Ma`ruza №11: trubali о‘txonalar



Download 237,98 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana06.02.2022
Hajmi237,98 Kb.
#433356
1   2   3
Bog'liq
11-Ma'ruza. Trubali o'txonalar

11.2. Zmeyeviklar yemirilishi. 
Pechlarning muntazam ishlash davomiyligi trubali zmeyeviklarning uzoq muddatga 
chidamliligiga va holatiga bog‘liq. Kо‘pgina hollarda esa butun texnologik qurilmaga ham 


bog‘liq. Shuning uchun trubali zmeyeviklar yemirilishi sabablarini aniqlashga alohida e’tibor 
berish zarur. 
Pechli trubalar ikki tomonlama yuqori temperatura ta’siriga duch keladi: ichkaridan 
qizdirilayotgan xomashyodan, tashqaridan о‘txona va nurlanuvchi yuzalardan. Xuddi truba 
ichki yuzalarida bо‘lgani kabi, tashqi truba yuzalari ham yemirilishga uchraydi. Yuzalarning 
yemirilishi va ularni hosil qiluvchi sabablar turlicha bо‘lishi mumkin. 
Trubalar ichki yuzalarining yemirilishi xom-ashyo tarkibida bо‘lgan agressiv 
qо‘shimchalar ta’siridan, shuningdek xom-ashyo oqimi erroziyasi ta’siridan yuzaga keladi. 
Neftni qayta ishlash qurilmalari zmeyeviklarning ichki yuzalari korroziyasi 
qizdirilayotgan muhitlarda mavjud bо‘lgan xlor tuzlari, oltingugurt va naften kislotalari 
ta’siridan hosil bо‘ladi. Kimyoviy korroziya intensivligi muhit temperaturasi oshganda ortib 
ketadi. 
Trubalarda qizdirilayotgan suyuq, bug‘ yoki bug‘-suyuqlik holatida bо‘lgan xom-
ashyolar, trubalar bо‘ylab kichik tezlikda harakatlanadi.
Xom-ashyo tarkibida bо‘lgan sezilarli kinetik energiyaga ega bо‘lgan mexanik 
aralashmalar, koks va boshqa qо‘shilmalar trubalarning abraziv yemirilishiga olib keladi. 
Mexanik aralashmalarning kattagina qismi zmeyevikka tashqaridan (xom-ashyo sifatsiz 
tayyorlanganda yoki pechga kirgungacha bо‘lgan vaqtda, qizdirilayotgan oqimga duch 
keladigan jarayonlar oqibatida) kirib qoladi. Qattiq qismning qolgan qismi esa zmeyevikni 
о‘zida pech oqimlarining turlicha о‘zgarishi natijasida hosil bо‘ladi. 
Ichki yuzalarning errozion yemirilishi truba uzunligi bо‘yicha bir xilda emas. 
Retrubendlarda razvalsovka qilingan truba uchlari ayniqsa tez ishdan chiqadi. Bu holni 
retrubend kameraga kirishi oldidan oqim gidravlik rejimining о‘zgarishi deb tushunsa bо‘ladi 
(tezlik kamayishi natijasida kavitasiya holati kuzatiladi) va bir kameradan qо‘shni trubaga 
о‘tish vaqtida (oqim zarbasi) yuz beradi. Truba uchlarining yanada tez yemirilishi issiqlik 
radiasiyasining ochiq ta’siridan, koks muhofazalangan bо‘lishiga qaramasdan koks 
muhofazalovchi plyonkasi bilan ham qoplangan bо‘lishi bilan asoslanadi. 
Retrubentlarning korrozion yemirilishi trubalar korrozion yemirilishiga о‘xshashdir. 
Trubalar tashqi yuzalarining yemirilishi о‘txona gazlari korroziyasidan, metall kuyindisi, 
qurumlar va kullar hosil bо‘lishidan asoslash mumkin. 
О‘txona gazlaridan sodir bо‘ladigan korroziya pech о‘txonasida korrozion aktiv yoqilg‘i 
yonishidan hosil bо‘ladi. Yuqori temperaturalar zonasida joylashgan radiant trubalar, 
shuningdek temperaturasi 50°C dan kam bо‘lgan, ya’ni ehtimoliy shudring
nuqtasidan past 
bо‘lgan xom-ashyo birinchi bо‘lib kiradigan konveksion trubalar, korroziyaga kо‘proq 
uchraydi. О‘txona gazlarida mavjud bо‘lgan suv bug‘i truba yuzasida kondensatlanib, ushbu 
gazlar tarkibidagi oltingugurt angidridini yutadi va buning natijasida hosil bо‘ladigan sulfat 
kislota trubalarni ishdan chiqaradi.
Metall kuyundisining hosil bо‘lishi truba metallarining tashqi yuzalaridan boshlanadigan 
kislotalanish natijasidir: tutun gazlari tarkibida har doim oksidlovchi hisoblangan kislorodning 
yetarlicha miqdori bо‘ladi. 
Truba devorlarining yuqori temperaturalarida metallning mexanik pishiqligi kamayadi, 
u egiluvchan holatidan egiluvchan plastik holatga о‘tadi, yuklama ta’siri ostida oson 
deformasiyalanadi. 
Shunday qilib, о‘txona trubalari yemirilayotganda devor qalinligining haqiqiy 
kamayishiga qarab, muntazam ravishda kо‘tarilib boradigan kuchlanish ostida bо‘ladi. Shuning 
bilan birgalikda, devorlarni yuqori temperaturalarga qizdirilganda va uzoq muddat 
ekspluatasiya qilinganda, trubalar siljuvchanlikka duch keladi: vaqt о‘tishi bilan ularning 
deformasiyasi kattalashib boradi. Siljuvchanlik tezligi, truba devorlarining temperaturasi va 
kuchlashishi ortgani sayin kattalashadi. Natijada trubalar diametrlari bо‘yicha «о‘sadi» yoki 
aytish mumkinki, shishlar paydo bо‘ladi. Shuning uchun, trubalar tashqi diametrlarining 
о‘zgarishiga qarab ularning holatiga va haqiqiy
mustahkamlik holatlariga baho berishi mumkin. 


Har bir rejaviy normal ta’mirlashda trubalarning yaroqsizligi normal bо‘yicha 
о‘tkazilishi qiyin, bu normal har bir alohida trubaning xizmat qilish muddatiga ta’sir qiluvchi 
barcha faktorlarni hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan. Shuningdek, ta’mirlashlararo qabul 
qilingan, о‘tilgan masofalardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Trubali pechlarning 
ekspluatasiyasi 
shartlari 
va 
bajarilishi 
konstruksiyalarining 
turlicha 
bо‘lganligidan 
yaroqsizligining universal normalari barcha о‘txonalar uchun ham ishlatilmaydi. 
Trubalar diametrlari о‘lchangunga qadar, ularning ichki va tashqi yuzalari tozalanadi. 
О‘ta qizdirishlarga xavfli bо‘lgan yuzalar uchastkalaridan metall kuyindisini bolg‘acha 
yordamida, urish yо‘li bilan tozalanadi. Bolg‘acha bilan urib kо‘rishdagi tovush orqali 
jarohatlangan uchastkalar aniqlanadi: tо‘g‘rilangan, avvaldan tozalangan trubaga og‘irligi 800g 
bо‘lgan bolg‘a bilan urib kо‘rilganda jarangdor metall tovushi chiqadi. 
Truba devori qalinligini ultrotovushli qalinlik о‘lchagichlar yoki boshqa о‘lchov 
asboblari yordamida о‘lchanadi. 
Trubalarni yaroqsiz deb hisoblash uchun, faqatgina ularning devorlari yemirilishi asos 
bо‘lib qolmay, balki tayanchlar oralig‘ida (kronshteynlar, osmalar oralig‘ida) о‘ta chegaraviy 
kattaliklar osilib turishi ham asos hisoblanadi. Tubalar ularga о‘ta yuqori temperaturalarning 
uzoq vaqt ta’siri ostida osilib turishi mumkin, shuningdek, oraliq tayanchlarning uzilishi 
natijasida hamdir. Trubalarning maksimal osilib turishi, ularning uzunligining 1/20 dan 
ortmasligi kerak. 
Nazorat savollari 
1.
Sovitish va kondensatsiyalash hodisasi
2.
Jihozlarni tayanchlarga о‘rnatish. Holatini rostlash va qotirish 
3.
Markazdan qochma nasoslarda uchraydigan asosiy nosozliklarni bartaraf etish choralari 
Qurilma va uskunalarni ta’mirlash. Asosiy tushunchalar

Download 237,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish