Bilib oling. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi.
Kesim ergash gap bosh gapga ko'rsatish olmoshi tarkibidagi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi.
Bosh va ergash gaplarni aniqlang. Bosh gap kesimining ifodalanishini tushuntiring.
1. Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz alohida-alohida ketasiz. (M.Mansurov) 2. Toleyim shulki, jahonda bir guliston tanladim. (Hamid Olimjon) 3. Muhammad Yusuf ijodining o'ziga xos xususiyati shundaki, u juda oson o'qiladi, sodda, xalqchil. (O.Sharafuddinov) 4. Buning natijasi shu bo'ldiki, To'laganning qanshariga musht tushdi. (A.Qahhor) 5. Keragi shuki, ana shu miqqiyni ham boqish kerak. (G'.G'ulom) 6. Qizig'i shundaki, shu ko'rinishiga ovozi muloyim edi. (F.Musajonov) 7. Eng yaxshi yo'l shuki, yaxshi do'st yor-diyordan ayrilishni ixtiyor etmaydi. 8. O'tgan ota-bobolarning xulosasi shuki, shirin so'z odamlarning qalbini bog'lovchi zanjirdir. 9. Qisqa gap shuki, odam so'zi bilan taniladi, axloqi bilan maqtaladi. 10. Donolarning o'giti shundayki, so'zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir. 11. Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qayishmaydi. ("Hikmatlar bo'stoni" kitobidan) 12. Vatanni sevishimning boisi shuki, u mening kindik qonim to’kilgan muqaddas zamindir.
EGA ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLAR
1-topshiriq. Ko'chiring. Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1.Kimki ilm urug'ini sepsa, u ulug'lik mevasini teradi. (Donolar bisotidan) 2. Shu narsa aniqki, tarixini yaxshi bilmagan odam oxir-oqibatda qul sifatida kun kechiradi. (Muhammad Ali)
2-topshiriq. Bosh gap egasi vazifasida kelayotgan ko'rsatish olmoshini aniqlang. Ergash gapni bosh gapga bog'lovchi vositani izohlang.
Bilib oling. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo'llangan ko'rsatish olmoshining ma'nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gap bosh gapga nisbiy so'zlar (kim - o'sha, nima - o'sha kabi) yoki bosh gap kesimi tarkibida qo'llaniluvchi -ki yuklamasi yordamida bog'lanadi.
Gap qismlari nisbiy so'zlar yordamida bog'langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe'llar bilan ifodalanadi va ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari -ki yordamida bog'langanda esa ega ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |