MA’RUZA № 2
MAVZU: ELEKTR MASHINALARNI TA’MIRLASHNING TEXNIK SHARTLARI.
Reja:
Ta’mirlashning texnik shartlari.
Elektr mashinani magnit o’tkazg’ichlarini ta’mirlash.
Magnit o’zak presslanish zichligi susayishidagi ta'mirlash.
Korpus va podshipnik qalqonlarini ta’mirlash
Ta’mirlashning texnik shartlari.
Ta’mirlangan mashina hamma muhim detallar bilan ta’minlanadi. Tebranish poshipniklarini kamerasi smazka bilan to’ldiriladi. Kopus va podshipnik qalqonlari bo’ladi, val uchlari konservasiya (saqlovchi) moylari qoplanadi. Ta’mirlashdan so’ngggi sinovlarni o’tkazgan korxona ta’mirlangan mashinini 1 yil davomida buzilmasdan ishlashini kafolatlaydi. CHulg`am uchlari standart bo’yiga belgilanadi. Korpusga yangi taxtaga o’rnatiladi. Taxtachaga ta’mirlash o’tkazgan korxona nomi, ta’mirlashdan chiqqan sana, mashinaning texnik ma’lumotlari standart bo’yicha ko’rsatiladi.
Ta’mirlash korxonalarida EM ni ta’mirlash texnologik kartalari bo’ladi. Kartalar jadval ko’rinishda bo’ladi. Unda hamma o’tkazilishi kerak bo’lgan texnologik operasiyalar, texnik shartlar ko’rsatiladi. Kartada har bir operasiyaga vaqti belgilanadi.
Joriy ta’mirlash. Ekspluatasiyadagi yoki rezervdagi EM larda rejali oldini oluvchi ta’mirlash grfiklari asosida EM o’rnatilgan joyda elektrotexnik xodimlar yordamida o’tkaziladi. Agar joriy ta’mirlashni o’tkazish uchun murakkab maxsus qurilmalar kerak bo’lsa elektr ta’mirlash korxonalari xodimlari yordamida o’tkaziladi. Ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajariladi:
– mashinini tashqi yuzasini tozalash;
– tebranish podshipniklarini holatini tekshirish va ulari yuvish, almashtirsh;
– sirpanish podshipniklarida majburiy moylash sistemalarini va moylovchi xalqalar ishini tekshirish;
– kontakt xalqa, kollektor, stator va rotor chulg`amlari, ventilyasiya kanallarini tozalash va ko’rikdan o’tkazish;
– chulg`amlarning tirsak qismini va bandajlarni mahkamlik holatini tekshirish;
– izolyasiyanig buzilgan joylarini va ko’rik vaqtida aniqlangan nosozliklarni bartaraf qilish;
– chulg`amlarni quritish va lozim bo’lsa ularga emal qoplash;
– kollektor va kontakt xalqalarni silliqlash ();
– ximol tizimlarini va chetka mexanizmlarni rostlash va tekshirish;
– mashinani yig`ish, mashinani yuksiz va holatida ishlashini tekshirish.
Qabul–topshirish sinovlarini o’tkazish, texnik hujjatlarda qayd qilish va ekspluatasiyaga topshirish.
Kapital ta’mirlash. EM ni ishga yaroqligini tiklash, ishlash imkoniyatini tiklashishini buzilgan uzellarni almashtirib, chulg`amlarni almashtirib o’tkaziladi. Kapital ta’mirlashni namunaviy hajmi quyidagilardan iborat:
– joriy ta’mirlash operasiyalari;
– stator va rotor orasidagi havo oralig`ini tekshirish (agar mashinada buni o’lchash imkoni bo’lsa);
– rotori o’q bo’yicha liklashshini va val bo’yni va sirpanish podshipnigi ponasi orasidagi zazorni tekshirish;
– mashina to’liq qislarga ajratiladi, hamma mexanik uzellar va detallar yuviladi, kontakt xalqa, chetka mexanizmlari, kollektor nurlab tozalanadi, uzel va detallarni yaroqli, yaroqsizlari ajartiladi;
– podshipnik qalqonlarini, korpusni, magnit o’tkazgichni (listlarni yoyilishini, stator va rotorning alohida listlari orasidagi tutashishini bartaraf etish) ta’mirlash;
– valni ta’mirlash (egiklikni bartaraf qilish, (pona) o’rnatiladigan ariqcha va teshikchalarni tiklash);
– chulg`amlarni eskizini olib tashlash, dumaloq simda tayyorlangan chulg`amlarni joylash, to’rt burchak simdan chulg`amlarni tayyorlash, ta’mirlash va joylash, elektr sxemalarini kavsharlash, chulg`amlarni shimdirish va quritish, tirsak qismlariga emal qoplash;
– mashinani yig`ish, qabul topshirishi sinovlarini o’tkazish.
Kapital ta’mirashda tebranish poshipniklari almashtiriladi (butun bo’lsa ham). Kichik quvvatli to’rt burchak simdan va dumaloq simdan tayyorlangan chulg`amlar qayta ishlatilmaydi, chunki ularni butun holda chiqarish mumkin emas. Chiqarilgan chulg`amlar eritishga yuboriladi. YUqori kuchlanishli chulg`amlarni qayta ishlatish mumkin, buning uchun avval uning o’ramlar arov a korpus izolyasiyalari almashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |