Ma’rupov akmaljon


II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/53
Sana19.09.2021
Hajmi2,05 Mb.
#178885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
6-sinf Biologiya (mavzulashtirilgan savol-javob)

 

II-BOB. HUJAYRA - HAYOTNING ASOSI 

4-§ O`SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI 

 

 

1.  Hujayrani o`rganuvchi fan bu-sitologiya 

2.  O`simliklarni hayoti bilan bog`liq ichki jarayonlarni aniq tassavur etish uchun….?—ichki tuzilishi bilish zarur. 

3.  Hujayralar qaysi jihatdan farq qilsa, ichki jihatdan o`xshash bo`ladi?—tashqi (morfologik) 

4.   Qaysi jarayonlar yagona qonunga muofiq amalga oshadi?—hujayralarda yuz beradigan hayotiy jarayonlar. 

5.  Bitta hujayraga ega o`simliklarga misol?— ayrim tuban o`simliklar. 

6.  Chigit hujayrasining uzunligi qancha?-- 3-4 sm. 

7.  Hujayralar    qaysi  xususiyatiga  ko`ra  shakli,  rangi,  kata-kichikligi,  ichki  tuzulishi  va  funksiyasiga  ko`ra  bir-

biridan farq qiladi?—hujayralar o`simlikning qaysi organida joylashishiga ko`ra. 

8.  Agar  o`simlik  bitta  hujayradan  tashkil  topgan  bo`lsa,  undagi  hayotiy  jarayonlar  qayerda  amalga  oshadi?—shu 

bitta hujayrani o`zida. 

9.  Ayrim jarayonlar maxsus hujayralar tomonidan amalga oshiradigan o`simliklar?—ko`p hujayralilar. 

10.  Hujayra qanday qismlardan iborat?—ikki qismdan: 1.hujayra qobig`i  2. ichki tirik qism (protoplazma). 

11.  Hujayra qobig`iga xos xususiyat?—tiniq va mustahkam. 

12.  Hujayraning shakli nimaga bog`liq?—qobiqqa. 

13.  Hujayraning qaysi qismi murakkab tuzilishga ega?—hujayra qobig`i va sitoplazma. 

14.  Hujayrani butunligi ta`minlaydi bu-?—hujayra qobig` 

15.  O`simliklar hujayrasining tuzilishiga ko`ra nechta guruhga bo`linadi?—2 ta (bir va ko`p) 

16.  Elektron mikroskoplar buyumlarni necha marta kattalashtirib beradi?—yuz ming marta. 

17.  Elodeya barglari necha qavat hujayradan iborat---bir qavat hujayralardan iborat 

18.  Elodiya hujayrasida sitoplazmaning harakati nimaga bog`liq—kislorodning  va oziq moddalarning harakat 

yo`nalishiga. 

19.  Faqat o`simliklarga xos organoid?--- plastida 

20.  Hamma hujayralar ham bo`linavermaydi faqat ….bo`linadi?---o`sish nuqtasidagi hujayralargina  

21.  Hujayra qachon, kim tomonidan kashf etilgan?--1665-yil, Robert Guk. 

22.  Hujayra bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?--- shakli, hajmi va joylashishiga ko`ra. 

23.  Hujayra  bo`linayotgada  qanday  biologik  o`zgarishlar  sodir  bo`ladi?  (2ta)---dastlab  mag`iz  kattalashadi, 

sitoplazmada ham to`siq paydo bo`ladi. 

24.  Hujayra  qobig`idagi  klechatkaning  vazifasi?---mustahkamlik  berish,  tashqi  tomondan  himoya  qilish,  hujayra 

shaklini saqlab turadi va tashqi muhit bilan bog`lab turadi. 




Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

14 

25.  Hujayra qobig`idagi yarim o`tkazuvchanlik qachongacha saqlanadi?---nobud bo`lguncha 



26.  Hujayra qobig`iga mustahkamlik beruvchi modda?--kletchatka. (sellyuloza) 

27.  Hujayra qobig`ining qalinligi nimaga bog`liq?---yoshiga. 

28.  Ingliz fizigi bu-?-- Robert Guk. 

29.  Moddalarni tashqi tomondan kirishi hujayraning qaysi qismi tartibga solidi?—qobig`i. 

30.  Elastik modda bu-?—sitoplazma. 

31.  Hujayra  qobig`ining  vazifasi  (3ta)?—1.  tashqi  ta`sirda  himoya    2.  mustahkamlik      3.  shakli  saqlab  turadi    4. 

tashqi muhit bilan bog`lab turadi. 

32.  Hujayralarni  qanday  shakllarini  bilasiz  (6ta)?---  ovalsimon,  yumaloq,  ko`p  burchakli,  naysimon,  to`g`ri  to`rt 

burchakli, tuksimon. 

33.  Hujayra qobig`i va sitoplazmaning birlashtiruvchi xususiyat?—tarkibining murakkabligi. 

34.  Hujayra shirasi tarkibida nimalar bor? --suv, oqsil, moy, shakar. 

35.  Hujayra shirasini (vakuolni) necha foizini suv tashkil qiladi?--70-95%ni. 

36.  Hujayraning  tirik  organizmlardagi  xususiyatlar?—1.  nafas  oladi    2.ortiqcha  narsalarni  ajratib  tashqriga 

chiqaradi,  3.tashi muhitning o`zgarishini sezadi  4.o`sadi   5. bo`linadi   6. yangi hujayra hosil qiladi. 

37.  Oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi bu-?—hujayralar. 

38.  Qaysi organizm moddalari sitoplazmada tarqoq joylashgan bo`ladi?—ko`k- yashil suvo`tlar (sianobakteriyalar), 

bakteriyalar va ayrim zamburug`lar. 

39.  Barg,  ildiz,  mevalar  qobig`idagi  hujayralar….bajaradi?—noqulay  sharoitdan-  shamol  yomg`ir  sovuqdan 

issiqdan ximoya qiladi. 

40.  Nima  uchun  shtativli  lupa  buyumlarni  10-25  martagacha  kattalashtirishi  mumkin?—chunki  uning  tagligida 

kattalashtiruvchi ikkita linza bo`ladi. 

41.  Mikroskop ixtiro qilingacha ….?-- tirik mavjudotlar, shu jumladan o`simliklarning hujayradan tashkil topganligi 

aniq va ravshan ko`rish mumkin bo`ladi. 

42.  Hujayralar nimasi bilan bir-biriga juda o`xshash bo`ladi?---ichki tuzilishi bilan. 

43.  Hujayralar o`simliklarning qaysi organida joylashishiga qarab:? --1. shakli  2. rangi  3. yirik maydaligi  4. ichki 

tuzilishi   5. funksiyasi bilan farq qiladi. 

44.  Rustamjon  tarvuz  hujayrasini  mikroskopda  ko`rganda,  o`qituvchi  unga  senga  hujayrani  81  marta 

kattalashtirilgan  tasvirini  ko`rsatdim  deb,  okulyar  raqamini  ko`rsatdi  va ko`rsatkich  9 ekanligi  bildi.  Aytingchi 

obe`ktiv ko`rsatkichi nechaga teng?—9 ga. 

45.  Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ? --ularning o`sishi va bo`linishidir. 

46.  Hujayralarni oddiy ko`z bilan ..?—ko`rib bo`lmaydi. 

47.  Hujayralarning ichki tuzilishini va sitoplazmadagi harakatlarni kuzatishdan… foydalaniladi mikroskopdan. 

48.  Mikroskop bilan ishlash tartibi nechta qoidadan iborat?—6 ta.  

49.  Hujayraning qaysi qismi tiniq va mustahkam bo`ladi?—Hujayra qobig`i. 

 

50.  Hujayraning rangsiz, tiniq, suyuq yoki shilimshiq qismi?--sitoplazma. 



51.  Irsiy belgilarning yangi bo`g`inga o`tishida muhim ahamiyatga ega bu?---vaqt 

52.  Laboratoriyada mikroskop stol chekkasidan qancha masofaga qo`yiladi?--3-4 sm. 




Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

15 

53.  Qo`l lupasi buyumni qancha marta kattalshtirib beradi?--3-5 marta. 



54.  Mikroskop bilan ishlash tartibining 6-qoidasi bu-?—har qanday preparat dastlab kichik obektivda ko`rinadi. 

55.  Lupalar necha xil bo`ladi?---ikki xil;  1.qo`l lupasi  2.shtativli lupa. 

56.  Mag`iz qanday ahamiyatga ega?--irsiy belgilarning yangi bo`g`inga o`tishida. 

57.  Mag`izning shakli  va hajmi  nimaga bog`liq?--hujayraning  yirik-maydaligiga, yoshiga, holatiga va to`qimaning 

turiga hamda yashash sharoitiga qarab har xil bo`ladi 

58.  Hujayraning eng muhim tarkibiy qismini aniqlagan olim millati?—ingliz. 

59.  Mikroskopning qaysi qismida qisqich (klemma) bo`ladi?—buyum stolchasi ustida. 

60.  Mevalarning ta`mi shirin, nordon, achchiq bo`lishi nimaga bog`liq?---hujayra shirasiga. 

61.  Mikroskop  necha  marta  kattalashtirib  ko`rsatishi  bilish  uchun  nima  qilinadi---ob`ektiv  va    okulyarlardagi 

raqamlar ko`paytiriladi  

62.  Mikroskop  tarkibiy  qismlarini  sanab  bering?  (8ta)---1.  okulyar,  2.ob`ektiv,3.  buyum  stolchasi,  4.ko`zgu,  5. 

makrovint, 6.mikrovint 7.shtativ, 8.taglik. 

63.  Mikroskoplar buyumlarni necha marta kattalashtirib beradi?—ming va undan ortiq. 

64.  Mikroskopning kichik ob`ektivi buyum stolchasi teshigidan necha sm balandlikda bo`ladi?—0,5-1 sm. 

65.  Yumshoq, toza latta bilan mikroskopning optik qismlarini artish ishlash tartibing nechanchi qoidasi?—ikkinchi. 

66.  Nima  uchun  elodiyadan  tayyorlangan  preparatni  mikroskopda  butunligicha  ko`rish  mumkin?---  barglari  bir 

qavat hujayradan tashkil topgan 

67.  Nima  uchun  elodiyadan  tayyorlangan  preparatni  mikroskopda  tabiiy  sharoitda  o`sgandek  tirik  bo`ladi---  suvda 

o`sgani uchun. 

68.  O`simlik gullari va barglari rangi qaysi plastidalarga bog`liq?--  xromoplastlarga. 

69.  O`simlikning qaysi qismidagi hujayralar bo`linish xususiyatiga ega?--o`sish nuqtasidagi. 

70.  Obyektiv preparatdan qancha uzoqlikda bo`lishi kerak?-- 4-6 mm. 

71.  Organizm asosi bu---?.---hujayra 

72.  Gullar va mevalarning har xil bo`lshiga sababchi bo`ladigan plastid turi bu-?—xloroplat va xromoplast. 

73.  Hujayraning qaysi organoidining shakli turli shaklda bo`ladi?—vakuol. 

74.  Hujayraning 5-30 % ni nimalar tashkil etadi?—vakuoldan tashqari barcha qismlari. 

75.  Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri bu-?—plastida. 

76.  Piyoz hujayralari boshqa o`simlik hujayralaridan nimasi bilan farq qiladi?--hujayra shaklining cho`ziqligi, zijligi 

va rangsizligi bilan. 

77.  Plastidalar qanday xillarga bo`linadi?--leykoplastlar, xromoplastlar, xloroplastlar. 

78.  Qari hujayralarda sitoplazma va mag`iz butunlay yo`qolib,uning o`rniga ?---suv yoki havo xosil bo`ladi. 

79.  Qaysi organizmlarda yadro shakllanmagan?-- ko`k yashil suvo`tlari, bakteriyalar, ayrim zamburug`lar. 

80.  Rangsiz plastida?---leykoplast. 

81.  Shtativli lupa buyumni qancha kattalashtirib beradi?--10-25 marta. 

82.  Sitologiya so`zining ma`nosi?--- Sitoz “hujayra” logos “fan” , “ta`limot”. 

83.  Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to`lgan bo`shliq nima deb ataladi?--vakuol. 

84.  Tabiatdagi  tirik  mavjudodlarga  xos  eng  muhim  umumiy  belgilardan  biri?—ularning  hujayralardan 



Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

16 

tuzilganligidir. 



85.  Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o`simlik bargining butunligicha yaqqol ko`rish mumkin?-- elodeya. 

86.  To`qimani qaysi fan o`rganadi?-- gistalogiya.(qo`shimcha ma`lumot) 

87.  Turli hajmda kattalashtirib ko`rsatadigan ikki tomoni qabariq oynadan iborat asbob---lupa 

88.  Tuzilishi o`xshash bo`lgan, lekin bir hil vazifani bajaradigan hujayralar yig`indisi nima deb ataladi?--- to`qima. 

89.  Unda tirikka xos barcha xususiyatlar mujassamlashgan bu-?—hujayra. 

90.  Yadro qachon va kim tomonidan kashf etilgan?--1831-yil, Robert Broun. 

91.  Yadro tarkibiga ko`ra qaysi organoidga yaqin turadi?--sitoplazma. 

92.  Yashil rangli plastida?---xloroplast. 

93.  Yosh hujayralar qachon bo`linishni boshlaydi? ---ona hujayra o`lchamiga yetgach 

94.  Zarg`aldoq, qizg`ish rangli plastida?--xromoplast. 

95.  Hujayra qaysi organoidi turli shaklda bo`ladi?—vakuol 

96.  Vakuol tarkibida suvdan tashqari yana nimalar bo`ladi?—oqsil, moy, shakar. 

97.  Mikroskopda qanday vintlar bo`ladi?—2 xil mikro va makro. 

98.  Mikroskopni tozalashda dastlab qaysi qismi artiladi?—obektivi. 

99.  Nima  uchun  shtativli  lupa  qo`l  lupasiga  nisbatan  kattaroq  ko`rsatadi?—chunki  unung  tagiga  kattalashtiruvchi 

ikkita linza bo`ladi. 

100. Zamburug`lar, bakteriyalar, shilimshiqlar hamda ko`k-yashil suvo`tlarda …bo`lmaydi?—plastidalar. 

101. Mag`izning ikkinchi nomi?—yadro. 

102. O`simlik hujayralari qaysi xususiyatiga qarab bir-biridan farq qiladi?—qaysi organga tegishliligiga qarab. 

103.  Hujayraning qaysi organoidining  uch ko`rinishi mavjud?--plastidalarni 

104. Hujayralarning bir-biridan farqi nimaga bog`liq?—o`simliklarning turiga va yashash sharoitiga bog`liq. 

105. Nima uchun piyoz po`stidan preparat tayyorlash oson?—yupqa va shaffof bo`lganligi uchun. 

106. Piyoz hujayrasiga xos xususiyatlar?—1.hujayrasi cho`ziq  2.zich joylashgan   3.plastidalari rangsiz.  

107. Yirik hujayraga misol?—chigit hujayrasi. 

108. Elodiya o`simligi qayerda ko`proq o`sadi?—akvarium devorlarida. 

109. Sellofan  xaltachadagi  xamirnni  stakandagi  yodli  suvga  tushuruvchi  laboratoriyadan  maqsad  nimani 

tushuntirish?—hujayra qo`big`idagi teshikchalar (porachalar) borligini. 

110. Vaqt o`tishi bilan qari hujayralarda nima butunlay yo`qola boshlaydi?—sitoplazma va mag`iz. 

111. Hujayra  bo`linishida  qanday  biologik  o`zgarishlar  sodir  bo`ladi?—1.mag`iz  yiriklashadi    2.oldingi  shaklini 

yo`qotadi   3.oldingi qobig`ini yo`qotadi. 

112. Hujayra qobig`idagi yarim o`tkazuvchanlik deganda nimani tushunasiz?—tanlab o`tkazish. 

113. Hujayralar o`sishini mikroskopda kuzatish mumkinmi?—kuzatish mumkin (qiyinroq). 

114.  3-4 sm raqamlariga misol?—chigit hujayrasi va mikroskop stol chekkasidan narida turishi. 

115.  Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan biri bu-?--ularning xujayradan 

tuzilganligidir. 

116.  Bir hujayrali o`simliklarga qaysilar kiradi?--xlorella, xlamidomanada. 

117.  Ko`p hujayrali o`simliklarga qaysilar kiradi?--barcha yuksak o`simliklar. 



Akmaljon Ma’rupov & Davron Sultonov  

@biologiya_fardu telegram kanali 

17 

118.  Mikroskop so`zining ma`nosi?--yunoncha “mikros”-kichik, “skoneo”-ko`raman degan ma`noni anglatadi. 



119.  Mikroskop preparatni necha marta kattalashtirib ko`rsatadi?--ming marta va undan ko`p. 

120.  Zamonaviy mikroskoplar buyumni necha marta kattalashtib ko`rsatadi?--yuz ming marta. 

121.  Mikroskopning okulyari 38, obektivi 41 bo`lsa tarvuz hujayrasi necha marta      kattalashtirilmoqda?—1558 

marta. 


122. O`simlikning qaysi qismida g`amlash xususiyatiga ega hujayralar bo`ladi?—urug, ildiz va boshqa organlarida. 

123. Bilamizki hujayralar shakli, hajmi va joylashishiga qarab biri-biridan farq qiladi, hujayralardagi bu farq nimaga 

bog`liq?—o`simlik turiga va yashash turiga. 

124. Hujayralarning xilma-xilligini ko`rish uchun nimalar qilish kerak?—uning turli organlaridan preparat tayyorlash 

kerak. 

125. Piyoz hujayradidan preparat tayyorlash uchun birinchi nima ish qilinadi?—uning qurigan po`stidan tozalanadi. 

126. Mikroskopda ko`riladigan chigit tuki yoki piyozning shaffof hujayralarini buyum stolchasida nima bilan 

to`g`riladi?—nina bilan. 

127. Hujayradagi qaysi jarayon hammani qiziqtiradi?—hujayra ichidagi tirik qismning harakati. 

128. Odamlar tomonidan o`stiraladigan o`simlik?—elodiya. 

129. Hujayraning oziqlanishi va nafas olishi qanday jarayonda amalga oshadi?—quyosh nuri ta`sirida suv va unda 

erigan turli moddalar hamda kislorod bo`lgan holdagina. 

130. Hujayralardagi qaysi jarayonlarni kuzatish ancha murakkab xisoblanadi?—hujayraning bo`linishi. 

131. Hujayra mag`izi qachon o`z shaklini o`zgartiradi?—bo`linishdan oldin. 

132. Qaysi o`simliklar hujayralarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin? (4ta)—1.limon  2.mandarin       

       3.pomidor  4.tarvuz. 

133.  Xloroplastlarda qanday pigmentlar bo`ladi?—xlorofill pigmentiga ega plastidalar. 

 


Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish