4-bosqich. Eksperimental tadqiqotlar (nazariy tadqiqotlarni tasdiqlash, to`g’rilash yoki inkor etish uchun);
Eksperement deb – aniq belgilangan sharoitda ma`lum bir hodisani, jarayonni va h.k.ni aniq maqsad yo`lida o`rganish uchun qo`yilgan tajribaga aytiladi.
Bunda tadqiqotchiga bo`layotgan o`zgarishlarni qadam-baqadam kuzatish, hodisalarga turli vositalar bilan ta`sir ko`rsatish, ularni avvalgi sharoitda takrorlash imkoniyati tug’iladi. Eksperimentda kuzatish, qiyoslash va o`lchash usullaridan foydalaniladi. Bunda bir yoki bir nechta omillarni boshqalarga ko`rsatgan ta`siri o`rganiladi. Eksperiment ilmiy jihatdan asoslanishi va uning xatosi aniqlanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |