Ma`ruza 2-3.
Mexatronikada ishlatiladigan holat va tezlik datchiklari
Reja:
Datchiklarning texnik xususiyatlari
Mexatronikada ishlatiladigan holat va tezlik datchiklari
1. Datchiklarning texnik xususiyatlari
Har qanday qurilma kabi datchikning ham ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan texnik pasporti bo’ladi. Pasportda datchikning muhim xususiyatlari beriladi. Ulardan ba’zi birlarini ko’rib chiqamiz.
Datchikning o’zgartirish funktsiyasi – bu kirish parametrlari qiymatini chiqish signallari qiymatiga mutanosibligidir. Yoki bu xususiyat datchikning statik tavsifnomasi deyiladi, ya`ni - chiqish kattaligini kirish kattaligiga bog’liqligi
Kirish parametrlari qiymati va chiqish signallari qiymatlari mutanosibligi jadval ko’rinishida yoki grafik ko’rinishda yoki analitik usulda (formulalar ko’rinishida) beriladi (20.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |