MA’ruza №1 mavzu: informatika fanining mazmuni, predmeti, asosiy masalalari va yo’nalishlari reja



Download 0,86 Mb.
bet1/2
Sana13.10.2019
Hajmi0,86 Mb.
#23475
  1   2
Bog'liq
Маъруза матни

MA’RUZA №1

MAVZU: INFORMATIKA FANINING MAZMUNI, PREDMETI, ASOSIY MASALALARI VA YO’NALISHLARI
REJA:

  1. Kirish

  2. Informatika fanining predmeti.

  3. Informatika fanining asosiy masalalari.

  4. Informatika fanining asosiy yo’nalishlari.


Adabiyotlar:

1. CT.Fundamentals of Information Systems.Ralph Stair, George Reynolds. 2012.

2. Learn Office 2011 for Mac OS X Copyright © 2010 by Guy Hart-Davis

3. IT Essentials: PC Hardware and Software Companion Guide Third Edition David Anfinson • Ken Quamme Copyright© 2008 Cisco Systems, Inc

4. Katherine Murray. First Look 2007 Microsoft OFFICE System. -Washington, 2012.

5. Computer networks / Andrew S. Tanenbaum, David J. Wetherall. -- 5th ed. -Boston, 2011.



6. Pushkar O., Sibilyev K. Information systems and technologies. Textbook -XapKiB:Вид. ХНЕУ, 2012. -264 p.

7. Aripov M.M., Muhammadiev J.O’. Informatika, informastion texnologiyalar: OO’Yu talabalari uchun darslik. -T.: Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasining bosmaxonasi, 2004.-276 b.

8. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik listey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. -T.: “O’qituvchi”, 2002 y. - 256 b.

9. R.X.Alimov , G.T.Yulchiyeva , O.G.Rixsimboyev, Sh.A.Alishov. Axborot texnologiyasi va tizimlari (talabalar uchun darslik). -Toshkent, 2011.

8. O.O.Hoshimov, M.M.Tulyaganov. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar (Talabalar uchun darslik). -Toshkent, 2009.

9. R.X.Ayupov. Excel jadval hisobligichida iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechish. -Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012.

10. Radjabov B.SH., Samigova G.A., Masharipov M.R. Microsoft OFFICE 2010. Uslubiy qo’llanma О‘zDSMI. -T., 2015.

Insoniyat o’z tarixi davomida 5 ta axborot revolyutsiyasini boshidan kechirgan:



  1. Nutq paydo bo’lganda;

  2. Yozuv kashf etilganda;

  3. Kitob nashr qilish boshlanganda;

  4. Telegraf va telefon kashf etilganda;

  5. Kompyuterlar ixtiro qilinganda.

Har bir revolyutsiya jarayonida yangi axborot texnologiyalari paydo bo’lib, ular saqlanuvchi va uzatiluvchi axborot hajmini ortishiga xizmat ko’rsatgan.

XXI asrga kelib axborotning tarqalish tezligi va xajmi chegaralab bo’lmas darajada oshib ketdi. Shuningdek inson mehnatining ko’proq qismi moddiy ne’matlar ishlab chiqishga emas, balki axborotni qayta ishlashga qaratildi. Axborot qiymati foydali qazilmalar va boshqa moddiy ne’matlar qiymatidan oshib, jamiyat industrial jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o’ta boshladi. Hozirda jamiyatning barcha sohalarida axborot - zaruriy va qimmat baho hom-ashyo sifatida ishlatilmoqda. Axborotlarni qayta ishlash texnika va texnologiyalarini yaratuvchi fan – “Informatika” fani vujudga keldi.

“Informatika” so`zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. "Informatika" ("Informatique") atamasi frantsuzcha "Information" (informatsiya) va "Automatique" (avtomatika) so`zlaridan kelib chiqqan bo`lib, fanga 20 asrning 60 yillarida Frantsiyada kiritilgan. Osha inglizcha so’zlashuvchi davlatlarda “Computer Science” atamasi ishlatilgan edi. Hozirda bu ikki atama bir biriga sinonim tarzda ishlatiladi.

Informatika - bu ma`lumotlarning umumiy hossalarini, strukturasini, ma`lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ifodalash, uzatish va inson faoliyatining har xil sohalarida qo`llashning usullarini, qonuniyatlarini va vositalarini o`rganuvchi texnik fan hisolanadi.

1978 yili Halqaro ilmiy kongress tomonidan "Informatika" tushinchasi ostida ma`lumotlarni qayta ishlash tizimlari (komp'yuterlar va ularning texnik-dasturiy ta`minoti) ni ishlab chiqish, yaratish, foydalanish va moddiy-texnik xizmat ko`rsatish, shu bilan birga inson faoliyatining barcha sohalarini komp'yuterlashtirishning tashkiliy, tijoriy, adminstrativ va sotsial-siyosiy aspektlari kabilarni tushinish kerakligi rasman e`lon qilindi.

Umumiy qilib aytganda “Informatika” fani - bu:



  • ma`lumotlarni qayta ishlashning texnik qurilmalarini;

  • ma`lumotlarni hosil qilish, saqlash, qidirish, qayta ishlash, uzatish va undan foydalanishning usul va uslublarini;

  • ma`lumotlarni bir formadan boshqa formaga o`tkazish usul va uslublarini;

  • ma`lumotlarni strukturasini va hossalarini o`rganuvchi va ularni tizimlashtiruvchi komplekslashgan ilmiy-texnik fan hisoblanadi.

Shunday qilib, “Informatika” – bu fan sifatida o`zining rivojlanish yo`lida komp'yuter texnikasiga tayanuvchi, qo`llanish sohasi juda keng bo`lgan ilmiy-texnik fan qisoblanadi.

Informatika fanining predmeti bo`lib quyidagilar xizmat qiladi:



  • hisoblash texnikasi vositalarining apparat ta`minoti;

  • hisoblash tehnikasi vositalarining dasturiy ta`minoti;

  • apparat va dasturiy ta`minotni o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasi;

  • insonni bilan apparat va dasturiy ta`minotni o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasi.

Informatika fanida o`zaro ta`sir ko’rsatish vositasini “interfeys” deb atalish qabul qilingan. SHunga ko`ra komp'yuterning turli texnik qismlari orasidagi o`zaro ta`sirlashuvni amalga oshiruvchi vosita - apparat interfeysi, dasturlar orasidagi ta`sirlashuvni amalga oshiruvchi vosita esa - dasturiy interfeys, foydalanuvchi bilan apparat va dasturiy ta’minot orasidagi ta`sirlashish vositasi - foydalanuvchi interfeysi deyiladi.

Informatika fanining asosiy masalasi - bu hisoblash texnikasining apparat va dasturiy ta`minoti bilan ishlashni usul va uslublarini tizimlashtirishdan iborat. Tizimlashtirishdan asosiy maqsad shundaki, berilganlar bilan ishlashning eng samarali texnologiyalarini ajratish, qo`llash va ularni rivojlantirish, hamda yangi ilmiy texnologik izlanishlar olib borishning usullarini yaratishdir [1, 9 p].



Informatika – ilmiy-texnik fan bo’lishi bilan birga, amaliy fan hamdir. Shuning uchun uning yutuqlari avval amalda tekshirib ko’riladi. Agar tekshiruvda samaradorlikni oshirish kriteriysiga javob bersa amaliyotga tadbiq etiladi. Hozirgi davrda informatikaning asosiy masalasi tarkibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

  1. Hisoblash tizimlarining arxitekturasi - bunda berilganlarni avtomatik tarzda qayta ishlovchi tizimlar yaratishning usul va uslublari.

  2. Hisoblash tizimlarining interfeysi - bunda apparat va dasturiy ta`minotni boshqarishning usul va uslublarini yaratish masalalari qaraladi;

  3. Dasturlash - bunda har xil masalalarni echishga qaratilagn amaliy dasturlar ishlab chiqarish masalalari qaraladi;

  4. Berilganlarni qayta ifodalash - bunda berilganlarni strukturasini o`zgartirish va moslashtirish masalalari qaraladi;

  5. Ma`lumotlarni qimoyalash - bunda berilganlarni har xil ichki va tashqi ta`sirlardan himoyalashning usul va uslublari ishlab chiqish va ularni umumlashtirish masalalari qaraladi.

  6. Avtomatlashtirish - bunda dasturiy va apparat qismlarni o`zaro ta`sirlashuvini inson ishtirokisiz amalga oshirish masalalari qaraladi.

  7. Standartlashtirish - bunda berilganlarni qar xil hisoblash texnikalarining dasturiy va apparat ta`minotiga mosliklarini yaratish masalalari qaraladi.

Informatika fanining asosiy yo`nalishlari esa quyidagilardan iborat:

  1. Hisoblash mashinalari va ularning dasturiy ta`minotini yaratish;

  2. Ma`lumotlar nazariyasi. Bu yo`nalishda asosan ma`lumotlarni saqlash, qayta ifodalash, uzatish va qabul qilishning usul va vositalari o`rganiladi;

  3. Sun`iy intellekt (aql). Bu yo`nalishda ma`lum bir aql zakovat bilan echiladigan masalalarni (masalan bemorni kasalini aniqlash va uni davolash masalasi, mantiqiy xulosa, o`qitish, nutqni tushinish va unga ko`ra ish bajarish, komp'yuter o`yinlar va hakazo) komp'yuterda echish masalalari, ularning texnik va dasturiy ta`minotlari o`rganiladi;

  4. Tizimli tahlil. Bu yo`nalishda loyixalashtirilayotgan tizim tahlil qilinadi va uni qayerlarda ishlatish, qanday talablarga javob berishi aniqlanadi;

  5. Komp'yuter grafikasi, animatsiya, multimedia vositalari;

  6. Kommunikatsiya vositalari, shu bilan birga butun dunyodagi insonyatni yagona axborot jamiyatiga birlashtiruvchi - global komp'yuter tarmoqi ;

  7. Xar hil sohalarga, masalan fan, ta`lim, meditsina, savdo, qishloq xo`jaligi va boshqa turdagi xo`jalik va jamiyat ish yuritish faoliyatiga tegishli ishlarni bajaruvchi amaliy va tizimli dasturlar yaratish [1, 25 p].

Odatda informatikani ikkita katta tarmoqdan tashkil topgan deyiladi:

  1. Texnik vositalar;

  2. Dasturiy vositalar.

Texnik vositalar, ya`ni komp'yuterniy apparat qurilmalari inglizchada "Hardware" so`zi bilan ifodalanadi va u aslida "qattiq buyum" ma`nosini anglatadi. Dasturiy vosatalarni esa inglizchada "Software" so`zi bilan ifodalanadi va uning asl ma`nosi "yumshoq buyum" degani. Fanda "Software" so`zi ostida komp'yuterlarning dasturiy ta`minoti tushiniladi.

Dasturiy ta`minot - bu komp'yuterda ishlatiladigan barcha dasturlar to`plamidir.

Informatikaning bu ikki umum qabul qilingan tarmog’i qatoriga yana bir tarmoqni, ya`ni "algoritmik vositalar" nomli tarmoqni qo`shishni Rossiyalik akademik Anatoliy Alekseyevich Dorodnitsin taklif qiladi va uni inglizchasiga "Brainware" (brain - intellekt, aql ma`nosini bildiradi) deb atash qabul qilinadi. Bu masalarlarni echishning algoritmlarini ishlab chiqish va uni qurishning usul va uslublarini o`rganadigan muqim tarmoq qisoblanadi.

Algoritm - bu berilgan masalani to`g’ri echimga olib keladigan, ma`lum qoida asosida berilgan amallarning chekli ketma-ketligidir. Algoritm masalani echish uchun avvaldan berilgan aniq va tushinarli ko`rsatma bo`lib, chekli amallar ketma ketligidan tashkil topadi. Masalalarni algoritmini tuzib olmasdan turib ularga dastur tuzish mumkin emas.

Jamiyat rivojida informatika fanining o`rni aloqida muqimdir. U bilan ma`lumotlarni to`plash, uzatish va qayta ishlash revolyutsiyasining boshlanishi bog’langan. Bu revolyutsiya ortidan esa modda va energiya egallash revolyutsiyasi amalga oshirildi. Bu o`z navbatida jamityat moddiy va manaviy ne`matlarini yaratishda katta imkoniyatlarni ochib berdi.

Komp'yuter texnikasi ishlab chiqishning o`sishi, informatsion tarmoqlarning rivojlanishi va yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi fan, ishlab chiqarish, ta`lim, meditsina va boshqa shunga o`xshash bir qancha sohalarning rivojlanishida birlamchi omil bo`lib hizmat qildi va qilmoqda.


Nazorat savollari:

  1. Qanday axborot revolyutsiyalarini bilasiz?

  2. Informatika atamasini izoxlang.

  3. Informatika fani qanday fan?

  4. Informatika fanining predmeti bo’lib nimalar xizmat qiladi?

  5. Informatika fanining asosiy masalalarini aytib bering.

  6. Informatika fanining asosiy yo’nalaishlarini aytib bering.

  7. Informatika fanining qanday tarmoqlarini bilasiz?

Xorij adabiyoti






Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish