Dastlabki bosqich - maktabda o‘qishni, o‘rta va oliy ma’lumot olishni o‘z ichiga oladi hamda 25 yoshgacha davom etadi. Ana shu davr mobaynida inson faoliyat turlarini izlash maqsadida bir nechta ishni almashtirishi mumkin. Bu ishlar uning ehtiyojini qondirish va imkoniyatlariga javob berishi uchun qilinadi. Agar u darhol ana shunday faoliyat turini topsa uning shaxs sifatida o‘z-o‘zini namoyon qilish jarayoni boshlanadi, o‘zining yashash xavfsizligi to‘g‘risida qayg‘uradi.
Shundan keyin, rivojlanish bosqichi boshlanadi, u taxminan besh yil - 25 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Bu davrda xodim tanlangan kasbini o‘zlashtirib oladi, zarur ko‘nikmalar hosil qiladi, uning malakasi shakllanadi, o‘z-o‘zini namoyon qilishi sodir bo‘ladi va mustaqillik o‘rnatishga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Xodimni yashash xavfsizligi, sog‘lig‘i haqida g‘amho‘rlik qilish qiziqtira boshlaydi. Odatda, bu yoshda oilalar vujudga keladi va shakllanadi, shuning uchun ham tirikchilik o‘tkazish uchun eng kam ish haqidan yuqori ish haqi olish istagi paydo bo‘ladi.
Ko‘tarilib borish bosqichi - odatda 30 yoshdan 45 yoshgacha davom etadi. Ana shu davrda malakaning ortishi, xizmatda ko‘tarilish jarayoni yuz beradi. Amaliy tajriba, malaka hosil bo‘ladi, o‘z-o‘zini namoyon qilishga, tag‘in ham yuqoriroq mavqyega mustaqillikka ega bo‘lishga ehtiyoj ortadi, shaxs sifatida o‘z fikrlarini bildirish kuchayadi. Bu davrda xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojni qondirishga kamroq e’tibor beriladi, xodimning diqqat-e’tibori mehnat haqining ko‘payishiga va sog‘lig‘i haqida bosh qotirishga qaratiladi.
Saqlanib qolish bosqichi - erishilgan natijalarni mustahkamlash harakatlari bilan ajralib turadi va 45 yoshdan 60 yoshgacha davom etadi. Malakaning yuqori cho‘qqisiga erishiladi, faol g‘ayrat va maxsus ta’lim olish tufayli malaka yanada takomillashadi, xodim o‘z bilimlarini yoshlarga berishga qiziqib qoladi. Bu davr ijodkorlik bilan ajralib turadi, bu sohada yangi xizmat pog‘onalariga ko‘tarilish yuz berishi mumkin. Odam mustaqillik va o‘zini namoyon qilish cho‘qqisiga erishadi. Haqli ravishda o‘ziga va boshqa kishilarga nisbatan hurmat - e’tibor berilishini xohlaydigan bo‘lib qoladi. Garchi bu davrda xodimning ko‘pgina ehtiyojlari qondirilgan bo‘lsa ham, uni o‘ziga to‘lanadigan mehnat haqining darajasi qiziqtiradi, lekin boshqa daromad manbalariga katta qiziqish (masalan, boshqa tashkilotlarning foydasida, aksiyalari, obligasiyalarida ishtirok etish) paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |