Mashinasozlikda tayyorlanuvchi detallarni tasnifi
1938 yillarga yaqin prof. A.P. Sokolovskiy texnologik jarayonlarni tiplashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bu g’oyaning asosiy maqsadi shu davrda mashinasozlik sohalari endi rivojlanib juda ham ko'p TJ yaratilishi zarur edi. Bu mashinalarning har bir detali uchun alohida texnologik jarayon (birnechta varianti bilan) ishlab chiqilishi lozim edi. Mashina detallari ko'p bo'lganligi sababli har bir mashinasozlik korxonasida minglab texnolog, muxandis va texnik xodimlar xizmat ko'rsatishlari kerak edi. Shu xizmatchilarning sonini kamaytirish to'g’risida bosh qotirishga to'g’ri kelgan va mashinasozlik texnologiyasi fanini yaratilish asoschilaridan biri prof. A.P. Sokolovskiy bo'lgan.
Texnologik jarayonlarni tiplashtirish, oldindan barcha mavjud bo'lgan shaklli detallarni tasniflashdan boshlangan va A.P. Sokolovskiyning taklifi bo'yicha tasniflashda detallarning nomi 15 ta sinfga birlashtirilgan: vallar, vtulkalar, disklar, ekstsentrikli detallar, krestovinalar, tirsaklar (richaglar), plitalar, shponkalar, ustunlar, burchakliklar, babkalar, tishli g’ildiraklar, shakldor quloqchalar, yurituvchi vintlar va chervyaklar, mayda mahkamlovchi detallarga.
Mashinasozlik zavodlarida xozirgacha shu tasnifni esga soluvchi uchastkalar va prolyotlar saqlanib qolgan. (Masalan; vallar, vtulkalar, tishli – g’ildiraklar, richaglar va hokazolar prolyoti).
Turli tasniflashlarni taklif etgan olimlar
Keyinchalik bu tasniflashni prof. F.S. Demyanyuk ko'p detallarda umumiy o'xshashliklari bo'lganligi sababli tasniflashni qayta ishlab chiqib, sinflar sonini kamaytirdi va quyidagi 7-sinfni taklif etdi: korpusli detallar, yumaloq o'zaklar (круглые стержни); g’ovak silindrlar; disklar; yumaloq emas o'zaklar (некруглые стержни); murakkab shaklli katta bo'lmagan detallar; mahkamlovchi detallar.
Davlat standartlari bo'yicha berilgan tasniflashlar to'g’risida qisqacha ma'lumot
Detallarning soni va nomi juda ham ko'p bo'lganligi tufayli bu tasniflashni yana bittaga oshirib, maxsus detallar sinfini qo'shib, 8-taga etkazildi, va bu Davlat standarti bilan mustahkamlandi. Mazkur tasniflashdagi har bir sinf o'z ichiga quyidagi detallarni oladi:
1. “Korpusli detallar” sinfiga barcha quyma va payvandli qutisimon detallar, shuningdek stanina, ustun, plita, burchaklik, qopqoq, kronshteyn, silindrlar bloki, ko'pshpindelli avtomatlar barabanlar tipidagi detallar kiradi.
2. “Yumaloq o'zaklar” sinfiga val, o'q, shtok, shtanga, quvir, shpindellar, quloqchali vallar, yurituvchi vintlar, val-shesternya tipidagi hamma detallar kiradi.
3. “g’ovak silindrlar” sinfiga turli-tuman shaklli vtulkalar, gilzalar, stakanlar, gidro-va pnevmo-apparaturalar silindrlari va hokazolar kiradi.
4. “Disklar” sinfiga shakli diskka o'xshaydigan barcha detallar, shuningdek shkivlar, maxoviklar, chambaraklar (фланцы), muftalar korpuslari, halqalar, tishli g’ildiraklar (silindrik, konuslik, chervyakli) va shularga o'xshashlar kiradi.
5. “Yumaloq emas o'zaklar” sinfiga ko'ndalang kesimi yumaloq bo'lmagan detallar (hamma ko'rinishdagi tirsaklar, krivoship mexanizmining shatunlari, to'sinlar, egri o'zaklar va boshqalar) kiradi.
6. “Murakkab shaklli kattamas detallar” kattamas shtamplangan va quyma holdagi turli shakldagi detallar (kattamas uzellar korpuslari, fasonli quloqchalar, troyniklar, shtutserlar, burchakliklar va hokazolar) kiradi.
7. “Mahkamlovchi detallar” sinfiga boltlar, gaykalar, shpilkalar, shtiftlar, shponkalar va hokazolar kiradi.
8. “Maxsus detallar” sinfiga murakkab shaklli (konfiguratsiyali-qiyofali) shunday detallar ichki yonuv dvigatellarining, kompressorlarning, presslarning tirsakli vallari, par va gaz trubinalarining lapatkalari, ichki yonuv dvigatellarining porshenlari va boshqa murakkab shaklli detallar kiradi.
S.A.Kartavovning «Mashinasozlik texnologiyasi» (maxsus qism)-darsligida barcha keltirilgan detallprni tayyorlash texnologik jarayonlari shu tasniflashga muvofiq bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |