Ma’ruza №2 mavzu: elektr mashinalarni ta’mirlashning texnik shartlari. Reja



Download 208,4 Kb.
bet6/7
Sana22.07.2021
Hajmi208,4 Kb.
#125708
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-маьруза 18b7008e81ee3e4b3cf9e5217c0df9af

Magnit o’zak tishining bir qismi kuygandagi ta'mirlash. Agar magnit o’zak tishi 2 ning bir qismi kuysa yoki erisa, shikast olgan qism olib tashlanadi va chulg’am do’ppayishining oldini olish uchun uning o’rniga shishatekstolitdan «protez» 1 o’rnatiladi (2-rasm). Shikastlangan qismning olib tashlanishi o’tkir zubilo yordamida bajariladi. Undan so’ng plastinalarning qisqa tutashuvi bartaraf etiladi. «Protez» joyida yasaladi va B elimi bilan elimlanadi.


  1. Korpus va podshipnik qalqonlarini ta’mirlash.

Cho`yan staninaning panjasi shikastlanganda, sinib tushgan yoki yangi tayyorlangan panja staninaga payvandlab ulanadi. Dastlab panjani shtiftlar yordamida staninaga biriktiriladi so`ngra 300ostida va panjaning perimetri bo`ylab, panjaning ¼ qalinligi qadar faska ochiladi, payvandlanadi. Choklar metal chyoka bilan tozalanadi.

Rezbali tirqishlarni eskirisgi. Rezbani ko`p marta buralganda va ajratganda yoki qattiiq maxkamlanganda bo`ladi. Stanina teshiklarida eyilgan rezbani elektr payvandlab tiklanadi.

Elektr mashinalar korpuslarida aksariyat quyidagi shikastlar uchraydi: cho’yan staninaning panjasi sinishi, rezbali teshiklarning eskirishi yoki rezba buzilishi, qalqon joylashtiriladigan joyning eskirishi, yoriqlarning hosil bo’lishi. Podshipnik qalqonlari uchun joylashtirilish joyining eskirishi va yoriqlarning hosil bo’lishi tez uchraydigan holatdir.

Cho’yan korpus va podshipnik qalqonlarining o’rnatish joyini ta'mirlash. Qirilish va pachaqlanishlarning umumiy maydoni o’rnatish eri maydonining 4% dan oshmasa, silliqlash yo’li bilan tuzatiladi. Katta maydonlar shikastlanganda metallni eritish, vtulkani presslash, germetik purkash va boshqa usullar bilan ta'mirlanadi.

Detal eritib payvandlanishidan avval harorati 300÷400 0S gacha isitiladi. Eritib payvandlanish cho’yan B elektrodli gaz yondirgich (gorelka)da, flyus sifatida bura yoki 1-jadvalda keltirilgan uch eritmalarning birini ishlatib amalga oshiriladi. Detal payvandlangandan so’ng pechda 300÷400 0S harorat bilan 4÷6 soat davomida kuydiriladi va 12÷16 soat davomida pech o’chirilib, sekin sovutiladi.

Eritib payvandlangan joyga mexanik ishlov berilganda detalni stanokda to’g’ri o’rnatilishi va mahkamlanishiga katta e'tibor beriladi. qalqonlarga ishlov berganda uni yoki eritib payvandlangan joyi bo’lmagan yuzaga, yoki ikki texnologik bo’rtmasi bo’lgan joyiga o’rnatiladigan.

Podshipnik mahkamlanadigan joyni ta'mirlashni podshipnik qalqoni ichiga vtulki presslab amalga oshiriladi. Buning uchun qalqonda podshipnik o’rnatishda 6÷10 mm qalinlikda vtulka o’rnatish mumkin bo’lishi uchun uya kesib yasaladi. Bunda devorcha qalinligi 10 mm dan kam bo’lmasligi shart. Qalqonni yo’nish va vtulkani yasash shunday o’lchamlarda bajariladiki, unda zich joylanishi ta'minlansin. So’ngra oldindan isitib vtulka 1 ni (3-rasm) presslab mahkamlanadi. Stopor uchun teshishning chuqurligi ikki stopor diametridan kichik bo’lmasligi lozim.

2.3-rasm. Podshipnik qalqonning o’rnatish joyini ta'mirlash:

1-vtulka; 2-stopor

Qalqon va valda o’rnatiladigan joyning emirilishini ta'mirlash 0,2 mm dan ko’p bo’lmaganda germetik 6F suriladi. U qalinligi 5 mm bo’lgan sariq rangli yaproqlar shaklida ishlab chiqariladi.

Bu material suv, ishqor va moylarning ta'siriga chidamli bo’lib, atseton, toluol, benzol va etilbutilatsetatda eriydi. U po’lat, cho’yan, alyuminiy va mis qotishmalariga nisbatan yaxshi birikish xususiyatiga ega. Eritma tayyorlash uchun germetik kichik bo’lakchalarda qirqilib, erituvchi solingan idishga 24 soatga solib qo’yiladi. Idish zich berkitiladi va vaqti-vaqti bilan chayqatib arashtirib turiladi. Tayyorlangan eritmaning qovushqoqligi viskozimetr bo’yicha 33÷34 oralig’ida bo’lishi zarur. Tayyor eritmani zich idishga solib qorong’u joyda saqlash muddati 2÷3 yil.

Germetikni suritishdan avval yuza tozalanadi va atseton bilan moysizlantiriladi. Germetik mo’qalam bilan surtiladi va havoda 20 minut quritiladi. Zarurat tug’ilganda germetik qatlamini qalinlashtirish uchun birnecha marta surtiladi va har gal suritilgandan so’ng quritiladi. Natijaviy quritish 140 0S haroratda 2 soat davomida amalga oshiriladi. Germetik yaxshi vibratsiyani so’ndirish hususiyatiga ega. U zaharli emas, ammo quritishda kichik hajmda fenol va ammiak ajratib chiqarishi mumkin, shu sababli uni ishlatganda rezinka qo’lqop va maxsus jomakor kiyish zarur. Germetik eritmasi engil yonuvchi moddalar qatoriga kiradi.

Yoriqlarni yamash faqat u mahkamladigan joyning shaklini o’zgartirmaydigan holatlardagina qo’llaniladi. Buning uchun oldindan yoriqning ikki tomonida 8÷10 mm uzoqlikda diametri 6÷8 mm li parma bilan teshik parmalanadi. Shundan so’ng yoriqni payvandlash uchun 700 burchak ostida qirqiladi va uchlarini o’tmaslashtiriladi. Payvandlash qismiga yaqin bo’lgan yuzani metall yaltiragunga qadar abraziv qayroq yoki metall shchetka bilan tozalanadi. Payvandlashni o’zgarmas tok elektr payvandlagichi bilan (tokning kuchi 1 mm diametrli elektrod turiga muvofiq ravishda 45÷60 A tanlanadi) bajariladi.

Payvandlashda qo’shilma material sifatida diametri 3÷6 mm bo’lgan va qalinligi 0,3 mm yupqa bo’r qoplamasi bo’lgan mis sterjenlari, flyus (50% bura, 25% temir qipig’i) ishlatiladi. Payvandlashda asosiy materialning qizib ketmasligini ta'minlash uchun uzunligi 40 mm dan ko’p bo’lmagan qisqa uchastkalarda interval bilan olib boriladi. Issiqlikni olish uchun mis qistirmalardan foydalaniladi. Har bir uchastok payvandlangandan so’ng og’irligi 0,5 kg bo’lgan bolg’a bilan urib chiqiladi. Choklar metall shchetka yordamida tozalanadi.



2.4-rasm. Korpus panjasini tiklash:



1-singan qismi; 2- burama mix; 3-asosiy detal

Download 208,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish