Ma’ruza №11 gapning uyushiq bo‘laklari



Download 48,01 Kb.
bet19/20
Sana02.01.2022
Hajmi48,01 Kb.
#312335
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
GAPNING UYUSHIQ BO'LAKLARI

Juda muhim. Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs-predmetlar bo‘lgani uchun bosh kelishikda turadi. Bu jihatdan u egaga o‘xshaydi, lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi.
Solishtiring: Ahmad keldi. — Ahmad ega. Kesim bilan grammatik bog‘langan.

Ahmad, keldi. Ahmad — undalma. Kimningdir kelganligi Ahmadga aytilyapti, kesim bilan grammatik bog‘lanmaydi. Undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.


Gaplardagi undalmalarni aniqlang, o‘rnini va tinish belgilarini izohlang, qanday uslubiy vazifa bajarilayotganini tushuntirib bering.
1. Ey inson, odam degani qo‘yini qassobga bersa ham, so‘ygunicha poylab turadi. 2. Uzr, o‘rtoq prokuror, tanimaganni siylamas, degan maqol bor-ku. 3. Hamdam aka, anchadan beri birovni chaqa olmay zada bo‘lib turgan ekansiz-a? — dedi Zohid jilmayishga harakat qilib. 4. Kel, o‘zbek qardoshim, kel, mening aziz qo‘nog‘im bo‘l, qalbing huzurli o‘lsun, — dedi u o‘rnidan turib. 5. Bo‘tam, yana bir Hadisi sharif borki, unda qabristonni ziyorat qilishga da’vat etiladi. 6. Jalil, og‘ayni, otamga o‘z qo‘ling bilan bir palov damlab bergin. 7. Asad, shu paytgacha emaklasak ham birga emakladik, yugursak ham birga yugurdik, tursak — birga turdik. 8. Salom qardoshim, Xongireydan senga ulug‘ salomlar, — dedi Mamatbey u bilan ko‘risha turib. 9. Sen bola, menga aql o‘rgatma — bor, jo‘na, turqingni ko‘rmay. Mahmudga borib ayt. 10. Yoshulli, sizlar adolat qilasizlar, deb eshitgan edik. (Т. Malik)

UNDALMALARNING UNDOV SO’Z VA EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN

QO’LLANILISHIHAMDA ULARNING USLUBIYATI
1-topshiriq. Undalma ishtirok etgan gap tuzib, undalma oldidan undov so‘zni qo‘shing. Undov bilan qo‘llangan undalmaning undovsiz undalmadan farqini ayting.

2-topshiriq. Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, Onajon! (A. Oripov) gapidagi undalmaga qo‘shilgan -jon va egalik qo‘shimchasi -im ning qanday vazifa bajarayotganini ayting.


Bilib oling. Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, emotsionallikni ta’minlash, hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko‘pincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar ko‘pincha undalma oldidan qo‘llaniladi. Masalan, Hoy o‘rtoqjon, quloq soling so‘zimga.

Ba’zan undalmadan so‘ng ey, ho, ov, -u (-yu) kabi undovlar ham ishlatiladi:



Karimjon -u, (ov, ey, ho), bu yoqqa keling. Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so‘zlovchidan uzoq masofada ekanligi ifodalanadi.

Eslab qoling.Undalmalar oldidan undov so‘zlar ishlatilganda, yozuvda undalma bilan undov so‘zlar orasiga hech qanday tinish belgi qo‘yilmaydi. Undov so‘zlar undalmadan so‘ng kelganda esa undov bilan undalma chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Undalmalar ko‘pincha I shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasini olib keladi. Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so‘zlovchiga yaqin ekanligini, erkalash, suyish ma’nolarini ifodalaydi. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. (Uyg‘un)

Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qolib, uning o‘rnida undovlar qo‘llaniladi. Masalan, Hoylar, bu yoqqa kelinglar. Hoy, chilim keltir. Undalma o‘rnida hoy kelganda tinglovchiga hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi ifodalanadi.

Ba’zan, er-xotin bir-biriga murojaat etganda III shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi bilan kelgan undalmadan foydalaniladi. Masalan, Oyisi, keling. Dadajonisi, choy iching kabi.




Download 48,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish