Fanning maqsadi:
Talabalarda mashinasozlik buyumlarini (mahsulotlarni) ishlab chiqarishda ishlab chiqarish va texnologik jaryonlarning vazifalari, turlari, ishlov berish va yig’ish aniqligiga erishish, bazalash, qo’shimlarni aniqlash haqida nazariy bilimlarni, texnologik jarayonlarni tuzish, amallarni loyihalashda jihoz, asbob, uskunalardan foydalanish va sozlsh, texnologik parametrlarini aniqlash, buyum birikmalarini yig’ish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Fanning ilmiy muammolari:
Hozirgi kunda texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga oid quyidagi ishlar olib borilmoqda va tadqiqotlar o’tkazilmoqda:
detal, qism, buyumlarni tayyorlash va yig’ish texnologik jarayonlarida sodir bo’luvchi qonuniyatlarni yanada chuqur o’rganib, ularni yangi progressiv texnologik jarayonlar yaratishda qo’llash;
buyumlarni yaratishda ilg’or yuqori unumdorlikka ega bo’lgan, rentabelli texnologik jarayonlarini tuzish bo’yicha tadqiqotlar olib borish;
yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarga yangi universal va RDB dastgohlarni hamda guruhli texnologik jarayonlarni joriy etish;
seriyali ishlab chiqarishga universal va RDBlar bilan bir qatorda ishlov beruvchi markazlar (IBM) va ko’p maqsadli dastgohlar (KMD), agregatli ko’pholatli dastgohlar va moslashuvchan tizimlarni hamda guruhli va modulli texnologik jarayonlarni joriy etish;
yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarga maxsus yarimavtomat va avtomatik liniyalarni, robotlashtirilgan liniya va texnologik komplekslarni (RTK), MAL, MAU, MATS va MAIChlarni joriy etish.
Darslikni yozishda rus va xorijiy tillarda nashr etilgan adabiyotlar hamda shu soha bo’yicha internet tizimidan olingan ma’lumotlar va materiallardan foydalanildi.
Bizga ma'lumki “Mashinasozlik texnologiyasi” fani ikki qismdan iborat. Mazkur qismi maxsus bo'lib, mashinasozlik ishlab chiqarishda tayyorlanuvchi maxsulotlarni-buyumlarni va ularning konkrat turlarini yig’ish, ularning detallarini tayyorlashni texnologik jarayonlarini tuzish va texnologik operatsiyalarni loyihalash, dastgoh va jihozlarni, moslama va asboblarni tanlash, operatsiyalarning unumdor variantlarini ishlab chiqish, samarador marshrutlarni yaratishishni o'rganib, amaliy va tajribaviy ko'nikmalarni hosil qilish vazifasini o'z ichiga oladi.
Bunday vazifalarni echish uchun mashinasozlikning tipoviy detallarini tasnifini bilish, bu tasnifga kiruvchi tipoviy detallarining ba'zi birlarini tayyorlash texnologik jarayonlari bilan tanishib chiqish zarur bo'ladi. Mazkur qismning maqsadi ham vazifalari ham talabalarni tipoviy detallarning texnologik jarayonlarni tuzilishi va operatsiyalar variantlari bilan tanishib va ularni o'rganib, o'zlari mustaqil ravishda progressiv texnologik jarayonlarning marshrutlarini tuzishni va unumdor operatsiyalarni loyihalarini yaratishni bilishi, samarador dastgoh, jihoz, moslama va asboblarni to'g’ri tanlash ko'nikmalarini hosil qilishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |