Qiska xulosalar.
Martaba (mavqe)- bu personalning o‘z mehnat istiqboli to‘g‘risidagi sub’yektiv ravishda anglab yetilgan fikr-mulohazalari, o‘z-o‘zini namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil qilish borasida kutilgan yo‘llardir.
Martaba ikki turga , ya’ni kasb martabasi va tashkilot ichida martaba bo‘linadi.
Martabani rejalashtirishni asosiy vazifasi -bu kasbiy va tashkilot ichida martabaning o‘zaro ta’sirini ta’minlashdir.
Xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilib borish - bu xodimni tashkilotga ishga qabul qilishdan to uni ishdan bo‘shatish tahmin qilingan vaqtgacha, uning lavozimlar tizimi yoki ish o‘rinlari bo‘yicha rejali ravishda gorizontal va vertikal ilgarilab borishini yo‘lga qo‘yishdir.
Martabani rejalashtirishning Yaponiyadagi, «umrbod yollash tizimi»ning mohiyati shundaki, inson ma’lumot olgach kompaniyaga ishga kiradi va u yerda pensiyaga chuqquncha ishlaydi. Bu tizim kafolatlangan ish bilan bandlik shakllaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |