Ma’ruza-12: Suyakli baliqlarning sistematikasi, ekologiyasi va evolyutsiyasi. Reja



Download 51,26 Kb.
bet1/4
Sana10.06.2022
Hajmi51,26 Kb.
#653149
  1   2   3   4
Bog'liq
12-Ma'ruza matni


Ma’ruza-12: Suyakli baliqlarning sistematikasi, ekologiyasi va evolyutsiyasi.
Reja:
1. Suyakli baliqlarning xilma-xilligi, skelet tuzilishi.
2. Ichki organlar sistemasining tuzilishidagi o’ziga xos xususiyatlar.
3. Suyakli baliqlarning biologiyasi, ekologiyasi va kelib chiqishi.
4. Suyakli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishida tog’ayli baliqlarda farq qiluvchi belgilari.
5. Suyakli baliqlarning biologik va ekologik xususiyatlari.


Mavzuga oid tayanch so’zlar va iboralar
Epidermes, korium, gomotserkal, getrotserkal, ktenoid, sikloid, ensosohasi, hidlash kapsulasi, pilorik o’simta, gidrostatik organ, pardali labirint, yon chiziq, mezonefrik.


Sinf suyakli baliqlar (Otseichthes). Suyakli baliqlar bosh sinfining ko’pchilik turlarini tashkil etadi, suyakli baliqlar har xil suv havzalarida tarqalgan. Skeleti doimo u yoki bu holatda suyakli bo’ladi. Suyak skeleti ikki tomonlama hosil bo’ladi. Suykanlishning dastlabki tipi teri yoki qoplovchi suyaklardan iborat bo’ladi. Embrion rivojlanishida birikturuvchi to’qimadan hosil bo’ladi. Filoginetik nuqtai nazardan qaraganda esa ehtimol, tangachalar suyak plastinkalarining qo’shilib o’sishi yoki qo’shilib ketishidan hosil bo’lgan. qoplovchi suyaklardan tashqari baliq skeleti boshqa umurtqalilarining suyak plastinkasi xondral yoki tog’ay suyaklar ham bo’ladi. Embrion rivojlanishida ular tog’ayni suyak moddalari bilan almashini natijasidir. Jabralar orasidagi o’lchami qisqargan jabra yaproqlar bevosita jabra yoylariga birikkan. Doimo suyakli jabra qopqoqlari bo’ladi. U ichki tomonidan jabraga birikkan. Ko’pchilik turlarida havo yoki suzgich pufagi bo’ladi. Ko’pchilik suyakli baliqlarda urug’lanish tashqi bo’ladi. Kichik tuxum po’st bilan qoplangan bo’ladi.
Hozirgacha suyakli baliqlar sinfi sistematikasi to‘liq hal qilinmagan, ya’ni zoolog olimlar o'rtasida bu sinf klassifikatsiyasi to’g’risida bir to'xtamga kelinmagan.Shunga qaramasdan ko’pchilik olimlar suyakli baliqlar sinfini 2 ta kenja sinfga bo'lib o‘rganish lozimligini ta'kidlashadi. 1.Shu'laqanotlilar (Actinopterygii) va 2.Kurakqanotlilar (Sarkopterygii) kenja sinflar.
Kenja sinf. Ikki xil nafas oluvchilar (Dipnoi)
Umumiy harakteristikasi. qadimgi va o’ziga xos chuchuk suv baliqlari bo’lib, oddiy tuzilgan va kislorod yetishmagan suv havzalarida yashashga moslashgan. Umurtqa pog’onalari deyarli yaxshi rivojlanmagan, umurtqalari pastki va yuqorigi umurtqalaridan iborat bo’ladi. Bosh suyagi asosan tog’aydan, bir qism qoplovchi suyakdan iborat bo’ladi. Yuqorigi va pastki yuz suyaklari yo’q. Tog’ayli baliqlar singari ichagida spiral klapan bo’ladi. Yuqorida pulslanuvchi arterial konus bo’ladi, ularning hammasi oddiy tuzilish belgilari. Eng harakterli belgisi ikki xil nafas oluvchilar jabradan tashqari o’pka bilan ham nafas oladi. Ikki xil nafas oluvchilarning progressiv belgilari epitelial bo’lmasdan, balki suyakli baliqlar singari nerv hujayralari tashkil etadi. Siydik tanosil organi bir tomondan tog’ayli baliqlarga, ikkinchi tomondan amfibiyalarga yaqindir. Tuxum yo’llarini Myuller kanali, bo’ylab ular tana bo’shlig’iga ochiladi. Mahsus urug’ qabul qiluvchi organi yo’q. Jinsiy yo’llarini Volf kanali tashkil qiladi. Ikki xil nafas oluvchilar o’rta devon poleozoy oxirida vujudga kelgan va mezozoy davrining boshlarida keng tarqalgan.
Turkum: Bir o’pkalilar (Monopneymones).
Bitta oila (Ceratodidae). Hamda bir avlod (Nioceratodus), bo’lib vakil sifatida – Neosteratod eng yirik vakili hisoblangan. Uzunligi 175 cm keladi, u sharqiy Avsraliyaning Kvinslend daryosida tarqalgan. Tuzilishida harakterli toq o’pka pufagi bo’lib, u to’liq ikki simmetrik bo’lakka bo’linmagan. Jabralari yaxshi rivojlangan. Neosteratod bir vaqda ham jabrasi bilan ham o’pkasi bilan nafas olishi mumkin. Shuning uchun u boshqa baliqlar yashay olmaydigan kuchli ifloslangan suvlarda ham yashay olishi mumkin. Yozda suv xavzalarining qurishi natijasida o’simlik qoldiqlari chirishi natijasida kislorod kamayganda u o’pkasi bilan nafas oladi. Ayrim vaqtlarda suv yuzasiga chiqib xavo yutadi. Bu vaqtda qattiq ovoz chiqaradi. Kuzda suv xavzalarining suv bilan to’lishi natijasida o’pkaning roli kamayadi. Bu vaqda nafas olish jabrada oksidlangan qon orqali amalga oshadi. Bu baliqlar qurimaydigan suv xavzalarida yashaydi uyquga ketmaydi. Aktiv bo’ladi. qisqichbaqasimonlar, mollyuska, chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Sentyabr, oktyabr oylarida ko’payadi. Tuxumini suv o’simliklari orasida qo’yadi.
Turkum: Ikki o’pkalilar (Dipneumones). Turkum juda yaqin ikki oilani o’z ichiga oladi.
1. Protopteridae-tropik Afrikada tarqalgan.
2. Lepidosirenidae- janubiy Amerikaning Amazonka xavzasida keng tarqalgan.
Birinchi oilaga protopterus avlodining bir qancha turlari kiradi. Ikkinchi oilaga bir avlod va bir tur lipidosiren kiradi. Ikki o’pkalilarda har xil bir juft o’pka bo’lishi, jabralari qisman redukstiyalanganligi o’pka orqali nafas olishga nisbatan ahamiyatli, o’pkasiz nafas olish bu baliqlarda xatto suv kislorodga boy bo’lganda ham qiyin bo’ladi. O’lchami neosterotodga nisbatan kichik bo’lib, lipidosirenda 195 sm bo’ladi, protopterusda 140 sm. Ular daryolarda, kam suvli botqoqliklarda, ayrim vaqtlarda quriyotgan suvlarda yashaydi. Protopterus suv xavzalari quriganda kapsulaga o’raladi. Lipidosiren esa kapsula hosil qilmaydi. Yozgi uyquga ketish 5 oyga cho’ziladi. Sun’iy sharoitda protopterus (suv xavzalari quringanda) uyqusi 3-4 yilga borishi mumkin, tinim davrida nafas olish faqat o’pka orqali amalga oshadi. Yomg’irli mavsum boshlanishi bilan baliq oktyabrda harakatli protopterusda tinim davrida nafaqat nafas olishi, balki azot almashinishi ham sekinlashadi. Ikki hil nafas oluvchilar umurtqasizlar va o’simlik qismlari bilan oziqlanadi. Tuhumini chuqurlikka qo’yadi. Rivojlanishi to’liq yo’l bilan amalga oshadi. Serpushtligi juda yuqori, bir millionga yaqin tuxum qo’yadi.

Download 51,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish