Ma’ruza №23 mavzu: Tarjimon dasturlar. Promt dasturlari va uning imkoniyatlari



Download 2,73 Mb.
bet10/12
Sana23.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#163147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-маъруза

Tasvir oynasi
Bu oyna ochilgan faylni sahifalar oynasida belgilangan sahifasini tasvirini kо‘rsatish uchun xizmat qiladi. Bu oyna quyidagi elementlardan tashkil topgan:
  • Instrumentlar paneli satri;
  • Tasvir maydoni;
  • Tasvir maydoni о‘lchamini о‘zgartiruvchi instrumentlar paneli;
  • Sahifa va tasvir xossalarini kо‘rsatish maydoni.

Rasm 5. Tasvir oynasining kо‘rinishi
Instrumentlar paneli satri oynaning yuqori qismida joylashgan bо‘lib, unda quyidagi instrumentlar joylashgan:
  • “Редактировать” tugmasi – bu tugma bosilsa, ekranda “Редактор изображений” nomli muloqot oyna paydo bо‘ladi. Bu muloqot oyna yordamida tasvir belgilarini tanishga berishdan oldin ba’zi tahrirlash ishlari amalga oshiriladi. Bunda hujjatning asl nusxasini skaner qilishda yо‘l qо‘yilgan xatoliklar, foto-apparatlar orqali tasvirga olishda yо‘l qо‘yilgan xatoliklar tо‘g‘rilanadi. Bu о‘z navbatida belgilarni tanish jarayonini yuqori aniqlikda о‘tishini taminlaydi.

  • “Анализ страницы” tugmasi – bu tugma bosilgan dastur tasvirni avtomatik analiz qilib chiqadi va bu sahifani maketini tuzadi. Sahifaning maketi deganda bu sahifadagi tasvir elementlari aniqlanadi, ya’ni sahifadagi mavjud matnlar, tasvirlar va jadvallar ajratib olinadi. Tasvirning elementlari – bu matnlar, jadvallar va rasmlar hisoblanadi. Maket qanchalik tо‘g‘ri tuzilsa belgilarni tanish sifati shuncha yaxshi bо‘ladi. Shuning uchun har bir sahifa uchun maket tuzib olinishi kerak.
  • “Текст” instrumenti – bu instrument maket tuzishda tasvirning matnli sohalarini ajratish uchun ishlatiladi.
  • “Картинка” instrumenti – bu instrument maket yaratishda tasvirning rasmli qismini kо‘rsatish uchun ishlatiladi.
  • “Таблица” instrumenti – bu instrument maket tuzishda tasvirdagi jadvallarni ajratish uchun ishlatiladi.
  • “Выбор” tugamsi – bu instrument maketdagi ob’yektlarni tanlashda ishlatiladi. Bu instrument yordamida tanlangan ob’yekt kattalashtirish oynasida kо‘rinadi.
  • “Выделить зону распознавания” instrumenti – bu instrument yordamida sahifaning belgilarini tanish sohasi ajratib kо‘rsatiladi.
  • “Удалить область” instrumenti – bu instrument yordamida maketdagi sohalar bekor qilinadi.

  • Bu keltirilgan instrumentlar yordamida tasvirning belgilarini tanish maketi tuzib olinadi, yani tasvirning qaysi qismida matnlar, qaysi qismida jadvallar, qaysi qismida rasmlar borligi aniqlab olinadi. Bu belgilarni tanish jarayonini aniqligini oshiradi. Tasvir maydoni asosan tasvir maketini yaratish uchun xizmat qiladi.

Tasvir oynasi o‘lchamini о‘zgartiruvchi instrumentlar panelining tugmalari quyidagilardan iborat:
  • “Целая страница” tugmasi – bu tugma aktivlashtirilsa faylning tasvir oynasiga ochilgan sahifasi tо‘liq kо‘rinadi.
  • “По ширине” tugmasi – bu tugma aktivlashtirilsa faylning tasvir oynasiga ochilgan sahifasi eni bо‘yicha tо‘liq kо‘rinadi.
  • “По высоте” tugmasi – bu tugma aktivlashtirilsa faylning tasvir oynasiga ochilgan sahifasi bо‘yi bо‘yicha tо‘liq kо‘rinadi.
  • “Уменьшить” va “Увеличить” tugmalari mos ravishda fayl sahifasini kichiklashtirish va kattalashtirish uchun xizmat qiladi.
  • “Масштаб” ochiluvchi maydoni yordamida tasvir oynasining kerakli mashtabi tanlanadi.

  • Tasvir oymasning quyi qismida ochilib-yopiluvchi ikki banddan iborat maydon bо‘lib ular “Свойства области” bandi – faylni aktiv sahifasini, “Свойства изображения” bandi – sahifadagi tasvirni xossalarni aniqlab beradi.


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish