Mahalliylashtirish dasturi doirasida 14 ta mahsulot turlari bo‘yicha 788 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va reja 109,7 foizga bajarildi (o‘sish 1,9 baravar).
2020 yilda import o‘rnini bosuvchi oboy, keramik plitka, keramik sanitar-texnika buyumlari, linoleum, bezakli oyna, betonlar va qurilish eritmalari uchun qo‘shimchalar va shu kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish ta’minlangan.
2018 yil bilan solishtiradigan bo‘lsak, mahalliylashtirilgan mahsulotlar hajmi 175,4 mlrd so‘mni tashkil etgan va buni hisobiga
21,3 mlndollarlik import hajmlari qisqarishiga erishilgan bo‘lsa, 2020 yil yakuni bilan 78,8 mln dollarlik import qisqarishiga erishildi.
Uyushma bo‘yicha 40 ta loyhalarga 311,8 million dollar (rejaga nisbatan 100,6 foiz), shundan 207 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari doirasida 1110 ta loyihalar bo‘yicha 13 trillion so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.
SHunga qaramasdan, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlarni etarli darajada tashkil qilmaganligi sababli ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgan.
Eng avvalo, ichki bozorni qurilish materiallari bilan to‘liq qoplash bo‘yicha ishlarimiz hali etarli darajada emas.
Xususan,o‘tgan yilda sementga bo‘lgan talab 14,5 mln tonnani tashkil etgan holda, o‘tgan yilda 12,5 mln tonna sement ishlab chiqarilib, talab 86 foizga ta’minlandi. Joriy yil yakunigacha 5,6 mln tonna sement ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlar ishga tushiriladi va 2022 yil 1 yanvar holatiga jami quvvatlar 25 mln tonnaga etkaziladi va sement bo‘yicha mavjud ichki talabni mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘liq qoplanishiga erishamiz.
Xuddi shunday, qurilish oynasiga bo‘lgan talab 69 foizga, keramik sanitar-texnika buyumlariga bo‘lgan talab 40 foizga, oboyga bo‘lgan talab 30 foizgata’minlandi. Buning oqibatida ichki bozordagi mavjud talabning bir qismi import hisobidan qoplandi.
Jumladan, o‘tgan yilda 468 mlndollar miqdorida 45 turdagi asosiy qurilish materiallari import qilindi.
(Ma’lumot uchun:2020 yilda sement – 130,9 mln dollarlik 2,5 mln tonna (jami importga nisbatan 28 foiz), oboy – 38,2 mln dollar (8,2 foiz), qurilish oynasi – 32,9 mln dollar (7 foiz),olovbardosh g‘isht– 28,4 mln dollar (6,1 foiz),tabiiy pardozbop toshlar (granit va marmar) – 22,9 mln dollar (4,9 foiz), PVXdan quvur va fitinglar–21,4 mln dollar (4,6 foiz), sanitar keramika–11,8 mln dollar (2,5 foiz)kabi qurilish materiallari import qilingan.
Keyingi yilda qurilish oynasi, keramik sanitar-texnik buyumlar,oboy kabi qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni ishga tushirish va mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni tashkil etish hamda mahsulotlarni mahalliylashtirish va korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarni yanada rivojlantirish orqali importni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.
YUqoridagi yo‘l qo‘ygan kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish orqali 2021 yilda quyidagi asosiy ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |