Ma’ruza-12: Suyakli baliqlarning sistematikasi, ekologiyasi va evolyutsiyasi. Reja


Bosh turkum: Ko’p shu’la qanotlilar (Polupteriformes)



Download 51,26 Kb.
bet3/4
Sana10.06.2022
Hajmi51,26 Kb.
#653149
1   2   3   4
Bog'liq
12-Ma'ruza matni

Bosh turkum: Ko’p shu’la qanotlilar (Polupteriformes). Ko’p qanotlilar kam sondagi lekin, o’ziga xos chuchuk suv vakillaridir. Tanasi romik shakldagi tangachalar bilan qoplangan. Orqa suzgich qanotlari bir qator mayda suzgichlardan iborat bo’lib baliqlarning nomi ham shundan kelib chiqqan. Hozirgi vaqtda ularning 10 ga yaqin turi tropik Afrikada tarqalgan.
Bosh turkum: Suyakli baliqlar (Teleostei). Suyakli baliqlar ko’p sondagi bosh turkumi hisoblanadi. Unga xozirgi baliqlarning 90% kiradi. Ular barcha materikning chuchuk suvlarida hamda, barcha dengiz va okeanlarda uchraydi. Tangachalari har doim suyakli, dum suzgichlari gomosterkal, ko’krak suzgichlarida bazaliya yo’q. U radial va teri shu’laridan tuzilgan. qorin suzgichlari teri suzgichlaridan tarkib topgan, arterial konusi rivojlanmagan, faqat aorta so’g’oni rivojlangan, ichakda spiral klapani yo’q. Ko’plarida ichak ko’r o’simta shaklida shakllanadi. U plorik o’simta deyiladi. Xavo pufaklari rivojlangan, oddiy tuzilgan formalarida suzgich pufaklari xayoti davomida oshqozon bilan bog’likligi saqlanib qoladi.
Suyakli baliqlarni klassifikastiya qilishda yagona qarash yo’q. quyida asosiy ahamiyatli turkumlari bilan tanishamiz.
Turkum: Seldsimonlar (Clupeformes). Xozirgi suyakli baliqlarning eng sodda tuzilishdagi boshqa vakillariga nisbatan bosh qismi suyaklanishi kam rivojlangan. Shulardan suzgich pufaklari xayoti davomida oshqozon bilan bog’langan bo’ladi, suzgichlarining shu’lasi yumshoq va bo’g’imli, tangachasi stikloid shaklida. Asosiy oilasi seldlar (Clupeidae) va lososlar (Salmonidae) oilasi ko’p turlarni o’z ichiga oladi. Ular asosan dengizda yashaydi, ayrim turlari ko’payish davrida daryolarga chiqadi. Okean seldlari – (Clupea herandis) Oq va Barenst dengizlarida, hamda Uzoq sharq dengizlarida uchraydi.
Turkum cho’rtansimonlar (Yesociformes). Yirtqich baliqlarning kam sondagi gruppasi bo’lib, jag’lari yaxshi rivojlangan bo’lib, o’tkir tishlar bilan qurollangan. Suzgich pufaklari ichak bilan tutashgan. Daryolarda, ko’llarda va janubiy dengizlarda oddiy cho’rtan (Yesoxlucius) tarqalgan. O’troq xayot tarziga ega, suv o’simliklari orasida yashaydi. Baliqlar, baqalar bilan oziqlanadi. Baliq ko’paytirishda zararli. Yirik vakillarining og’irligi 35 kg uzunligi 1,5 m gacha bo’ladi.

Turkum: Karpsimonlar (Cypriniformes).


Turkum: Ugorsimonlar (Anguilliformes)
Turkum: Olabug’a-cho’rtansimonlar (Mugiliformes)
Turkum: Ignasimonlar (Gasterosteiformes)
Turkum: Igna qanotlilar yoki tikan nurlilar (Acanthoptergii)
Turkum: Tutash jabralilar (Lophobranchii)
Turkum: Treskasimonlar (Gadiformes)
Turkum: Kambalasimonlar (Pleuronectiformes)
Turkum: Sarganlar ya’ni uchuvchi baliqlar (Beloniformes)

Suyakli baliqlar baliqlar sistematikasi


Tog’ay suyakli baliqlar kenja sinfi (Cronirestei)
Shul’a qanotlilar kenja sinfi (Aktinopteragii)
Ikki xil nafas oluvchilar kenja sinfi(Dipnoi)
Panja qanotlilar (Grossopteriggie)
1) Tog’ay suyakli baliqlar kenja sinfi
Tog’ay-suyakli baliqlar o’zining sodda tuzulishini saqlab qolgan qadimgi baliqlar hisoblanadi. Ular bir qator belgilari bilan tog’ayli baliqlarga o’xshash duksimon ko’rinishda, uning bosh ustida rostrum bor, og’zi teshigi boshning ostida joylashgan. Dum suzgichi geteroserkal tangachalari, o’ziga xos bo’lib, katta suyak bo’rtmalardan iborat. O’q skeleti xorda bo’lib, u bir umr saqlanadi. Tangachasi gavdada 5 qator bo’lib joylashgan. Birlamchi bosh skeleti tog’aydan iborat. Jabra qopqog’i bor, suzgich pufagi mavjud.
Kenja sinfga –osyotrsimonlar ya’ni baqrasimonlar turkumi, osyotrlar yoki baqlar oilasi va kurukburinlar oilasi mavjud. Osyotrsimonlar oilasi 3 ta avlod va 25 ta tur bor. Shundan 13 tur MDH da uchraydi. Uzunligi 9 metr, og’irligi 1400 kg keladigan ulkan beluga ham kiradi, ulardan 3500 kg qora ikra olinadi. 4 metr uzunlikdagi Uzoq sharq kalugasi , sterelyad, sevryuga, rus osyotri, Qilquyrug’ yoki Soxta kurakburun uchraydi. O’zbekiston, suv havzalarida osyotrsimonlardan Orol bakrasi(ship) Orol dengisi Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimlarida uchraydi. Kichik soxta kurak burun, ham Amudaryoda tarqalgan, uzunligi 27 sm keladi. Tumshug’i uzun, yapaloq, tumshug’ida tikanlar soni 2-3 ta bo’ladi. Soxta kurakburunlarning 3 tasi noyob bo’lganligi uchun O’zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan kurakburunlar oilasiga Eshkakburunlar kiradi, hamda Osyotrlar Kasbiy va Qora dengizda ovlanadi.
Ma’lumki baliqlarning tanasi poykilotermli hayvonlarga kiradi. Ularni tana temperaturasi muxitga qarab o’zgarib turadi. Suv bevosita baliqlarning gaz almashunuviga ta’sir etadi. Baliqlarning O2­­­­­ ga bo’lgan talabi har xil bo’ladi. Shu belgisiga qarab ular 4 gruppaga bo’linadi.
1. O2 ni juda ko’p talab qiluvchilar 7-11 sm3/l, bularga: gumja, golyan, golest baliqlari kiradi.
2. O2 ni ko’p talab qiluvchilar 5-7 sm3/l, bularga: harius, golovl, peskar baliqlari kiradi.
3.O2 ni nisbatan kam talab qiluvchilar 4 sm3/l, bularga: plotva, okun, yersh baliqlari kiradi.
4. Tarkibida O2 kam bo’lgan suvlarda 1-2 sm3/l, bularga: sazan, lish, karas baliqlari kiradi. Suv xavzalarining muzlashi ham katta ahamiyatga ega bo’ladi, muz qatlami havoni past temperaturadan ajratib turadi, ikkinchi tomondan muzlashining salbiy tomoni suvdagi o’simliklar va ayrim hayvonlar uchun yorug’likni to’sib qo’yadi. Bular baliqlar uchun asosiy ozuqa hisoblanadi. Muz qatlami suvni havo O2 bilan to’yinishini kamaytiradi. Suv tovushni o’tkazish juda yaxshi bu baliqlarda signalizastiya xolati bir tur bilan ikkinchi tur o’rtasida axborotni almashinishda muhim ahamiyatga ega.
Baliqlarning hayot sikli. Migratsiyasi. Barcha tirik mavjudotlar singari baliqlar va hayotining har hil bosqichida xilma – xil muxit sharoiti bo’ladi. Baliqlar ham o’zi uchun qulay bo’lgan sharoitni izlaydilar. Yopiq suv havzalari (xovuz, ko’l) yoki daryoda yashaydigan baliqlarda migrastiyasi dengizdagilarga nisbatan kuchsiz bo’ladi. qiyin va xilma–xil bu migrastiya kamayuvchi migrasiyadir. Bu o’tkinchi baliqlarda: ular dengizdan daryoga o’tishi–anadrom migrastiya deb ataladi. Ko’pchilik losossimonlar, osyotrsimonlar, ayrim seldlar, karplar, kam sondagi turlar daryodan oziqlanuvchi va ko’payishi uchun dengizga boruvchi migrastiya ketadrom migrastiya deb ataladi. Bu ugra baliqlarga xos, ko’payish munosabati tufayli ko’pchilik tur ochiq dengizdan qirg’oqqa, qirg’oqdan dengizga o’tadi. Bundaylarga dengiz seldi, treska , piksha va boshqalar, shu sababli bunday holatlar kechasi yuz beradi. Ular o’simlikka boy bo’lgan tropik suvlarda ko’p bo’ladi.
Baliqlarning suvdagi boshqa gazlarga munosabati. Suvda boshqa gazlar ham erigan holda mavjud bo’ladi. Bulardan eng muhimi karbonat angidrid bu gazni asosan baliqlarning terisi ajratib chiqaradi.
Masalan: Vyun eshvoy baliqlari teri orqali tanasidagi CO2 80% chiqarib tashlaydi. Bu gaz bazi baliqlarga ovqat va o’simliklar xayot manbalaridir, qolaversa o’simliklar yorug’lik tasirida CO2 dagi O2 ajratib chiqaradi. O’simliklar hisobiga ko’p kiradi, chunki oziqlanish zanjiri naqadar uzun bo’lmasin, uning bosh halqasi hamisha o’simlikdir. Suvda zararli gazlar ham bo’lishi mumkin. Agar H2S gazi 1l suvda 15 sm3 miqdor bo’lsa, zog’ora, sazan kabi baliqlar darhol xalok bo’ladi. Tobonbaliq, karaz yoki erinchoq baliq 1l da 0,1 sm3 H2S bo’lgan suvda uch soat tutib turilsa 8–10 kundan keyin xalok bo’ladi.
Tuzning baliqlarga ta’siri. Suvda gazlardan tashqari erigan tuz ham bor. Xususan dengiz suvi tarkibida har xil tuzlar borligi bilan harakterlanadi. Tuzning tarkibi turli dengizlarda turlicha bo’ladi. qizil dengizning 1000 xissa suviga 45% tuz bo’lganidan xayotning turli shakllari mavjud, eng oz tuzli suv Boltiq qo’ltig’idir, uning 1000 xissa suvida 3 xissa tuz bor xolos. Kaspiy dengizining qora bo’g’ozi qo’ltig’ida 1000 xissa suvda 200 xissa tuz bo’lgani sababli xech qanday xayot yo’q. Umuman baliq chuchuk suvdan tortib to 1000 xissa suvga 70 xissa va undan ham ko’proq tuz to’g’ri keladigan suvda yashay oladilar. Ba’zi baliqlar tuz miqdorining o’zgarishiga juda sezgir bo’ladi. Masalan. Amurdaryo va Sirdaryo qizilquyruq va fil bo’yin, lapatanos Sirdaryoning chuchuk suvli daryolarida yashashga moslashgan, ular suvda ozgina tuz sezilsa ham xalok bo’ladi. Ba’zi baliqlar esa nihoyatda chidamli masalan: bichok baliq 0,27 % dan to 38 % sho’r bo’lgan suvda ham yashayveradi.
Haroratning baliqlarga ta’siri. Harorat hayotning eng muhim ekologik omillaridan biri. Ayniqsa tana harorati barqaror ya’ni tashqi muxitning haroratiga qarab o’zgarib turadigan hayvonlardan, baliqlarda suv ostida harorat katta ahamiyatga ega, harorati doimo bir-xil turadigan hayvonlar jumladan, sut emizuvchilar va qushlar tashqi muxit haroratiga bog’liq bo’lmaydilar. Baliqlarning tana harorati suvning haroratiga to’g’ri keladi, ba’zan undan, 0,5-1 0C ortiqroq bo’ladi. Shuningdek serharakatligi ham tashqi muxitda sodir bo’ladigan ayrim ximiyaviy va optik hodisalar natijasida ham baliqlar tana harorati bir oz ko’tarilishi mumkin. Masalan: tunest balig’i suzib yuraganda tana harorati suvnikidan 10 0C gacha yuqori bo’ladi, harakatdan to’xtaganda harorati yana suvniki bilan deyarli barobar bo’lib qoladi. Baliqning tana harorati tashqi muxit bilan uzviy bog’liq, undan tashqari baliqning modda almashinuvi nafas olishi, ovqat hazm qilishi, o’sishi, urchishi, qishlashi, migrastiyasi va boshqa hayot jarayonlarida ham suvning harorati katta rol o’ynaydi. U ovqatni ko’p yeydi, tezroq hazm qiladi, gaz almashinuvi kuchayadi. Suv haroratining o’zgarishi ko’p hollarda baliqqa migrastiya qilishi, urchishi, qishlash zarurligidan xabar beruvchi signal vazifasini o’taydi. Tekshirishlar natijasida baliqlar suv haroratining nixoyatda ozgina hatto, yuzdan-bir gradusga o’zgarishini ham seza oladilar. Bu xodisa mo’ljal olishda (migrastiya) vaqtida katta ahamiyatga ega. Bu uvildiriq tashlash davrida sulaymon baliqlar o’sib rivojlangan voyaga yetgan joylarida, Tinch okeaninig shimoliy qismda suvlarning muayyan harakatiga, oqimi bo’ylab boshqa haroratli oqimga kirmasdan o’zlari tug’ilgan joylarga, Sibir daryosining manbalariga yo’l topib boradi. Baliqlar suvning harorati ma’lum darajaga etganda urchiydi va uvildiriq tashlaydi. Arealning o’zgarishi ham suv haroratining fasllarga qarab va ko’p yillar davomida o’zgarishi bilan bog’liq. Shuningdek baliqlar kabi sovuqqonli hayvonlar bilan qushlar va sut emizuvchilar kabi issiqqonli hayvonlar o’rtasidagi tafovut ular qancha issiq ajratib chiqarishidadir. Sovuqqonlilarda bu jarayon, sekinroq, issiqqonlilarda esa tezroq boradi. Masalan: og’irligi 105 grammli karp 1 sutkada 1kg xisobiga 10,2 kkal issiqlik ajratsa, 75 grammli chug’urchiq 270 kkal issiqlik ajratib chiqaradi, har bir tur baliqning haroratiga bo’lgan extiyoji ma’lum doirada cheklangan, undan tashqarida baliq yashay olmaydi. Shu bilan birga bu turning hamma xayotiy jarayonlari juda yaxshi kechishini ta’minlovchi optimal harorat bo’ladi. Chegara haroratlari har bir baliqlar uchun turlichadir. Masalan: tobon baliq, erinchoq baliq suv haroratining o’nlab daraja o’zgarishiga chidaydi, ayrim baliqlar esa sezilarli o’zgarishga chiday olmaydi.
Baliqlar har-hil haroratli suvlarda yashaydi, tropik mintaqada yashovchi baliqlarning ko’pchiligi q31 0C gacha bo’lgan haroratga chidasa, qaynar buloqlarda yashovchi ba’zi baliqlar q45 0C haroratda ham yashashga moslashgan. Kaliforniya vodiysidagi qaynar buloqlarda yashovchi karplarda, tishli baliqlarda esa xatto harorati q52 0C dan ortiq suvda hayot kechiradi. Bunday baliqlar issiqsevar baliqlar deb ataladi. Shuning bilan birga treskasimonlar oilasiga mansub naviga, sayla kabi 2 0 S sovuqda aktiv hayot kechirayotgan va xatto urchiydigan, tovon baliq kabi 0,2-0,3 0 S sovuqda balchiqqa ko’milgancha muzlab yotib tana shirasi muzlamasligi shart, aks xolda xalok bo’ladilar, qishlaydigan sovuqsevar baliqlar ham bor. Bulardan tashqari issiqsevar baliqlarga ham misol qilib, laqqasimonlarni, karpsimon baliqlar oilasining ko’pgina vakillari, sovuqsevarlarga lossossimonlar, treskasimonlar kabi baliqlarni ko’rsatish mumkin. Suvning harorati qancha tez o’zgarib tursa, har qaysi rivojlanish bosqichida baliqning harorati shuncha kam o’zgaradi. Baliq suv haroratining o’zgarishiga o’zining biologik xolatiga qarab turlicha javob qaytaradi. Masalan: sulaymon baliqning uvildirig’i 0 0S dan q 12 0S gacha bo’lgan issiq haroratda rivojlanish mumkun. Ammo katta sulaymon baliqlar manfiy haroratdan boshlab 23 0S ga va undan ortiq issiqda yashaydi. Zog’ora baliq esa to 20 0S va undan ortiq issiqda ham yashaydi. Lekin u q8 - q10 0S dan pastroq haroratda ovqatlanadi. 15 0S dan past haroratda urchimaydi. Baliqning kisloroddan ko’p yoki oz iste’mol etishi ham suvning haroratiga bog’liq. Past haroratda O2 bo’lgan extiyoji kam yuqori haroratdan esa ko’p bo’ladi. Kislorodga boy sovuq suvlarda yashovchi baliqning nafas olish organlari esa murakkabroq tuzilgan. Suvdagi kislorodning miqdori morfologik va fiziologik hususiyatlariga ta’sir etadi. Baliqlar suvning haroratiga bo’lgan munosabatiga qarab Evritermli ya’ni haroratning ko’proq o’zgarishiga chidamli, hamda stenotermli ya’ni haroratning sal o’zgarishiga ham chiday olmaydigan baliqlar gruppalariga bo’linadi. Evritermli olabug’a, cho’rtan kabilar; stenotermli baliqlarga qutb zonasi va tropik mintaqalarda tarqalgan baliqlar kiradi. Dengiz baliqlari chuchuk suv baliqlariga nisbatan haroratining o’zgarishiga ancha chidamsizdir. Suv havzasida ba’zan yuz beradigan tabiiy ofatlar, chunonchi kuchli dovullar, suv oqimlarining o’zgarishi kabi hodisalar suvning harorati o’zgarishi natijasida baliqlar ko’plab halok bo’lib ketadi.
1930 yilda Uzoq sharqda Kelma rayonida yuz bergan kuchli dovuldan keyin suv harorati ko’tarilgan q12 0S dan q6,2 0S gacha tushib qoladi, natijada issiqsevar seld ivasi ko’plab halok bo’ldi. O’rta minqada yashaydigan baliqlar qishda sovuqdan saqlanish uchun suv ostidagi kamarlarga to’planib usti shilimshiq modda bilan qoplangan holda karaxt bo’lib yotadi, bunday joylar baliq o’ralari deb ataladi. Bu ularning sovuqqa moslashishidagi ekologik hususiyatidir, qishda shu holda karaxt bo’lib yotadigan baliqlarga oqcha, zog’ora, laqqa baliqlarni ko’rsatish mumkin. Masalan: gulmohi va oq baliq kabi ko’p O2 talab qiluvchi sovuqsevar baliqlar ham bor. Ular suv haroratining ko’tarilishidan emas, harorat ko’tarilishi natijasida suvdagi O2 kamayib ketishidan normal nafas ololmay bo’g’ilib halok bo’ladi. Bunday holatlar faqat harorat ta’siri tufayli emas, ovqat va tuz kabi boshqa ekologik xolat to’satdan o’zgarishi natijasi ham yuz beradi. Tinch okeanining Peru qirg’oqlari yaqinida shunday hodisani ko’rish mumkin. Bu yerda baliqlarni mo’l-ko’l ovqat bilan ta’minlash zarur, hayotiy moddalarni keltiruvchi Peru shamoli katta rol o’ynaydi. Masalan: silga 2000 tuxum, keta 2000-5000 ta, gorbusha 2000 ta tuxum qo’yadi. Taqqoslaydigan bo’lsak oyotr 100 mingdan 2 mln. 50000 gacha, beluga 300000 dan 8 mln. gacha sudak 300000 dan 4 mln, sazan 400000 dan 1mln. 500 mln, treska 2500 dan 10 mln. gacha tuxum qo’yadi. Ko’pchilik tog’ayli baliqlarda ichki urug’lanishda tuxum qalin po’st bilan qoplangan bo’ladi. Soni 1-2 yoki 10 ta bo’ladi. Ular toshlarga va suv o’tlariga yopishtirib qo’yadilar. Ko’pchilik baliqlarda serpushtlik yoshga xos ravishda oshib, keyinchalik kamaya boradi. Ovchilik ahamiyatiga ega bo’lgan baliqlar qariguncha ushlab olinadi. Yuqorida qayt etilgan ko’pchilik baliqlarda, tashqi urug’lanish harakterli, bunday holatdan chetga chiqish, nafaqat tog’ayli baliqlarda ayrim suyaklilarda ham ko’rish mumkun. Kopulyativ organ ichki bo’lib, ular qorin suzgichlari tuklari bo’ladi. Tishli karplar turkumida urug’lanish ichki bo’ladi. Ayrim baliqlar serpushtligining uning o’sishiga qarab o’zgarishi (Nikolskiy 1961) tablista: sazan 35-40, 45-50, 55-60, 65-70 uzunligi (sm) 181, 375, 550, 525 tuxum soni 30-40, 40-50, 50-60, 60-70, 70-80 uzunligi sm da 203, 331, 487, 585, 551, tuxum soni (ming).
Boshqa umurtqalilardan baliqlarning farqi umuman sinf xaqida gapirganda ko’payishning aniq mavsumi yo’q. Baliqlarni tuxum qo’yishiga qarab, ularni uch gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppa baxorda va erta yozda tuxum qo’yuvchilar osyotrsimonlar, karpsimonlar, laqqa, seldsimonlar, cho’rtanlar, okunlar va boshqalar. Ikkinchi gruppa kuzda va qishda tuxum qo’yuvchilar shimoliy baliqlar. Masalan: Atlantika lososi bizda tuxum qo’yish uchun joy tanlash sentyabr boshlaridan tuxum qo’yishi baliqning, yoshiga va suv xavzasining sharoitiga qarab noyabr oxirlarigacha davom etadi. Daryo foreli kech kuzda tuxum qo’yadi. Dengiz balig’i treska tuxum qo’yishi suvda dekabrdan iyungacha, Murmansk qirg’oqlarida yanvardan toki iyun oxirigacha davom etadi. Uchinchi gruppa: bulardan belgisining yoki aniq ko’payishi muddati yo’q. Bunga asosan tropik turlar kiradi. Yashash maydoni doimiy o’zgarmas bo’lib turishi, bundaylarga Cicheidae vakillari kiradi. Ko’payish joyi xilma xildir. Dengiz baliqlari tuxum qo’yishi suvning yuza qismidan 500-1000 m gacha chuqurlikka qo’yadi. Treska va dengiz seldlari tuxumini qirg’oqqa qo’yadi. Daryoda ham tuxum qo’yish joyi o’simliklarga qo’yadi. Daryo okunlari suv o’simliklari ko’p bo’lgan joylarga tuxum qo’yadi, chunki tuxumini suv o’simliklariga yopishtirib qo’yadi. Ko’pchilik turlarda tuxum urug’langandan keyin o’z xoliga tashlaydi, ayrimlari tuxumlarini maxsus joyga qo’yadi va uzoq vaqt qo’riqlaydi. Ayrim xolatlarda baliq urug’langan tuxumini tanasiga olib yuradi. Xatto o’zini ichki organizmiga olib yuradi, nasl xaqida qayg’urishga misollar keltiramiz. Masalan: keta balig’ini tuxum qo’yish joyi Amur daryosining qumloq tuproqli tinch oquvchi joylari.
Baliqlarni boshqa umurtqalilarga taqqoslanganda katta serpushtlilik mavjud. Shuni ta’kidlash kerak, ko’pchilik turlarda yiliga yuz ming tuxum qo’yadi. Masalan: treska 10 mln. Bunday serpushtlilikni xisobga olish zarur, chunki urug’lanish ona tanasidan tashqarida bo’ladi, urug’lanishga bo’lgan ishonch yoki aniqlik past bo’ladi. Spermalarni suvli muxitda yashovchanligini uzoq saqlash qiyin yoki urug’lanish qobiliyatini yo’qotadi. Masalan: gorbusha baliqlarida tez muddatda spermaning tuxum bilan aloqasi vujudga kelishishi kerak. Sperma xayotchanligini 10-15 sekund saqlab turadi. Osetr 230-290 sekund, seldlarda bir minutdan so’ng spermalar xayotchanligini faqat 10% saqlab koladi. O’n minutdan keyin bitta yarim tirikligini saqlab qoladi. Suvga tushgan tuxumlar oynasimon po’st bilan qoplanadi, spermani ichkariga kirishiga yo’l bermaydi, bu esa urug’lanishga bo’lgan imqoniyatni kamaytiradi.
Tajribali hisobchilar ko’rsatishicha uzoq sharq lososining tuxumini urug’lanish foizi 80 ga teng bo’ladi. Ayrim baliqlarda bu ko’rsatkich kam. Undan tashqari urug’langan tuxum suvda hech qanday himoyasiz rivojlanadi. Bu rivojlangan tuxum, lichinka va kichik baliqlarning xalok bo’lishi juda yuqori. Ovlanadigan baliqlar Shimoliy Kaspiyda tuxumdan chiqqan lichinkaning 10 %, dengizga shakllangan baliqqa sekin harakatlanadi, qolgan 90 % xalok bo’ladi. Baliqlarning jinsiy voyaga yetish foizi kam bo’ladi. Shunday qilib katta serpushtlik baliqlarda muxim biologik moslanish bo’lib, turlar sonini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Baliqlar migrastiyasi. Baliqlar urchishi, qishlash va ovqatlanish uchun migrastiya qiladi. Bu paytda ular minglab kilometr masofani bosib o’tadi. Migrastiya 2 xil bo’ladi: 1. Passiv migrastiya. 2. Aktiv migrastiya. Passiv migrastiya ko’pincha suvnign oqizib ketishidan iborat bo’lib, baliqlarning lichinka va tuxumlarida uchraydi. Daryoda urchib bo’lgandan keyin xoldan toyib aktiv suza olmaydigan bo’lib qoladi. Ba’zi baliqlarni suv oqizib dengizga olib ketadi.

Download 51,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish