Ma’rupov akmaljon



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/53
Sana19.09.2021
Hajmi2,05 Mb.
#178885
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
6-sinf Biologiya (mavzulashtirilgan savol-javob)




Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

 

A



 

bi

 

t

 

u

 

r

 

i

 

y

 

e

 

n

 

t

 

l

 

a

 



 

u

 

c

 

h

 

u

 



 

q

 

o`l


 

l

 

a

 

n

 

m

 

ABITURIYENTLAR UCHUN MAXSUS TAYYORLANGAN 



 

 

 

 

 

 

 

 

O`ktam Pratovning umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-sinf 

o`quvchilar uchundarsligi asosida tayyorlandi.  

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

FARG`ONA –2018

 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 



M U N D A R I J A 

 

1§ BOTANIKA –O`SIMLIKLAR HAQIDAHI FAN 



2-§  GULLI O`SIMLIKLAR BILAN UMUMIY TANISHISH 



3-§ O`SIMLIKLARNING HAYOTIY SHAKLLARI 



II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI 



12 

6-§  O`SIMLIK TO`QIMALARI 



16 

7-§  ILDIZ TURLARI VA TIZIMLARI 



19 

10-§.  NOVDA 



21 

15-§. BARGLARINING TASHQI TUZILISHI 



25 

O`SIMLIKLARNING VEGETATIV KO`PAYISHI 



28 

GUL – O`SIMLIKLARNING GENERATIV  ORGANI 



32 

GULLARNING XILMA-XILLIGI VA TO`PGULLAR 



33 

GULLARNING CHANGLANISHIUG`LANISHI 



35 

M E V A L A R 



37 

U R U G ` 



39 

O`SIMLIK- YAXLIT ORGANIZM 



40 

O`SIMLIKLARGA EKOLOGIK OMILNING TA’SIRI 



41 

SUVO`TLAR  BO`LIMI 



43 

YO`SINLAR  BO`LIMI 



45 

QIRQBO`G`IMLAR  BO`LIMI 



46 

QIRQQULOQLAR  BO`LIMI 



47 

OCHIQ URUG`LILAR  BO`LIMI 



48 

O`SIMLIKLAR SISTEMATIKASI  HAQIDA MA`LUMOTLAR 



51 

RA`NODOSHLAR OILASI 



52 

KARAMDOSHLAR OILASI 



53 

SHO`RADOSHLAR OILASI 



54 

GULXAYRIDOSHLAR OILASI 



55 

BURCHOQDOSHLAR (DUKKAKDOSHLAR) OILASI 



56 

ITUZUMDOSHLAR OILASI 



57 

TOKDOSHLAR OILASI 



58 

QOVOQDOSHLAR OILASI 



59 

QOQIO`TDOSHLAR  (MURAKKABGULDOSHLAR)  OILASI 



60 

LOLADOSHLAR OILASI 



61 

PIYOZDOSHLAR OILASI 



62 

PIYOZDOSHLAR OILASI 



63 

YERDA  O`SIMLIKLARNI DUNYOSINING RIVOJLANISHI. 



64 

R A Q A M L A R – 1  (OILAGACHA) 



65 

R A Q A M L A R – 2   (OILALAR) 



66 

R A Q A M L A R – 3  (OILADAN KEYINGI) 



67 

5 -6  SINF OLIMLARI 



68 

6-SINF BOTANIKASIGA OID MASALA VA MASHQLAR 



70 


Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 



I-BOB O`SIMLIKLAR DUNYOSI BILAN UMUMIY TANISHISH. 

1§ BOTANIKA –O`SIMLIKLAR HAQIDAHI FAN 

 

1.  Botanika kitobi qaysi olimlar tomonidan yozilgan?-- O`.Pratov, A.To`xtayev, F.O`.Azimova. 

2.  Ona tabiatimizni….tasavvur qilib bo`lmaydi?--rang- barang o`simliklar olamisiz. 

3.  Yer yuzida tarqalgan o`simliklarni necha % O`zbekiston xududiga to`g`ri keladi?--0.9 % 

4.  O`rta Osiyoda tarqalgan o`simliklarni necha % mamlakatimizga to`gri keladi?--56.25 % 

5.  6:1 nisbat qaysi ma`lumotga tegishli?--Yer yuzidagi o`simliklar sonini O`rta Osiyodagi o`simliklar soniga. 

6.  O`rta Osiyoda o`simliklar soni O`zbekistondagi o`simliklardagi soniga nisbati?--2:1 

7.  Tabiatda o`simliklar uchramaydigan …..?--joy juda kam. 

8.  O`simliklar o`sishida….tanlamaydi?--joy. 

9.  O`simliklarni  qayerlarda  uchratishimiz  mumkin?--qumli,suvsiz,  sho`rxok  cho`llarda,  tik  baland  qoya  toshlarda, 

g`orlar ichkarisida va suv ichkarida xam. 

10.  Botanika fanining yanada mukammal o`rganishimizga yordam beradigan fan?--tabiatshunoslik. 

11.  Qaysi o`simlik barg shakli tol bargi shaklini eslatadi?--chakanda. 

12.  Isiriq o`simligi gullarining rangi?--oqish. 

13.  Chakanda o`simligini mevasi shakli va turi?--sharsimon, qizil, rezavor, to`p meva. 

14.  Ravoch va isiriq o`simligini bargini shakli?-- o`yma. 

15.  Qaysi o`simlikni mevasining rangi qizil ?--qizil do`lana. 

16.  Bargida oqish dog`i bor o`simlik?--sebarga. 

17.  Qaysi o`simlikning gullarining rangi safsar rangda bo`ladi?--burchoq. 

18. Uch bargchali bargida oqish dog`i bor o`simlik-?--burchoq. 

19. Sebarga bilan sallagulni birlashtiruvchi belgi bu-?--gulining qizilligi. 

20. O`rta  Osiyoda,  shu  jumladan  hozirgi  O`zbekiston  o`simliklariga  oid  ma`lumotlarni….uchratamiz?--bundan  bir 

necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimiz asarlarida. 

21. Abu Rayxon Beruniy necha yil umr ko`rgan?--75 yil. 

22. 980-1037 yillarda yashagan allomamiz bu-?--Ibn Sino. 

23. Tabiatda  qanday  o`simliklar  xam  kam  emas?--dengiz  daryo  ,  ko`l  va  kanallarda  shungdek  botqoqliklarda 

o`simliklar. 

24. O`rta Osiyoda o`sadigan ko`pgina dorivor o`simliklarni aniq tasvirlab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini to`liq 

ko`rsatib bergan asar bu-?--Kitob ush-shifo. 

25. Har bir kishining muqaddas burchi bu-?--tabiatni muxofaza qilish, uni asrab avaylash, boyliklarini ko`paytirish. 

26. O`simliklarni o`sishi va rivojlanishini mukammal o`rgaganimiz sari ….?--*tabiatni asrab-avaylashimiz zarurligini 

to`liqroq anglab yetamiz. 

27. Qaysi  jarayonlar  tufayli  o`simliklardan  yuqori  hosil  olish  imkonini  beradi?--o`simliklarni  to`g`ri  parvarish 

qilishni bilishimiz. 

28. Biz yashab turgan jonli tabiatni ….tasavvur qilib bo`lmaydi?--o`simliklar. 

29. Barcha tirik organizmlar uchun hayot manbai bu-?--yashil o`simliklar. 




Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

30. Botanika so`zining ma`nosi ?--yunoncha (grekcha) botane “o`t”,”ko`kat”,”o`simlik”;  



31. Botanika fani nimalarni o`rganadi.?-- 1.O`simliklarning  paydo bo`lishi (filogeniyasi) 2.hayoti, 3.tashqi va  

4.ichki tuzilishi, 5.rivojlanishi, 6.yer yuzida tarqalishi, 7.tabiat bilan bog`liqligi, 8.ulardan oqilona  

foydalanish va ularni muhofaza qilish usullarini. 

32. Tabiatda o`zi va mevasi iste`mol qilinadigan o`simliklar(7ta)?--ravoch, qulupnay, malina, ukrop,  

do`lana, tut, olxo`ri. 

33. Hayotimiz ko`rki va tabiat go`zalligi bu-?--o`simliklar. 

34. Diyorimizda  o`sadigan  juda  ko`p  dorivor  o`simliklar  xaqida  ma`lumot  beruvchi  kitob  bu-?--”Kitob  as-Saydana 

fit-tibb”. 

35. Ravoch va qizil do`lana o`simligini bargini o`xshashligi?--bargini o`yma bo`lishi. 

36. “Kitob as-Saydana fit-tibb” asari kimning qalamiga mansub?--Abu Rayxon Beruniy. 

37. Abu Rayxon Beruniy nechanchi yillarda yashagan?--973-1048 yillarda 

38. Abu Ali ibn Sinoning asarlari?--”Tib qonunlar”, “Kitob ush -shifo”. 

39. Ibn  Sinoning  kitoblarida  qanday  o`simliklar  xaqida  ma`lumotlar  qoldirilgan?--O`rta  Osiyoda  o`sadigan  dorivor 

o`simliklarning shifobaxsh xususiyatlari to`liq ko`rsatilgan. 

40. O`n birinchi asrda yashagan alloma?--Maxmud Koshg`ariy. 

41. “Devonu lug`atit turk” asari muallifi?-- Maxmud Koshg`ariy. 

42. “Devonu  lug`atit  turk”asarida  qanday  ma`lumotlar  berilgan?--qadimgi  Turkiston  xududida  uchraydigan 

o`simliklar xaqida. 

43. Ikki yuzga o`simlik turi xaqida ma`lumot berilgan asar?-- “Devonu lug`atit turk”. 

44. O`zRFA ning hozirgi nomi qanday ataladi?-- O`simlik va hayvonot olami genofondi institut. 

45.  O`zbekistonning  tabiatdagi  o`simliklarni  har  tomonlama  o`rganish  qaysi  institut  olimlari  tomonidan  amalga 

oshirilmoqda?-- O`simlik va hayvonot olami genofondi institut. 

46.  O`simliklar  xaqida  ko`p  tomli  asarlar  yaratishda  xissa  qo`shgan  akademiklar?--Q.Z.Zokirov,  A.M.Muzaffarov, 

Y.P.Korovin, I.I.Granitov, F.N.Rusanov. 

47.  O`simliklarni  o`rganish  va  ko`p  tomli  asarlar  va  darsliklar  yaratishda  o`z  xissalarini  qo`shgan  professorlar?--

M.M.Orifxonova, S.S.Sahobiddinov, O`.Pratov va boshqalar. 

48.  O`zbekistonda  yo`qolib  xavfi  ostida  bo`lgan  o`simliklarni  saqlash  va  ularni  asrab-avaylash  maqsadida  qanday 

ishlar  amalga  oshirilmoqda?--”O`zbekiston  Qizil  kitobi”,  va  ”Tabiatni  muhofaza  qilish  Davlat  qo`mitalari” 

tashkil etildi. 

49.  Dorivor o`simliklar qaysilar? (3ta) --isiriq, chakanda, zubturum. 

50.  Iste`mol qilinadigan o`simliklar? (2ta) --rovoch, do`lana. 

51.  O`rta Osiyoda tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning qancha turi mavjud?--8000. 

52.  O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan o`simliklar?-- xolmon, (jumagul) shirach, sallagul. 

53.  O`zbekistonda tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning qancha turi mavjud?--4500. 

54.  Har qanday o`simlik …..harakat qiladi?-- Nasl qoldirishga ya`ni o`sadi va rivojlanadi. 

55.  Yer yuzida tabiiy holda o`sadigan yuksak o`simliklarning qancha turi mavjud?--500`000 

56.  Yovvoyi yem-xashak o`simliklar?-- shuvoq, sebarga, burchoq. 



Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

57.  Geobotanika fani nimani o`rnadi?—Yer yuzida o`simliklarni tarqalishini. 



58.  Sistematika  fani  nimani  o`rganadi?—o`simliklarni  o`xshash  belgilariga  qarab,  ma`lum  tartib,  tizim  (sistemaga) 

ga soladi. 

59.  Ekologiya  fanining  vazifasi?--  O`simliklarni  yashashi  va  qanday  muhitda  o`sishini  o`rganadi.(grekcha-  oykos 

“uy, joy”, logos fan,ta`limot degan ma`noni anglatadi) 

60.  Paleobotanika fanining maqsadi?--  Qadimgi qazilma holatdagi o`simliklar qoldiqlarini o`rganadi. 

61.  Introduksiya-iqlimlashtirish  fani  bu--?  Boshqa  mamlakatlarda  o`sadigan  o`simliklarni  yurtimizga  olib  kelish  va 

moslashtirish va hokozo… 

62.  Morfologiya fanining nima o`rganadi?-- O`simliklarni tashqi tuzilishi, shakllarini o`rganadi. 

63.  Anatomiya fanining vazifasi?-- O`simliklarni ichki tuzilishini o`rganadi. 

64.  Sitoembriologiya  fanining  vazifasi?--  Changlanish  va  urug`lanishdan  so`ng  bo`ladigan    jarayonlarni  o`rganadi. 

(xujayraviy jarayonlarni.) 

65.  So`ngi yillarda qaysi o`simliklarga bo`lgan talab oshib bormoqda?—Dorivor o`simliklarga. 

66.  Chorva mollari uchun to`yimli oziqa o`simliklari? - (8ta) –1.shuvoq, 2.yantoq, 3.beda 4.sebarga, 5.izen, 6.keyreuk, 

7.saksovul, 8.javdar 

67.  ”Oltin kosada toshib turar, dala xusnini ochib turar “ topishmoq javobini toping?—go`za 

68.  O`simliklarni  tabiatdagi  va  tirik  organzimlardagi  ahamiyati?--  hayvonlar  uchun  oziq,  kislorod  bilan  boyitadi, 

tuproq unumdorligini oshiradi, yerni yemirishdan saqlaydi. 

69.  O`simliklardan  insonlar  nima  maqsadda  foydalanadi?  (5ta)--  Oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  qurilish,  uy-ro`zg`or 

buyumlari va tabobatda. 

70.  Qanday o`simliklar “Qizil Kitob ”ga kiritiladi?-- yo`qolish xavfi ostida bo`lgan o`simliklar. 

71.  Mevali daraxt yerga engashar, mevasiz daraxt… (maqolni davomini toping?) -- ko`kka tirmashar. 

72.  O`simliklarning  o`sishi  va  rivojlanishini  mukammal  o`rganish  …imkoniyat  beradi?—madaniy  o`simliklarni 

to`g`ri parvarishlash va ulardan yuqori hosil olish. 

73.  O`simliklarning tuproqqa bo`lgan ijobiy ta`siri?—unumdorligini oshiradi va uni yemirilishdan saqlaydi. 

74.  Hayotimiz ko`rki va tabiat go`zlligidir bu—o`simliklardir. 

75.  O`simliklar to`g`risidagi “Qizil kitobi”ning birinchi nashri nechachi yili chop ettirilgan?—1984 yili. 

76.  O`simliklar to`g`risidagi “Qizil kitobi”ning birinchi nashriga qancha o`simlik turi kiritilgan?—163 ta. 

77.  O`simliklar to`g`risidagi “Qizil kitobi”ning ikkinchi nashri nechachi yili chop ettirilgan?—1998 yili. 

78.  O`simliklar to`g`risidagi “Qizil kitobi”ning ikkinchi nashriga nechta tur o`simlik kiritilgan?—301 ta. 

79.  O`simliklar  to`g`risidagi  “Qizil  kitobi”ning  uchinchi  nashri  nechach  yili  chop  ettirilgan  va  nechta  tur 

kiritilgan?—2006 yili,  305 ta. 

80.  O`simliklar  to`g`risidagi  “Qizil  kitobi”ning  to`rtinchi  nashri  nechach  yili  chop  ettirilgan  va  nechta  tur 

kiritilgan?—2009 yili,  324 ta. 

81.  O`zbekiston  Respublikasi  “Qizil  kitob”ining  birinchi  nashri  bilan  to`rtinchi  nashri  o`rtasidagi  o`simliklar 

sonining farqi?--161 ta 

82. O`zbekiston  Respublikasi  “Qizil  kitob”ining  ikkinchi  nashri  bilan  to`rtinchi  nashri  o`rtasidagi  o`simliklar 

sonining farqi?--23 ta 



Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

83. O`n  to`qqiz  raqamiga  ma`lumot  toping?  --O`zbekiston  Respublikasi  “Qizil  kitob”ining  uchinchi  nashri  bilan 



to`rtinchi nashri o`rtasidagi o`simliklar sonining farq. 

84.  O`simliklar uzoq yillar davomida…? -- turli sharoitda o`sishga moslashgan. 

85. Botanikaning qanday tarmoqlarini bilasiz?-- Geobotanika, Sistematika, Ekologiya,   

86. Paleobotanika, Introduksiya-iqlimlashtirish, Sitoembriologiya, Anatomiya, Morfologiya. 

87.  Botanika –o`simliklar xaqidagi fan 

88.  Algalogiya fani nimani o`rganadi?—suvo`tlarni. 

89.  Yo`sinlarni (moxlarni) o`rganuvchi fan bu-?—Briologiya. 

90.  Lexinologiya fani …o`rganadi.—Lishayniklarni. 

91.  O`simliklar o`rganishning boshlanishi qaysi olim nomi bog`liq?—Yunon olimi Teofrast. 

92.  Yunon olimining olib borgan ishlari? ( ta)— 1. o`simliklarni qishloq xo`jaligi va tibbiyotdagi amaliy  

       ahamiyati hamda 2. o`simliklar xaqidagi bilimlarni yig`ib bir tizimga keltirgan. 

93.  O`zbekistonda “Botanika” faning rivojlanishiga xissa qo`shgan olimlar? (5ta)--1.Zokirov Qodir         

       Zokirovich,  2. Muzaffarov Ahror Muzaffarov,  3.Korovin Yevgeniy Petrovich,  4.Vvedenskiy   

       Aleksey Ivanovich,  5. Rusanov Fyodor Nikolayevich. 

94.  Xolmon o`simligi bilan sallagulning morfologik o`xshash tomoni?—gullari rangining qizil bo`lishi. 

95. 


Ushbu  belgi nimani ifodalaydi?—qo`shimcha ma’lumotni xaqidagi ma’lumotni  


Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish