3.1-rasm. Ilmiy tadqiqot strukturasi
Muammoning tug’ilishi va qo`yilishi ilmiy bilish va ilmiy ijodning eng muhim bosqichidir.
Bu bosqichda ilmiy muammo o`rtaga tashlanib, bajarilishi kerak bo`lgan ilmiy tadqiqot vazifasi aniq va lo`nda qilib belgilanadi. Bunday axbarotlarni to`plash va o`rganish butun tadqiqotlar davomida amalga oshirilishi lozim. Ilmiy tadqiqotning vazifasini aniq belgilash juda muhim, chunki undan ko`p jihatdan ilmiy tadqiqot vazifasini ijobiy bajarish bog’liq bo`ladi.
2-bosqich. Tadqiqotning maqsadi va vazifasini ifodalash va birlamchi gipotezani ilgari surish va asoslash:
- mavzu bo`yicha masalalarning ahvolini tahlil qilish;
- tadqiqot maqsad va vazifalarining bayonini tuzish.
Gipoteza (qadimgi grek. ὑπόθεσις — taxmin, faraz) – tekshirilayotgan muammo yoki hodisa to`g’risida ilgari surilgan ilmiy jihatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma`lumotlarga zid bo`lmagan, lekin haqiqatligi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir. Gipoteza aksioma yoki paspulatga o’xshamay, uning haqiqiyligi isbotlanishi kerak bo’ladi. Ilmiy gipoteza – bu haqiqiyligi kritik eksperiment bilan isbotlanishi mumkin bo’lgan ilmiy xulosadir.
Juda ko`p hollarda birlamchi gipoteza tadqiqot asosiy vazifasini belgilash va to`plangan barcha ilmiy axborotlarni tanqidiy tahlil qilish asosida tug’iladi. Bunda birlamchi gipoteza bir nechta variantlarda bo`lishi mumkin va shular ichidan maqsadga yaqini tanlab olinadi va u ishchi gipoteza deyiladi. Ishchi gipotezani aniqlash uchun boshlang’ich eksperimentlar o`tkazishga to`g’ri keladi.
Gipoteza ilmiy taxmin bo`lib, tajribada tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo`lishi uchun asoslanishi lozim.
3-bosqich. Nazariy tadqiqotlar.
Texnik-tadbiqiy tadqiqotlarda nazariy tadqiqotlar o`tkazishda hozirgacha fundamental fanlar aniqlagan qonuniyatlarni analiz va sintez qilish va ularni tadqiqot qilinayotgan ob`ektga qo`llash, hamda matematika, nazariy mexanika, jarayonlar va qurilmalar va boshqa fanlarni ishlatgan holda yangi, hozirgacha noma`lum qonuniyatlarni kashf etish amalga oshiriladi.
Nazariy tadqiqotlarning maqsadi – kuzatilayotgan hodisalarni mumkin qadar to`la qamrab olish, hodisalar orasidagi aloqalarni o`rganish, hamda qabul qilingan ishchi gipotezadan ko`proq natijalarni olishdir. Boshqacha qilib aytganda, nazariy tadqiqot qabul qilingan ishchi gipotezani tahliliy (analitik) rivojlantiradi va tadqiqot qilinayotgan muammoning nazariyasini ishlab chiqishga olib keladi, ya`ni ushbu muammo doirasida ilmiy umumlashtirilgan bilimlar sistemasi yaratiladi. Bu nazariya ushbu muammoga taaluqli fakt va hodisalarni tushuntirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |