Ma’ruza №12 qo'shma gap va uning turlari



Download 54,88 Kb.
bet9/24
Sana07.03.2022
Hajmi54,88 Kb.
#485790
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
QO\'SHMA GAP

Bilib oling. Ergash gaplar bosh gapga quyidagi vositalar yordamida bog'lanadi: 1) ergashtiruvchi bog'lovchilar; 2) ko'makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli va boshqalar); 3) yuklamalar (-ki); 4) nisbiy so'zlar (kim - o'sha, nima-shu, qayer-shu yer va boshqalar); 5) deb so'zi va boshqalar.

Qo'shma gap qismlarini bog'lovchi vositalarni aniqlang.


1. Shunday yaxshi odatlarimiz borki, ularga hurmat bilan qarash lozim. (S.Ahmad) 2. Tilagim shuki, tog'a, ayam bilan ukalarim kishilarga muhtoj bo'lmasin. (Oybek) 3. Ikkinchi masala ancha jiddiy, shuning uchun u maxsus o'rganishni talab qiladi. (M.M.Do'st) 4. Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro'yi bir pul bo'ladi. (O.Xoldor) 5. Kimki dushmani bilan olishganda ham insonparvarlikni unutmasa, u, albatta, yengadi. (X.Davron) 6. Shamol qay tarafga essa, maysa ham o'sha tomonga egiladi. (X.Davron) 7. Amir Temur o'g'lining qilich tutgan qo'li baquvvat bo'lsin deb, kecha-kunduz mashq qildirdi, yuragi qo'rquv bilmasin deb, sher yuragini yedirdi, farosatli bo'lsin deb, kitobga oshna qildi. (X.Davron) 8. Hasanali bekning yechinib yotishini kutib turardi, chunki uni yotqizib yoqilgan shamni o'zi bilan narigi hujraga olib chiqmoqchi edi. (A.Qodiriy) 9. Tojixon safardan ikki kun kechikib qaytibdi, shuning uchun brigadasidan hech ko'ngli tinchimayotgan ekan. (A.Qahhor) 10. Mabodo men chiqolmay qolsam, qo’ni-qo’shnilarga o’zing bosh bo’lib, borib kelaveringlar. (Xurshid Do’stmuhammad)
ERGASHTIRUVCHI BOG'LOVCHILI ERGASHGAN QO'SHMA GAPLAR
Bilib oling. Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti yoki qiyosini bildirgan ergash gaplar bosh gapga sabab (chunki, negaki), maqsad (toki), shart (agar, agarda, basharti, mabodo) ergashtiruvchi bog’lovchilari, shuningdek, qiyoslash-chog'ishtiruv (go'yo, go'yoki, xuddi) yuklama-bog'lovchilari yordamida bog'lanadi. Sabab, maqsad, qiyoslash-chog'ishtiruv bog'lovchilari ergash gap boshida qo'llanadi va ergash gap bosh gapdan so'ng keladi. Bunday vaqtda yozuvda ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.
Shart bog'lovchilari gap boshida keladi. Ergash gap kesimi shart maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi. Bunday ergash gaplar bosh gapdan oldin keladi. Ko'pincha shart bog'lovchilari qo'llanmasa ham, shart mayli shakli qo'shma gap qismlarini bog'layveradi.
Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositalarni va ergash gapning qanday ma'no ifodalayotganini ayting.
1. Ozgina hovliqib turishsa ham, cho'chishsa ham mayliga, negaki keyin yelkalaridan yuk arigan mahali tuyadigan shodliklari ham shunga yarasha bo'ladi. (M.M.Do'st) 2. Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga bundog' to'nlar berar! (A.Qodiriy). 3. Misralarda so'zlar gavhar kabi yonadi, go'yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi. (Oybek) 4. Bu masalani sinfda keng muhokama qilamiz, toki boshqa qaytarilmasin. ("G'uncha") 5. Vijdonni asrangiz har nedan ortiq, Bobolardan qolgan noyob bu tortiq, Toki avlodlarga yetolsin omon. (A. Oripov)6. Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi. 7. Odob shunday tojki, u aqlli,farosatli odamlar boshini bezaydi.8. Orif aka ko’targan mavzu chuqurroq edi,shuning uchun ko’pchilik indamay o’tirdi. 9. Baxtim borki,har narsa go’zal Ko’rinadi mening ko’zimga.



Download 54,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish