Ma’ruza – 3 Mavzu: Konstruktsion materiallar


-rasm. Domna pechining umumiy ko‘rinishi



Download 91,55 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi91,55 Kb.
#952159
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ma’ruza – 3 Mavzu Konstruktsion materiallar

1.2-rasm. Domna pechining umumiy ko‘rinishi.
1-koloshnik; 2- yuklash apparati; 3- trubalar; 4- shaxta; 5- raspar; 6- zaplechik; 7-o‘txona; 8- furma; 9- cho‘yan chiqish novi; 10- shlak chiqish novi; 11- temir ustun.

Domna pechining devori qalinligi 20-40 mm li po‘lat listdan payvandlash (svarka) usuli bilan tayyorlanadi va ichki qismi o‘tga chidamli shamot g‘isht bilan terilib qoplanadi va ichki sirti o‘tga chidamli gil bilan suvaladi. Pech balandligining 3/4 qismiga ichida sovuq suv aylanib turuvchi sovitgich trubalar o‘rnatish orqali o‘tga chidamli g‘isht qoplamasining xizmat davri uzaytiriladi. Amalda domna pechi 5÷10 yil davomida uzluksiz ishlaydi. Ruda, koks va flyus aralashmasi-shixtani pechga porsiyalab bir me’yorda yuklash apparati 2 o‘rnatilgan, uning yuqori qismi 1 «koloshnik» deb ataladi. YUklash apparati pechda xosil bo‘lgan gazlarni tashqariga chiqishiga va tashqi xavoni pech ichiga kirishiga qarshilik qiluvchi katta va kichik konuslarga ega. Ish davrida xosil bo‘lgan gazlar koloshnikning trubalari 3 orqali tozalash apparatiga yuboriladi.

Pechning kesik konussimon eng katta qismi 4 «shaxta» deb ataladi. Pech shaxtasining pastki qismi «zaplechik» deb ataluvchi silindrsimon qism 5 bilan tutashadi. U o‘z novbatida o‘txona deb ataluvchi silindr shaklli qism 7 bilan tutushadi. Uning tubi «leshchad» grafit bloklar yoki yuqori sifatli shamot g‘ishtlari bilan ximoyalanadi. Pechning tubi metall xalqali taglik plitaga, u esa beton poydevorga o‘rnatilgan temir ustunlar 11 ga maxkamlanadi. Hozirgi zamon domna pechlari kompyuterlashgan, avtomatlashgan boshqaruvga ega murukkab agregat xisoblanadi. O‘rta xisobda 1 tonna cho‘yan olish uchun 2035 kg temir rudasi, 146 kg marganets rudasi, 971 kg koks, 598 kg oxaktosh, 3575 kg xavo sarf bo‘ladi. Bunda 755 kg shlak, 5217 kg domna gazi va 348 kg koloshnik changi ajraladi.
Domna pechining ishlash prinsipi. Sifatli tayyorlangan shixta yuklash apparati orqali porsiyalab pechga bir meyorda berilib turadi. Koksni yaxshi yonishini ta’minlash uchun isitish apparatida 800-9000S gacha isitilgan xavo pech o‘txonasining yuqori qismida aylana bo‘ylab o‘rnatilgan birnecha teshigi bor uskunalar (furmalar) orqali 0,25 MPa bosim bilan beriladi. Koks yonishi natijasida pechda talab qilingan xarorat ta’minlanadi. Pech tubida suyuq cho‘yan, uning ustida shlak qatlami to‘planadi. Suyuq chuyan xar 2-4 soatda chiqish novi 9 orqali, shlak esa xar 1-1.5 soatda chiqarish novi 10 orqali kovshlarga chiqarib turiladi. CHiqarilgan suyuq cho‘yan formalarga quyulib, kerakli shakldagi detal maxsulotlar olinadi. CHo‘yan va shlak chiqarish teshiklari o‘tga chidamli tiqinlar bilan berkitiladi va chiqarish vaqtida burg‘alash mashinasi yordamida 50-60 mm li teshik ochiladi.
Pechda kechadigan asosiy jarayonlar: Pechga berilayotgan 800-9000S gacha qizdirilgan xavo kislorodi xisobiga koks yonadi: S+O2 = SO2 + Q (ajralgan issiqlik miqdori). Ajralgan issiqlik xisobiga xavo berilayotgan nuqta atrofida xarorat 1100-20000S gacha ko‘tariladi. Hosil bo‘lgan SO2 gazi cho‘g‘langan koks qatlamidan o‘tadi va uglerod (II) oksidga aylanadi: SO2 + S = 2SO - Q (issiqlik yutiladi). Bu reaksiyalar bilan bir qotorda cho‘g‘langan koks xavo tarkibidagi suv bug‘laridan vodorodni xam qaytaradi: N2O +S= SO2 + N2 – Q.
Hosil bo‘lgan uglerod (II) oksidi, qattiq uglerod va qisman vodorod xisobiga temir oksidlaridan temir qaytariladi:
Fe2O3 +CO = 2 Fe3O4 +CO2 + Q
Fe3O4 + CO= 3 FeO +CO2 + Q
FeO+CO = Fe+ CO2 + Q
FeO+Cq= Fe+ CO – Q
Qaytarilgan temir uglerod (II) oksidi va uglerod bilan reakiyagakirishib, temir karbidini xosil qiladi:
3Fe+2CO=Fe3C+CO2
3Fe+C= Fe3C
Hosil bo‘lgan temir karbidi g‘alvirak temirda erib temirning ugle-rodli qotishmasini qosil qiladi. Sof temirning suyulish xarorati 15390S bo‘lsa, uning uglerodli qotishmasida uglerodning ortib borishi bilan, qotishmaning suyulish xarorati pasayib boraveradi. Masalan, qotishmadagi uglerod miqdori 1,8-2,0% ga etganda u 1150-12000S da suyuladi. Bu tarkibdagi suyulma cho‘g‘langan koksdan pastga o‘tib borishida yanada uglerodga to‘yinib boraveradi va pech o‘txonasiga etganda qotishma tarkibidagi uglerod miqdori 3,5-4,0% ni tashkil qiladi.
YUqorida keltirilgan asosiy reaksiyalardan tashqari shixta tarkibidagi fosforli tuzlardan fosfor qaytarilib cho‘yan tarkibiga o‘tadi. SHixtaga oltingugurt, koks va temir rudalarida mavjud FeS2, FeS, CaSO4, CaS birikmalari ko‘rinishida o‘tadi. CHo‘yan olish jara-yonida oltingugurtning 10-60 foizi SO4, H2S gazlar tarzida pechdan chiqib ketadi. Ammo bir qismi cho‘yanda FeS va shlakda CaS shaklida qoladi. YUqori sifatli cho‘yan olish uchun undagi oltirgugurt va fosfor miqdorini imkon qadar kamaytirish lozim. Buning uchun shixtani oxaktosh bilan boyitish lozim. Oxaktosh (CaSO3 ) 9000 S xaroratda CaO va SO2 ga parchalanadi. CaO pechda shixta tarkibidagi SiO2, AI2O3, va boshqa qo‘shimchalarni biriktirib 1150-12000 S da suyulgan shlak xosil qiladi. SHlak suyultmasi pech o‘txonasi tomon oqish davomida koks kulini, qaytarilmay qolgan oksidlar, qo‘shim-chalarni o‘zida eritadi.
Domna pechida olinadigan cho‘yanlar tarkibiga qarab oq, quyma va legirlangan cho‘yan turlariga ajratiladi. Olinadigan cho‘yanlarning 80-90% ni po‘latga aylantiriladigan oq cho‘yan tashkil qiladi. Ularni tarkibida uglerodning ko‘p qismi temir karbidi (Fe3S) shaklida, qolgani grafit ko‘rinishida bo‘lganligi tufayli mo‘rt va qattiq bo‘ladilar. Aksincha quyma cho‘yan tarkibidagi uglerodning ko‘p qismi grafit ko‘rinishida bo‘ladi. Ularni kulrang cho‘yanlar deb xam yuriti-ladi. Ular yuqori mustaxkamlikka, kam kirishuvchanlikka ega bo‘lgan-liklari uchun ulardan jixozlarning gardishlari va murakkab shaklga ega bo‘lgan mashina detallari quyiladi. Bunday cho‘yan markalari SCH 12-28 va SCH 15-32 dan kichik va o‘rta miqdordagi kuchlar ta’sirida ishlovchi mashina gardishlari, ramalari va kronshteynlari tayyorlanishi ma’lum. SCH 15-32 va SCH 18-36 markali cho‘yanlar esa o‘rtachi miqdordagi kuchlar ta’sirida, ishqalanish, bosim va egilish duformatsiyasi ta’sirida ishlovchi mashina detallarini tayyorlashga tavsiya etiladi. SCH 21-40 markali cho‘yandan esa tishli g‘ildiraklar tayyorlanadi. Tarkibida qimmatbaxo elementlar bo‘lgan cho‘yanlar legirlangan cho‘yanlar deyiladi.

Rangli metall qotishmalari


Temir qotishmalari cho‘yan va po‘lat mexanik xossalarining yuqoriligi, ishlov berishning mavjud usullaridan foydalanib mashina detallarini xamma turlarini olish mumkinligi tufayli mashinsozlikda asosiy konstruksion materiallar xisoblanadilar. Ammo yuqorida ta’kidlanganidek ularni korroziyaga beriluvchanligi, zichligining yuqoriligi ba’zi ma’sul sharoitda ishlovchi detallarni tayyorlash imkonini bermaydi. Bunday sharoitda narxining yuqori-liga qaramay rangli metallar va ularning qotishmalari ishlatiladi. Pardozlash jixozlarida keng qo‘llanadigan qotishmalardan biri bu latun xisoblanadi. Latun - misning ruxli qotishmasi bo‘lib, unda rux miqdori 39% atrofida bo‘lganda u puxta, plastik va korroziyaga bardoshli bo‘ladi. Ammo, qotishma tarkibida rux miqdori 43% gacha oshganda latunning mexanik xossalari yanada yaxshilanadi, shuning uchun texnikada bunday tarkibli latundan keng foydalaniladi. Masalan undan trubalar, simlar, vtulkalar, vintlar, gaykalar, podshipniklar va boshqa mashina detallari tayyorlanadi. Latun markalariga misollar: L 90 - L xarfi latunligini ko‘rsatsa, 90 soni esa qotishma tarkibida 90% mis va qolgani rux ekanligini bildiradi; LAJ 6 - tarkibida 60% mis, 1% alyuminiy, 1% temir bor va qolgan 38% ni rux tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, latun tarkibiga misdan, ruxdan boshqa elementlar jumladan alyuminiy, temir, marganets, kremniy, qalay va boshqa elementlar kiritilishi mumkin. Bunday latunlar legirlangan deyiladi va latun markasida legirlovchi elementlar rus tilidagi nomining bosh xarfi bilan belgilanadi.
Misning yana bir muxim qotishmasi bronzadir. Bronza - misning qalay bilan qotishmasi bo‘lib, uning tarkibidagi qalay elementining miqdori 8-9% dan ortishi bilan bronzaning qattiqligi va mo‘rtligi ortadi. Qalayni qimmatbaxo metalligi tufayli bronzaning xossalariga putur etkizmagan xolda uni qisman alyuminiiy, temir, qo‘rg‘oshin va boshqa metallar bilan almashti-riladi. Bronza oquvchanlikka, antifriksion xossalarga egaligi va korroziya bardoshligi uchun texnikada keng qo‘llaniladi. Undan podshipnik vtulkalari, ishqalanish sharoitida ishlovchi mashina detallari va boshqalar olishda foydalaniladi. Bronzani markalanishi: OF 6,5 -0,4. Bu erda 6,5 % іalay, 0,4 % fosfor va іolgani mis. Br A7 - alyuminiyli bronza.
Nometall konstruksion materiallar
Texnika rivojining boshlanish davrida daraxt turlaridan konstruksion material sifatida keng foydalanilgan. Masalan mashina gardishlari, vannalar, ruchkalar va xokazo detallar daraxtdan tayyorlangan. Xozirda polimerlar kimyosi yutuqlari asosida olingan polimerlarning ko‘p turlaridan, ular bazasidagi plastmassalar va kompozitsion materiallar mashinasozlikda, shu jumladan pardozlash jixozlari konstruksiyalarida keng qo‘llanilmoqdalar.

Polimerlar asosidagi konstruksion materiallar:


Konstruksion materiallar texnologiyasini va materialshunoslik fanini rivojlanishi polimerlarga asoslangan yangi materiallarni yaratilishiga olib keldi. Quyida nometall materiallar xaqida qisqacha ma’lumot keltiramiz.
O‘quvchida pardozlash korxonalari jixozlari tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganishda cho‘yan va po‘lat olish jixozlari va texnologiyasiga shunchalik e’tibor berish zarurmi degan sovol tug‘ilishi tabiiy. Xozirda butun dunyo miqyosida energiya resurslarining qimmatlashib borishi sanoat maxsulotlari tan- tarxining oshishiga sabab bo‘lmoqda. SHuning uchun jixozlarni tayyorlashda qo‘llaniladigan konstruksion materiallar xam qimmatlashib bormoqda. Bu o‘z novbatida jixozlar tannarxini oshishiga olib kelmoqda. Ishlab chiqariladigan to‘qimachilik maxsulotlari raqobatbardosh bo‘lishi uchun foydalaniladigan mashina va apparatlar mustaxkam va uzoq davr xizmat qilishi va bu davr ichida sifatli maxsulot olishni ta’minlashi zarur. Jixozlarni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish va ularni sifatli ta’mirlash uchun foydalanilgan konstruksion materiallar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish muxim xisoblanadi.
Hamma nometal konstruksion materiallar polimerlar asosida olinadi. SHuning uchun polimerlar to‘g‘risida qisqa bo‘lsada ma’lumotga ega bo‘lish foydalidir. Kelib chiqishiga qarab polimerlar tabiiy, sun’iy va sintetik guruxlarga ajratiladi.
1. Tabiiy polimerlar (sellyuloza, oqsil) o‘simlik va xayvonlar xujayralarida tabiiy sharoit ta’sirada sintezlanadilar.
2. Sun’iy polimerlar tabiiy polimerlarni qayta ishlash va tozalash natijasida olinadilar (atsetilsellyuloza, gidratsellyuloza, karboksimetilsellyuloza va boshq.).
3. Sintetik polimerlar xar xil past molekulyar birikmalardan (monomerlar) sintezlash yo‘li bilan olinadilar, masalan polioli-fenlar, poliamidlar, poliefirlar va boshqalar. Sanab o‘tilgan polimerlarni ba’zilarini o‘zlaridan konstruksion material sifatida foydalanilsa, ko‘pchiliklari plastmassalar va kompozitsion konstruksion materiallar olishda asosiy material sifatida ishlatiladilar.

Download 91,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish