5 mavzu Korxona va tashkilotlardagi xizmat martabasini boshqarish
Reja: 1. Martaba tushunchasi va uning bosqichlari 2. Xizmat martabasini boshqarish
Martaba tushunchasi va uning bosqichlari
5.1 Martaba (mavqye) - bu personalning o‘z mehnat istiqboli to‘g‘risidagi sub’yektiv ravishda anglab yetilgan fikr-mulohazalari, o‘zini o‘zi namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil qilish borasidagi kutilgan yo‘llaridir. Bu xizmat pillapoyasidan tadrijiy ravishda ilgarilab borish, xodim ko‘nikmalari, qobiliyatlari, malaka imkoniyatlari va faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ish haqi miqdorlarining o‘zgarishidan iborat.
Boshqacha qilib aytganda, martaba - bu insonning mehnat qilish bilan bog‘liq hayoti mobaynidagi ish tajribasi va faoliyati bilan bog‘liq alohida anglab yetilgan mavqyei va hulq-avtoridir.
Martabaning ikki turi - kasb martabasi va tashkilot ichidagi martaba mavjud.
Kasb martabasi shu narsa bilan ajralib turadiki, muayyan bir xodim o‘zining kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning turli-tuman bosqichlaridan o‘tadi: ta’lim olish, ishga kirish, kasb-hunar sohasida o‘sish, o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, pensiyaga chiqish. Xodim bu bosqichlarni izchillik bilan turli tashkilotlarda ishlash bilan o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Kasb martabasi bilan bir qatorda tashkilot ichidagi martabani ajratib ko‘rsatish mumkin. U xodimning bir tashkilot doirasida rivojlanish bosqichlarining izchillik bilan almashinib borishini qamrab oladi.
Xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilib borish shundan iboratki, xodimni tashkilotga ishga qabul qilishdan boshlab to uni ishdan bo‘shatish taxmin qilingan vaqtgacha uning lavozimlar tizimi yoki ish o‘rinlari bo‘yicha rejali ravishda gorizontal va vertikal ilgarilab borishini yo‘lga qo‘yish zarur. Xodim faqat o‘zining Qiska muddatli emas, balki uzoq muddatli istiqbolini, shu bilan birga xizmatda ko‘tarilishi uchun qanday ko‘rsatkichlarga erishmog‘i zarurligini ham bilishi darkor. Masalan, martabani rejalashtirish shakllaridan biri Yaponiyada tarqalgan umrbod yollash tizimidir. Ushbu tizim ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo‘ldi hamda o‘zining hayotiyligi va samaradorligini isbotladi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, inson ma’lumot olgandan so‘ng kompaniyaga ishga kiradi va u yerda pensiyaga chiqquncha ishlaydi. Ana shu davrda xodim bir necha joyni almashtirishi, faoliyat sohasini o‘zgartirishi, xizmat bo‘yicha ko‘tarilishi mumkin, lekin bularning hammasi bitta kompaniya doirasida ro‘y beradi.
Martabani rejalashtirish va amalga oshirishning asosiy vazifasi kasbiy va tashkilot ichidagi martabalarning o‘zaro ta’sirini ta’minlashdir. Bu ta’sir bir qator vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi, chunonchi:
- tashkilot maqsadlari bilan ayrim xodim maqsadlarining o‘zaro bog‘liqligiga erishish;
- martabani rejalashtirishning muayyan xodimga qaratilishini ta’minlash, bundan maqsad o‘ziga xos ehtiyojlari va vazifalarini hisobga olishdir;
- martabani boshqarish jarayonining oshkoraligini ta’minlash;
- martabaning boshi berk ko‘chalari»ga barham berish, amalda ularda xodimning rivojlanishi uchun imkoniyat yo‘q bo‘ladi;
- martabani rejalashtirish jarayoni sifatini oshirish;
-muayyan xizmat sohasida o‘sishning ko‘rgazmali va idrok etiladigan mezonlarini shakllantirish;
-personalning martabaga bo‘lgan layoqatini o‘rganish;
-noreal umidlarni Qiskartirish maqsadida xodimlarning martabaga intilishiga asosli baho berishni ta’minlash;
-xizmat sohasida o‘sish yo‘llarini aniqlash; bu yo‘llardan foydalanish zarur vaqt va o‘rinda xodimlarga bo‘lgan miqdor va sifat ehtiyojlarni qondiradi.
5.2. Inson martabaning turli bosqichlarida turli ehtiyojlarini qondiradi.
Dastlabki bokichi
Rivojlanish boskichi.
Kutarilib borish boskichi.
Saklanib kolish boskichi.
Yakunlanish boskichi.
Personal faoliyat turlarini izlash va uz mutaxassis-ligi buyicha ishlarni al-mashtirish davri.
Personal maxsus kasbni tanlab oladi va ishga kunikma xosil kilish davri.
Personal uz ishi buyicha malaka oshiradi, lavozimlarga kutariladi va martabasi oshib borish davri.
Personal malaka va mutaxassis-likning yukori chukkisiga erishgan va yukori lavo-zimlarda ishlaydigan davri.
Personal faoliyati davrini tugatib nafakaga chikish va raxbarlik lavozimini topshirish vakti.