Qabul
qiluvchi
Jo‘natuvchi sifatida og‘zaki nutqni samarali qilishning turli metodlari nimalar ekanligi bobning boshqa qismida ta ’riflangan edi, biroq qabul qiluvchi bahosi esa takomillashish uchun ijobiy sharh bilan birgalikda sohalarni ham o 'z ichiga olishi mumkin. Har qanday vazifaning bahosi bo ‘lganidek, so 'zlovchining obro‘siga shaxsiyatiga tegadigan ijodiy tanqid taklif qilish foydali bo‘ladi. Og ‘zaki taqdimotlar uchun og ‘zaki yoki yozma baho berishlari uchun qabul qiluvchilarga quyidagilarni taklif qilamiz:
Tasvirlovchi/Tavsiflovchi boiling: baho berishdan ko‘ra so'zlovchi nima qilayotganini kuzatganingizni tasvirlab bering, masalan: «Taqdimotingizni yakunlashning axmoqona usuli bo'ldi»dan ko‘ra «Men yakunlovchi fikrni eshitmadim» deng.
•Boshqalardan farqlaning. Kelgusi taqdimotini yaxshilash uchun so 'zlovchiga yetarli ma ’lumot bering, masalan «Sizning ko ‘rgazmali qurollaringiz behuda/samarasiz»dan ko ‘ra, «PowerPoint slaydlaringizdagi shrift hajmini oshirgan bo ‘lardim, chunki men slaydlarni o ‘qishga qiynaldim», deng.
Ijobiy yondashing. «Ko‘p qatlamli» sharhlarda siz ijobiy sharh bilan boshlaysiz, so‘ngra takomillashtirish uchun taklif kiritishlarini so‘raysiz va yakunida ijobiy sharh bilan yakunlaysiz.
Ijodkor bo(ling. So‘zlovchi oddiygina nimani xato qilganligidan ko‘ra, takomillashtirish uchun muayyan takliflarni bering.
Xushmuomala bo(ling. Baho berishda keskin/qo ‘pol taklif yoki sharhlardan ko'ra, xushmuomala uslubdan foydalaning, masalan «Men hech nimani eshita
olmadim-baland gapiring!» dan ko'ra, «Xona ortidagilar eshita olishlari uchun ozroq baland gapiring» deng.
Realist bo ‘ling. So 'zlovchi haqiqatda o 'zgartira olishi mumkin bo ‘lgan narsalarga baho bering. So 'zlovchiga nutq juda qisqa bo ‘lganligini aytish foydali bo ‘lmaydi.
Verbal va noverbal muloqot.
Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa og‘zaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, og‘zaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so 'z muhim o‘rin tutadi. So'z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar o ‘rtasidagi axborot almashishdangina iborat bo‘lmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari bo ‘lib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko'z qarash, ko'z yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni to ‘ldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir so'zga koplab ma ’no berish mumkin.
Tillarni o'rgatishda shu til sohibiga xos bo‘lgan noverbal vositalarni ham o 'rgatish lozim. Aks holda chet til to ‘la o'zlashtirilmaydi.
Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so 'zlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o ‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos bo'lgan noverbal vositalardan to‘g'ri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |