5-bosqich.
Natijalarni taqqoslash, qayta ishlash va tahlil qilish.
Nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalarni taqqoslab tahlil qilish natijasida taklif qilingan gipoteza va undan kelib chiqadigan natijalar tamomila tasdiqlanadi yoki bu gipoteza o`zgartiriladi. Ba`zi bir hollarda bu gipotezaning noto`g’ri ekanligi aniqlanadi va bu gipotezadan tamomila voz kechiladi.
6-bosqich.Yakuniy xulosa va tavsiyalar.-
Bu bosqichda tadqiqotlar yakunlanadi, ya`ni olingan natijalar qayd etiladi va ularning qo`yilgan vazifani bajarilishiga to`g’ri kelishi aytiladi, ya’ni - ilmiy va ishlab chiqarish xulosalari shakllantiriladi, tadqiqot natijalari baholanadi.
Tadbiqiy tadqiqotlar natijalarini qo`llash uchun tavsiyalar beriladi.Ilmiy-texnikaviy hisobot tuziladi va u retsenziya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |