Elastik yo’l to’siqlariga trosli barьersimon to’siqlar kiradi
. Ular qorong’i vaqtda yomon
ko’rinadi, transport vositasi katta burchak ostida kelib urilsa, uni yo’lning qatnov qismiga otib
yuborishi mumkin, agarda kichik burchak ostida urilsa, sidirilib borib to’siq
tayanchiga
urilishi mumkin. SHu kamchiliklarini ko’zda tutib SHNQ 2.05.02-07 me’yoriy ko’rsatmasida
trosli barьersimon to’siqlarning I-II darajali yo’llarda
qo’llanishi tahqiqlangan
.
Devorsimon yo’l to’siqlarining alohida blok shaklida oralarini ochib qo’llanishi
tahqiqlanadi
.
Yo’l to’siqlari sifatida eski pokrishkalarni va yog’ochlardan ishlangan to’siqlarni III va
IV daraja yo’llarida ishlatilishi mumkin.
Ikkinchi guruh yo’l to’siqlari metall va sintetik quvurlardan, setkalardan yasalab,
quyidagi joylarga o’rnatiladi
.
1. I darajali yo’llar avtobus to’xtash joylarining butun uzunasi bo’yicha va ikki tomoniga 20
m masofa uzunligida ajratuvchi polosada.
2. Transport tonnellarida trotuarning bitta polosasida piyodalarning harakat miqdori 100
odam/soat ko’p bo’lsa, panjarasimon to’siq trotuar yonida o’rnatiladi.
3. Svetofor bilan boshqariladigan piyodalar o’tish joylarida yo’lning ikki tomonida 50 m
dan kam bo’lmagan masofada o’tish joyining ikki tarafiga panjarasimon to’siq joylashtiriladi.
4. Yer osti va yer usti piyodalar o’tish joylarida piyodalarning
betartib harakatini
to’xtatish uchun shunday harakatlar bo’ladigan joyda 50-100 m masofada balandligi 1,5 m
dan kam bo’lmagan panjarasimon to’siqlarni yo’lni ikki yoqasiga yoki ajratuvchi polosaga
o’rnatish ko’zda tutiladi.
5. Aholi yashaydigan joylarda va «qo’riqxona» mintaqalarida uy yoki yovvoyi
hayvonlarning yo’l qatnov qismiga chiqishini yo’qotish uchun yo’l
yoqasiga setkadan
yasalgan to’siqlar joylashtiriladi.
Yo’naltiruvchi qurilmalar
avtomobil yo’llarida keng foydalaniladi.
Yo’naltiruvchi qurilmalarga quyidagilar kiradi:
-
yo’naltiruvchi ustunchalar;
-
sunhiy yoritgichli tumbalar;
-
xavfsizlik orolchalari.
Agarda ularga yo’l belgi chiziqlari yoki nur qaytaruvchi plenkalar yopishtirilgan bo’lsa,
yo’naltiruvchi qurilmalar vazifasini (ayniqsa kechasi) yo’l to’siqlari ham bajarishi mumkin.
Yo’naltiruvchi qurilmalar
yo’l yoqasining chetini, xavfli to’siqlarni
kechasi va yomon
sharoitlarda ko’rinishini ta’minlashi uchun qo’llaniladi.
Yo’naltiruvchi ustunchalar avtomobil yo’llarining yoritilmaydigan uchastkalarida yo’l
to’siqlari o’rnatilmaydigan hollarda quyidagi joylarda o’rnatiladi
:
1. Bo’ylama kesimdagi egri uchastkalarga yaqinlashish joylarida ko’tarmaning balandligi 2
m dan oshmagan va harakat miqdori 1000 avt/sut.dan ko’p bo’lganda yo’lning har ikki
tomoniga 3 tadan yo’naltiruvchi ustuncha qo’yilib, ularning orasi 10-50 m qabul qilinadi. Egri
uchastkaning o’zida esa uni radiusiga bog’liq holda 7.17-jadvalga asosan belgilanadi (7.12-
rasm).
7.12.-rasm Bo’ylama kesimdagi egrilikda va undan oldindagi yo’l uchastkalarida
yo’naltiruvchi ustunchalarni joylashtirish.
2. Yo’lning to’g’ri uchastkasida ko’tarmaning balandligi 2 m dan kam bo’lmagan va
harakat miqdori 1000 avt/sut dan ko’p bo’lgan joylarda yo’naltiruvchi
ustunchalarning orasi
50 m (agarda ustunchaga nur qaytaruvchi plenka yopishtirilmagan bo’lsa) yoki 100 m (agarda
ustunchaga nur qaytaruvchi plenka yopishtirilgan bo’lsa) belgilanadi.
7.17-jadval
Bo’ylama
kesimdagi egrilik
radiusi
Do'stlaringiz bilan baham: