MA’RUZA- 13
MAVZU. YO’L TO’SIQLARI VA ULARNI QO’LLASH SHAROITLARI.
Tayanch so’zlar va iboralar:
yo’l to’siqlari; barьer; devorsimon; metal setkalar; metal
panjaralar; mustahkam; egiluvchan; ko’rinuvchan; almashtirish oson; arzon; qattiq to’siqlar;
yarim qattiq to’siqlar; elastik to’siqlar; yo’naltiruvchi qurilmalar; ustunchalar; sunhiy
yoritgichli tumbalar; xavfsizlik orolchalari.
REJA :
1. Yo’naltiruvchi qurilmalar.
2. Yunaltiruchi ustunchalar.
Avtomobil yo’llarida yo’l to’siqlari
transport vositalarining, piyodalarning harakatini
tartibga solish va yo’l - transport hodisalarining oldini olish hamda ularning og’irlik
darajasini pasaytirish
uchun o’rnatiladi. Yo’l to’siqlariga qo’yiladigan talablar
GOST 26804-
86
«Ograjdeniya dorojno’e, metallicheskie barьernogo tipa. Texnicheskie usloviya» da
keltirilgan. Yo’l sharoitining o’zgarishiga qarab yo’l to’siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish
shartlari
GOST 23457-86
«Texnicheskie sredstva organizatsii dorojnogo dvijeniya»da
keltirilgan.
Yo’l to’siqlari qo’llanish sharoitlariga
qarab ikki guruhga bo’linadi
.
Birinchi guruhga
«barьer» konstruktsiyali
(balandligi 0,75 m dan kam bo’lmagan) va
devorsimon
(«parapet»
shaklidagi balandligi 0,6 m dan kam bo’lmagan) yo’l to’siqlari kiradi. Bu guruhidagi to’siqlar
transport vositalarini yo’l poyida, ko’priklarda, yo’l o’tkazgich joylarida ushlab qolish va
qarama-qarshi tomondan harakatlanayotgan transport vositalari to’qnashuvining oldini olish
hamda yo’l mintaqasida joylashgan har xil predmetlarga
(yoritgich, ko’prik tayanchlari,
daraxtlar va h.k.)
kelib urilishidan saqlash uchun o’rnatiladi.
Ikkinchi guruh to’siqlariga setkalar
, har xil panjaralar (balandligi 0,8-1.5 m) kiradi.
Ulardan
piyodalarning harakatini tartibga solish va hayvonlarning yo’l qatnov qismiga chiqishining
oldini olish maqsadida foydalaniladi
.
Yo’l to’siqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va og’irlik darajalarini pasaytirish
bilan birgalikda, to’siqlarni o’ziga kelib urilishi natijasida transport vositalarining ishdan
chiqishiga, hatto odamlarning o’limiga ham sababchi bo’lishi mumkin. SHuning uchun iloji
boricha yo’l to’siqlari o’rniga xavfsizlikni ta’minlashning boshqa yo’llarini o’ylash kerak.
Masalan, egrilik radiusini kattalashtirish, ko’tarma
balandligini pasaytirish, yo’l poyining yon
qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun yer osti yoki usti yo’lakchalarini qurish, yo’l
mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish.
Yo’l to’siqlari
mustahkam
,
egiluvchan
, sutkaning har qanday vaqtida
ko’rinuvchan,
almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon
bo’lishi kerak.
Birinchi guruh yo’l to’siqlari I-IV darajali avtomobil yo’llarining yoqasida quyidagi
hollarda o’rnatiladi.
1. Yo’l poyi ko’tarmadan o’tib, uning yon qiyaliklari 1:3 va undan tik bo’lsa (7.16-
jadvalda ko’rsatilgan talablarga qaralsin).
7.16-jadval
№
Avtomobil yo’llarining uchastkalari
Bo’ylama
nishablik, %
Ko’tarmaning
balandligi, m
1.
To’g’ri uchastkalar
va rejadagi egrilikning
radiusi 600 m katta
40 gacha
3,0
2.
Xuddi shunday joylar
40 va ko’p
2,5
3.
Botiq
egriliklarga
kelib
tutashayotgan
nishablikning algebraik farqi 50 % va undan
ko’p
-
2,5
4.
Tik tushish joylarida yoki undan keyin
rejadagi egrilikning radiusi 600 m kam
bo’lgan uchastkalarda
egrilikning tashqi
tomoni
40 va undan
ko’p
2,0
2. Temir yo’l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2
m va undan
ko’p bo’lganda), jarlarga va tog’ daralariga oraliq masofa yo’lning qatnov qismi chetidan 25
m va undan kam bo’lgan hollarda, yo’l parallel o’tgan joylarda. Bunda kelajakdagi keltirilgan
harakat miqdori 4000 avt/sut.dan kam bo’lmasligi kerak. Agarda bu ko’rsatkich 4000
avt/sut.dan kam bo’lsa, unda yo’lning qatnov qismi chetidan ko’rsatilgan xavfli joylargacha
15 m masofada parallel o’tgan joylarda.
3. Har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda.
4. Rejada yo’lning yo’nalishi o’zgarib, ko’rinishi tahminlanmagan uchastkalarda.
5. Ajratish polosalarida, ko’priklarda, yo’l o’tkazgichlarda, estakadalarda.
Birinchi guruh yo’l to’siqlari yo’l yoqasida