Ma’ruza №1 Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning asosiy prinsiplari



Download 57,78 Kb.
bet1/8
Sana10.11.2022
Hajmi57,78 Kb.
#863091
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma’ruza №1 Mavzu Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashn

MA’RUZA №1


Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning asosiy prinsiplari.




Mavzuni yoritish rejasi.

1. Qurilish materiallari va buyumlari fanining predmeti va vazifalari.


2. Qurilish materiallari, buyumlari va qurilmalari haqida tushunchalar.
3. Qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularning ahamiyati.
4. Qurilish materiallari va buyumlarining sinflarga bo‘linishi
5.Materiallarning tarkibi va tuzilishi, ularning material xossalariga ta’siri.


Tayanch iboralar:
Materiallar, buyumlar, konstruksiya, xomashyo, samaradorlik, ishlab chiqarish usullari, kimyoviy mineralogik, fazoviy tarkiblar, kristall va amorf materiallar.


Qurilish materiallari va buyumlari fanining predmeti va vazifalari
Hozirgi zamon me’morchiligida qurilishning material bazasini rivojlantirish katta axamiyatga ega. Qurilish materiallari va buyumlari yangi me’moriy shakillarni yaratishda, bino va kurilmalarni konstruktiv hal qilishda tengsiz ta’sir ko‘rsatadi.
«Qurilish materiallari va buyumlari» fani oldiga ko‘yilgan asosiy maqsad - yuqori ma’lakali, yuksak saviyali quruvchilar tayyorlash nuktai nazaridan kelib chiqqan. Bo‘lajak quruvchilar xozirgi zamon me’morchilik qurilish asoslarini yaxshi biladigan, ularga iqtisodiy va texnikaviy jihatdan qulay bo‘lgan ashyolarni tanlash, turar joy, jamoat binolari, kishloq xo‘jalik binolari va inshootlarini loyihalaganda, tarixiy obidalarni qayta ta’mirlashda eng qulay, arzon, sifatli va ko‘rkam material va buyumlarni tavsiya qila oladigan bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari quruvchilar konstruktiv va pardozbop buyumlar ishlab chiqarish asoslarini, ularning tarkibi, tuzilishi va xossalarini kerakli xajmda bilishlari, yangi yaratilayotgan loyihalari uchun kerakli ashyo-buyumlarni oldindan aniqlab, buyurtmalar tuzishlari kerak.
SHunday qilib “Qurilish materiallari va buyumlari” fanining asosiy vazifasi - bo‘lajak quruvchilarni qurilish ashyo-buyumlarining namenklaturasi, xossalari, ishlatish sohalari to‘g‘risida har tomonlama chuqur bilimlar bilan qurollantirish, hozirgi zamon me’morchiligi va uning moddiy-texnik bazasi o‘rtasidagi muammolarni to‘g‘ri hal qilish yo‘llarini o‘rgatishdir.
“Qurilish materiallari va buyumlari” fani qurilish materiallarining tuzilishi, xossalarini, ularni texnik iqtisodiy va estetik jixatdan to‘g‘ri ishlatish sohalarini o‘rgatadi. “Qurilish materiallari va buyumlari fan”ini o‘rganishni boshlagan bo‘lajak quruvchilar eng avvalo hozirgi zamon qurilishi va me’morchilik ijodiyotida qurilish materiallarining roli naqadar yuksak ekanligini anglashlari lozim, chunki qurilish materiallarisiz har qanday, hattoki eng yaxshi loyiha ham faqatgina qog‘ozdagi tasvir bo‘lib qoladi!
Hozirgi zamon qurilish materiallari va buyumlari to‘g‘risidagi bilimlar va muxandislik san’ati bilan qurollangan quruvchi - bu faqatgina murakkab ijodiy vazifalarni hal qila biladigan me’morgina emas, balki o‘zini loyihasini amaliyotda, hayotga to‘la tatbiq qilib biladigan mutaxassisdir.



Download 57,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish