4. Markazlash
Val turidagi detallarda markaziy teshiklar bir qator operatsiyalar: yo`nish, rezg`ba
yo`nish, jilvirlash, shlitsalar kesish va boshqalar, hamda tayyorlanadigan detallarni to`g`rilash
va tekshirishda baza bo`lib xizmat qiladi (1.4-rasm).
1.4.- rasm.Teshiklarni markazlash
Zagatovkalarni markazlash vertikal va gorizontal - parmalash, tokarlik va revolg`verli
stanoklarda, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishda maxsus
bir va ikki tomonlama
markazlovchi stanoklarda, hamda frezerli-markazlovchi stanoklarda amalga oshiriladi.
Zagatovkalarni markazlash ikkita asbob yordamida amalga oshiriladi: kichik diametrli
silindrik parmalashda spiralli parma va konussimon sirt hosil qilish uchun zenkovka yordamida
(1.5-rasm, a) amalga oshiriladi.
Zagatovkalarni
markazlash
ko`pgina
hollarda
maxsus
kombinatsiyalashgan
markazlovchi parmalar yordamida amalga oshiriladi (1.5-rasm,b,v).
1.5. – rasm. Markazlash va markazlovchi parmalar
Markazlasht sxemalari 1.6–rasmda ko`rsatilgan. Frezerli-markazlovchi stanoklarda
(1.6.-rasm,a) avval zagatovkani tores sirtlarida bir paytda ikkla tomonidan frezalanadi, shundan
so`ng teshiklar kombinirlashgan markazlovchi parma yordamida teshiladi.
Hozirgi paytda (1.6-rasm,b) maxsus asbob kallagida
standart kombinirlashgan
markazlovchi parma bilan birgalikda o`rnatilgan bir yoki ikkita keng qattiq qotishmali keskich
yordamida zagatovkaning toreslariga ishlov berish va markazlashtirish usuli ko`plab
qo`llanilmoqda.
1.6 - rasm. Markazlash sxemalari
Kallak tutib turgich 1, kesuvchi keskichni 8 va faska keskichni 6, sozlovchi va
mahkamlovchi 7 va 10 vintlardan tashkil topgan. Standart markazlovchi parma 9
almashinuvchi vtulka 5 ga o`rnatilgan va vint 12
yordamida mahkamlangan, vtulka tutib
turgich 1 ga vint 11 yordamida mahkamlanadi. Markazlovchi parmaning keskichlariga
nisbatan joylashishini latun tiqin 3 orqali vint 2 yordamida sozlanadi.
Qirquvchi keskich qattiq qotishmali plastinka bilan jihozlanganligi, markazlovchi freza
tezkesar po`latdan tayyorlanganligi uchun kallakning bir xil aylanishlar sonida ishlov berish
diametrlari farqiga qaramasdan asboblar kesishning optimal tezligiga yaqin tezlikda ishlaydi.
Tokarlik dasgohida ishlashda (1.6-rasm,v) asbob kallagi 1
stanok shpindeliga
o`rnatiladi va aylanma xarakatlanadi. Zagatovka 2 dastaki yoki pnevmatik xarakatlanadigan,
support karetkasiga o`rnatilgan va tayyanch 5 gacha ilgarilanma xarakat qiladigan,
mahkamlovchi, o`zi markazlovchi moslamaga mahkamlanadi. Zagatovkani uzunligi buyicha
o`rnatish uchun sozlanadigan tayanch 4 ishlatiladi.
Tokarlik stanokida boshqacha variantda ishlov berining ham imkoni mavjud (1.6-rasm,
g). Bunday holda Zagatovka 3 shpindel teshigidagi tayanchgacha 4 tirab o`rnatiladi, o`zi
markazlovchi patronda mahkamlanadi va aylanma xarakat oladi. Asbob kallagi 2 stanokning
keskich tutgichida 1 maxsus tutgich yordamida maxkamlanadi. Bunday ishni gorizontal-
frezalash stanokida ham amalga oshirilishi mumkin (1.6-rasm, d).
Barcha uchta sxemalarda
avval birinchi toresga, keyin zagatovkani aylantirib olib
ikkinchi toreyga ishlov beriladi.
Yuqori aniqlikga va erishish nuqtai nazaridan eng yaxshi variant soda konstruktsiyali
agregat tipidagi ikki tomonlama maxsus stanokda ishlov erish hisoblanadi (1.6-rasm,e).
Bunday stanok frezerli-markazlovchi stanokga(1.6-rasm,a) nisbatan to`rtta shpindel o`rniga
ikkita shpindelga ega va tayyorama uchun gorizontal surish talab etilmaydi.
Toreslarni frezalashda asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
[min]
n
z
z
к
а
a
Z
S
l
l
l
м
S
L
t
bu erda L- frezalashning umumiy uzunligi, mm, l
a
- Zagatovkaning frezalanadigan
diametri, mm, l
k
-kesib olish kattaligi(2-5 mm); l
z
-kesib chiqish kattaligi(2-3 mm); S
m
- surish,
mm/min; S
z
-frezaning
bitta tishiga surish,mm; Z-freza tishlarini soni; h-frezaning minutiga
aylanishlar soni.
Markaziy teshiklarni parmalashda asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
[мин]
n
S
l
l
n
S
L
t
к
т
a
bu erda L - parmalashning umumiy uzunligi, mm; l
t
- markaziy teshikning uzunligi, mm; l
k
-
teshikkacha parma bilan oradagi masofa, mm.
Nazorat savollari
1.
Chiviqlar qanday tayyorlov operatsiyalaridan o`tadiq
2.
Chiviqni to`g`rilash jarayoni qanday amalga oshiriladiq
3.
Chiviqni to`g`rilash uchun asosiy vaqt
qanday aniqlanadiq
4.
Chiviq qanday qilib yo`niladiq
5.
Yo`nish
vaqti qanday aniqlanadiq
6.
Zagatovkalar qanday usullarda qirqiladiq
7.
Val tipidagi detallar qanday markazlashtiriladiq
8.
Markaz teshiklarining asosiy turlarini sanab bering.
9.
Markazlashtirishda asosiy vaqt qanday aniqlanadiq