Ma’ruza №1 Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashning asosiy prinsiplari


Qurilish materiallari va buyumlarilarining sinflanishi



Download 57,78 Kb.
bet3/8
Sana10.11.2022
Hajmi57,78 Kb.
#863091
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma’ruza №1 Mavzu Qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashn

Qurilish materiallari va buyumlarilarining sinflanishi.
Qurilish materiallari va buyumlarilari ishlatilishiga ko‘ra, xom ashyoni turiga ko‘ra va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra sinflarga bo‘linadi.
Ishlatilishiga ko‘ra materillar shartli ravishda 2 guruhga bo‘linadi: konstruksion materillar va maxsus materiallar.
1. Konstruksion materiallar asosan binoning yuk ko‘taradigan qismlarida ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1) Tabiiy tosh materiallar. 2) Bog‘lovchilar, 3) Sunniy tosh materiallar (betonlar, korishmalar, sopol materiallar, shisha). 4) Metallar (po‘lat, cho‘yan, alyuminiy va x.o.) 5) Polimerlar 6) YOg‘och materiallar 7) Kompozitsion materiallar (asbestotsement, betonopolimer, stekloplastik i dr.)
2. Maxsus materiallar - bular konstruksiyalarni har xil ta’sirlardan himoya qilish uchun, ishlatish qobiliyatlarini yaxshilash va qulayliklar yaratish uchun ishlatiladi. Bularga quyidagilar kiradi: 1) Issiqlik izoliyasiyasi materiallari. 2) akustik materiallar. 3) tombop va gidroizoliyasion materiallar. 4) Pardozbop materiallar. 5) Korroziyaga chidamli. 6) O‘tga chidamli materiallar.
Har bir material bir necha xossaga ega bo‘lib, material tanlashda shu xossalar hisobga olinishi kerak. Materialning texnikaviy xossalarini 4 guruhga bo‘lish mumkin fizik, mexanik, ximiyaviy va texnologik xossalari.


Materialning tarkibi va tuzilishi, ularning material xossalarigi ta’siri.
Materil xossalari uning tuzilishi va tarkibiga bog‘liq. O‘z navbatida materilning tuzilishi uning kelib chiqishiga (tabiy materiallarga) va ishlab chiqarish usullariga (sun’iy materiallar uchun) bog‘liq.
SHuning uchun material tanlaganda bu bog‘lanishlarni hisobga olish shart.
Qurilish materiallari o‘zlarining ximiyaviy, mineralogik va fazoviy tarkiblari bilan xarakaterlanadilar.
Ximiyaviy tarkibiga ko‘ra materiallar :
1) Organik (yog‘och, bitum, plastmassalar)
2) Anorganik (beton, sement, g‘isht, toshlar)
3) Metallar (po‘lat, cho‘yan, alyuminiy)
Har bir gruppa materiallari ma’lum xossaga ega bo‘lib, bu xossalarni kimyoviy tarkibiga ko‘ra oldindan aniqlash mumkin.
Minerallarning kimyoviy tarkibi undagi oksidlar miqdori bilan ifodalanadi. Oksidlar o‘zaro birikib minerallar hosil qiladi. Va bular esa materialning mineralogik tarkibini xarakterlaydi.
Material tarkibidagi minerallar miqdorini bilib, ularning xossalari haqida xulosa qilish mumkin. (M: bog‘lovchi materiallarning qotishi, qotish davomiyligi va mustahkamligini saqlashi ulardagi kalsiyli silikatlar, alyuminatlar, ferritlar miqdoriga bog‘liq.) Materialning fazoviy tarkibi qattiq materialdan (material «karkasi»), g‘ovaklardan va suvdan iborat.
Materialning xossalariga uning makro va mikrostrukturasi hamda uning ichki tuzilishi ham ta’sir qiladi. Materialning ichki tuzilishini rentgen, elektron mikroskoplar va x. o.usullar bilan aniqlanadi.
Ko‘pincha materialning xossalari undagi g‘ovaklarning mikdoriga, turiga va katta kichikligiga bog‘liq.
Materialning xossalari uni tashkil qilgan moda zarralarining tuzilishi va o‘lchamlariga ham bog‘liq. Bu ko‘rsatgichlariga ko‘ra materiallar donali, yacheykali (ko‘p g‘ovakli) tolali va qavatli turlarga bo‘linadi.
Atom va molekulalarning o‘zaro joylashishiga kura materiallar kristall va amorf bo‘ladi. Kristall materiallar ma’lum erish temperaturasiga ega, amorf materiallar esa qizdirganda yumshab suyuq holga o‘tadi. Kristall materiallarning mustahkamligi amorf materiallarga nisbatan kattaroq.
SHunday qilib, materilnipg xossalari uning tarkibi va tuzilishiga bog‘liq bo‘lib, material tanlashda bularni hisobga olish kerak.



Download 57,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish