklardan holi bо‘lgan matn kо‘rinishdagi elektron hujjat dastur oynasida joylashgan instrumentlar panelining “Сохранить” tugmasi yordamida kerakli formatda diskga saqlab qо‘yiladi

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish