MA’RUZA – 3
Mavzu:
Konstruktsion materiallar
Ma’ruza rejasi:
1. Mashina va apparatlarni yaratishda ishlatiladigan konstruksion materiallar, ularning olinishi, markalanishi va ishlatilishi.
2. Jixozlar tayyorlash uchun konstruksion materiallar tanlash.
3. Metallar. Cho’yan va po’lat olish jarayonlari.
4. Polimer materiallar asosidagi konstruksion materiallar, ularning turlari, olinishi va ishlatilish sohalari.
Tayanch so’z va iboralar:
Mavzu bo’icha o’rganilayotgan kimyoviy pardozlash jixozining texnologik sxemasi, ishchi organlari konstruksiyasi, jixozning tarkibi, jixozning va ishchi organlarining tuzilishi, jixozning ishlash prinsipi, jixozning ishlatilish o’rni.
Tolali materiallarni pardozlash texnologiyalarini tashkil qiluvchi jarayonlar ishqoriy, kislotali muxitda, yuqori yoki past xaroratda, xar xil davomiylikda kechadi. Masalan, ip-gazlamalarni bo‘yashga, gul bosishga tayyorlash texnologiyasiga kiruvchi qaynatish jarayoni NaOH ning 60-65 g/l konsentratsiyali suvli eritmasida olib boriladi. Bunday matolarni merserlashda esa suvli eritmadagi NaOH konsentratsiyasi 240 - 250 g/l ni tashkil qiladi. To‘qilgan mato va trikotaj polotnolarini pardozlashda sulfat va sirka kislotalarining suvli eritmalaridan keng foydalaniladi. Bo‘yalgan va gul bosilgan mato va trikotaj polotnolariga bug‘li yoki yuqori xarorotli xavo muxitida ishlov berish muxim jarayonlar xisoblanadi. Undan tashqari pardozlash texnologiyasida xar xil oksidlovchilardan keng foydalaniladi. SHu sanab o‘tilgan muxitlar qo‘llanilayotgan jixozlarda maxsulotni pardozlash uchun yaratiladi. Natijada bunday muxit ishlov olayotgan maxsulot bilan bir qotorda jixoz tayyorlangan konstruksion materialga xam ta’sir qiladi. Jixozni ishlash sharoitidan kelib chiqqan xolda uni tayyorlashda foydalanilgan materialga bir qator talablar qo‘yiladi:
-konstruksion material matoga ishlov berish muxitida korroziyaga uchramasligi lozim;
- konstruksion materialning fizika - mexanikaviy xossalari jixozning ekspluatatsiyasi davomida pasaymasligi kerak.
Pardozlash jixozlarini qurishda foydalaniladigan konstruksion materiallarni tanlash shu jixozda kechadigan texnologik jarayonlar xususiyatlariga va kechish sharoitlariga bog‘liq. Tanlangan konstruksion material avvalo jarayon kechadigan muxitga chidamli bo‘lishi zarur. Uning mexanik xususiyatlari undan yasalgan jixoz elementini ta’sir etuvchi kuchlar ta’sirida uzoq vaqt davomida xizmat qilishini ta’minlashi lozim. Tanlangan materialni arzonligi va etarli xajmda mavjudligi muxim xisoblanadi. Jixoz narxini arzonlashtirish maqsadida uning konstruksion elementlari nisbatan arzon materialdan tayyorlanib, uni korroziyadan saqlashning xar xil usullari yordamida xizmat muddati talab darajasida bo‘lishiga erishiladi. Ammo, jixozning muxim qismlari xizmat muxitiga chidamli bo‘lgan konstruksion materiallardan tayyorlanadi. Endi konstruksion materiallarning turlari, ularni olish usullari va xossalari bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |