13.1 Impulsli tizimlarni sinflanishi Yuqorida ta’kidlanganidek, impulsli avtomatik boshqarish tizim (IABS)larning o’ziga xos xususiyati shuki, hech bo’lmaganda bitta o’zgaruvchan parametri (kattaligi) vaqt bo’yicha kvantlanishi kerak. Bu kattalik impulsli modulyasiyalash yo’li bilan impulslar ketma-ketligiga aylantiriladi va ular keyinchalik, tizimning uzluksiz qismiga ta’sir ko’rsatadi.
Kvantlash va impulsli modulyasiyalash jarayonlari impulslovchi element yordamida amalga oshiriladi. Impulsli tizimni umumiy holda impulsli element (IE) va uzluksiz qism (UQ)dan iborat sxema ko’rinishida tasavvur qilish mumkin (7.1-rasm). IE uzluksiz o’zgaradigan kattalik x(t)ni modulyasiyalangan impulslar x*(t) ketma-ketligiga aylantirib beradi. Bunda signal avval kvantlanadi (7.2.a-rasm) va keyin modulyasiyalanadi (7.2.b-rasm).
13.1 - rasm. IABSning namunaviy strukturasi: (t) - kirish signal; x(t) - nomuvofiqlik signali, IEning kirishidagi signal; x*(t) - impulsli elementning chiqish joyidagi (impulslangan) signal; y (t) - chiqish signali.
Impulsli modulyasiyalash jarayoni davriy takrorlanadigan impulslarning qandaydir parametrini ma’lum bir qonun bilan o’zgartirishdan iborat. Modulyasiyalash qonunini aniqlaydigan kattalik “modulyasiyalovchi kattalik” deyiladi.
13.2-rasm. IE ning ishidagi vaqt diagrammalari.
Impulsli ketma-ketlikning asosiy parametrlari quyidagilar: A -impulsning amplitudasi (balandligi); - impulsning davomiyligi (eni); T- kvantlash (takrorlanish, diskretlik) davri;
- takrorlanish chastotasi.
Impulslar ketma-ketligining qaysi parameter i o’zgarishiga qarab, impulsli modulyasiyalash turlari quyidagicha bo’ladi:
1. Amplituda-impulsli modulyasiyalash (AIM), bunda impuls amplitudasi kirish signaliga proporsional;
2. Kenglik-impulsli modulyasiya (KIM), bunda impulsning uzunligi (kengligi) kirish signaliga proporsional;
3. Vaqt-impulsli modulyasiyalash (VIM), unga faza-impulsli modulyasiyalash (FIM) kiradi.
Bunda impulsning diskretlik davrining boshiga nisbatan fazasi yoki vaqt bo’yicha siljishi kirish signaliga proporsional. VIMga, yana, chastota-impulsli modulyasiyalash (ChIM)ham kiradi; diskretlik chastotasi kirish signaliga proporsional. Bundan tashqari impulsli modulyasiyalash ikki turga bo’linadi. Agar impulslar ketma-ketligining parametrlari: bir-biridan bir xil vaqt onlarida nari turgan modulyasiyalovchi kattalikning qiymatlariga qarab o’zgarsa, bunday modulyasiyalash birinchi turdagi impulsli modulyasiyalash deyiladi. Agar modulyasiyalovchi kattalikning joriy qiymatiga qarab o’zgarsa, ikkinchi turdagi modulyasiyalash deyiladi. Faqat AIM-1ga ega IABSlarning chiziqli ekanligini ko’rsatish qiyin emas, chunki ularda IEning chiqish signallari amplitudasi diskret vaqt onlaridagi kirish signallari qiymatiga proporsional (13.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |