PROMT Professional 9.0 dasturining foydalnuvchi interfeysi Dasturni “Пуск\Все программы\PROMT\PROMT Professional 9.0” buy-ruqlar ketma-ketligi yordamida ishga tushiriladi. Dastur ishga tushganda kompyuter ekranida quyida kо‘rinishdagi bosh menyusi ochiladi:
Bosh menyu quyidagi elementlardan tashkil topgan:
“Перевести” tugmasi – bu tugmani bosish orqali matnni tarjima qilishga qaratilgan masalalar rо‘yxatini aks ettiruvchi “Перевод” menyusining muloqot oynasi ochiladi.
“Настроить перевод” tugmasi – bu tugmasi yordamida ochilgan menyuda lug‘atlarni tahrir qilish, tarjima mavzusini tahrir qilish, tarjima-xotira tahrirlash va boshqa sozlash ishlari bajariladi.
“Словари PROMT” buyrug‘i – bu buyruq yordamida dasturga yangi maxsus lug‘atlar qо‘shish mumkin.
“Запустить приложения” tugmasi – bu tugma yordamida PROMT tarkibiga dasturlar rо‘yxati ochiladi.
“My PROMT” tugmasi – bu tugma bosilsa Internetga ulanib, PROMT saytida rо‘yxatdan о‘tiladi va “online” dasturni о‘rgatuvchi kurslarni kо‘rishi, dasturni yangilashi, dastur bо‘yicha qо‘llab-quvvatlashlarga murojaat qilishi mumkin.
“Руководство пользователя” tugmasi – bu tugmani bosib, dasturda ishlash bо‘yicha qisqa va tо‘liq ma’lumot olish mumkin.
“О программе” tugmasi – bu tugma bosilsa, dastur haqida ma’lumot beruvchi axborоt oyna ekranda paydo bо‘ladi.
“? Справка” tugmasi – dasturda ishlash bо‘yicha yordamchi ma’lumotlarni chiqaradi.
“Показать все функции переводчиков PROMT” buyrug‘i – bu buyruq aktivlashtirilsa, bosh menyuning “PROMT NET” buyrug‘ini aktiv holatga о‘tadi. Bu buyruq tizim administratorlari uchun bо‘lgani uchun kо‘pincha aktivmas holatda bо‘ladi.
“Выход” tugmasi – bu tugma dasturda ishni yakunlaydi.
“Перевод” menyusi elementlari Bosh menyuning “Перевести” tugmasi bosilsa, ekranda quyidagi kо‘rinishdagi “Перевод” menyusi muloqot oyna paydo bо‘ladi:
“Перевод” menyusi yordamida quyidagi masalalar yechiladi:
“Быстрый перевод” – bu buyruq yordamida hajmi unchalik katta bо‘lmagan matnlarni tez tarjima qilish masalasi bajariladi. Bu buyruq berilganda menyu oynasida “Перевод текста, набранного с клавиатуры или скопированного из буфера обмена” oynasi ochiladi. Quyidagi rasmga qarang.
Bu oynaning yuqori maydoniga matn yoziladi yoki xotiradan qо‘yiladi. Sо‘ng tarjima yо‘nalishi “Русско-Английский ” va tarjima leksikasi tanlanadi. “Перевести” tugmasi matnnni tarjima qiliadi. “Очистить” tugmasi matn yozish maydonini tozalaydi.
“Перевести документ Word” – bu buyruq yordamida MS Word dasturida yozilgan hujjat matnini tarjima qilinadi. Buyruq berilganda ekranda rasmda keltirilgani kabi muloqot oyna ochiladi:
”Перевод документа Microsoft Word” muloqat oynasining “Документ” maydoniga hujjatga yо‘l kо‘rsatiladi. Bunda “Обзор” tugmasini bosib, paydo bо‘lgan “Открыть” oynasidan kerakli Word hujjati fayli tanlanadi.
Sо‘ng tarjima yо‘nalishi va mavzusi tanlanib “Перевести” tugmasi bosiladi. Bunda dastur avval Word hujjatni MS Word oynasida ochadi keyin tarjima qiladi. Agar tarjima qilishda xatolikga uchramasa tarjima matni MS Word oynasiga ochiladi. Agar xatolik bо‘lsa, uni MS Word oynasi yordamida tarjima qilish mumkin.
“Перевести Web страницу” buyrug‘i – Web sahifalarni tarjima qiladi. Bunda kompyuterda Internet Explorer yoki Mozilla FireFox brauzerlarida biri bо‘lishi kerak.
“Перевести пакет документов” buyurug‘i – bu buyruq yordamida bir qancha hujjatlar tо‘plamini tarjima qilishga berish mumkin. Buyruq berilganda ekranda “Пакетный переводчик файлов” oynasi ochiladi.