Milliy taomlar
Qoraqalpoq milliy oshxonasida ko’pincha un va yormadan tayyorlangan taomlardan tashkil topgan. Ularning orasida jugar unidan tayyorlangan go’shtli uzma hamir- beshbarmoq mashhurdir. Uning hamiri jugar uni, tuz va qaynatilgan suvdan qoriladi. So’ng, hamirni uzunchoq shaklda kesib chiqiladi va unda barmoqlarning shakli aks etadi. Keyin, uni go’shtli bulyonda qaynatiladi. Tayyor hamir uzmalarining ustiga go’sht va piyozli souv qo’shiladi.
Bug’doy unidan nonlar yopishadi. Katta tovoqda hamirni aralashtirib, uni o’qlovda yoyiladi. Ana shu hamirning o’zidan ingichka qilib yoyilgan va mayda kesilgan to’rtburchak hamir bo’laklari-baursak, va qo’lda yoyilgan hamirdan tayyorlangan qovurilgan nonlar - sozban tayyorlanadi. Shu hamirning o’zidan yana 2 xildagi ugra: kespas va kaysas tayyorlanadi. Kespas- naychaga juda ingichka qilib yoyilib va mayda qilib ugra qilib kesiladigan non hisoblanadi. Kaysas ni ham ana shunday tayyorlanadi, faqat unga yog’ ham qo’shiladi.
Ak saulak- tayyorlash uchun, bug’doy unidan qilingan hamir juda nozik katta non qilib yoyiladi va qizib turgan qozonda pishiriladi. Nonlarni qatiq yoki sariyo’g bilan tortiladi. As saulak bayramlar oldindan tayyorlab, quritib qo’yilib, bayram kunlarida bulyon va go’shtli taomlarga qo’shiladi.
Qoraqalpoqlarning yana bir mashhur taomi mayek borek hisoblanadi. Yoyilgan hamirni kvadrat shaklda kesib chiqilib, convert shakliga keltirilib, uning ichiga ko’pirtirilgan tuxum va eritilgan yog’ qo’shiladi. Qozonda piyozni qovurilib, uning ustiga suv quyiladi. Quv qaynashi bilan, mayek borek ni qaynatiladi.
Qirg’oq bo’yidagi hududlarda deyarli barcha taomlar baliqdan tayyorlangan. Ularning orasida jugar yoki tariq undan tayyorlangan uzma xamirli baliq sho’rvasi yoki qovurilgan va quritilgan baliq mashhur hisoblanadi.
Qovunlar, tarvuzlar va qovoqlar quritilib, shirinlik sifatida tanavvul qilinadi.
Raqs
Qoraqalpoqlarning raqs san’ati o’ziga xos xususiyatlarga ega. Qoraqalpoq raqs harakatlari kayfiyat va hissiyot orqali ifodalanadi. U titroq tana harakatlari, shuningdek, mohirona oyoq harakatlari, nafis va murakkab sharqona qo’l harakatlari va o’ziga xos yelka va bosh harakatlari orqali namoyon bo’ladi.
XIX asrda Xiva xonligiga tashrif buyurgan fors diplomati Rizo-quli Mirza xonlik xalqini ta’riflab, qoraqalpoqlarning, ayniqsa, erkaklar bayramlar kunlarida raqs tushishni yaxshi ko'rishlarini ta'kidladi. Erkak raqslaridan tomoshabinlar quvvat olishadi; erkaklarning “hu” va “ha” tovushlarining kuchi nafaqat raqqoslarni ruhlantiradi, balki tomoshabinlarni ham hayajonga solib, yurak urishini tezlashtiradi va yashashga turtki beradi.
XX asrda qoraqalpoq xalq raqslari professional darajaga chiqib, sahnalarda namoyish etila boshlandi. Ko’plab xoreografik namoyishlar, shu jumladan, “Ayqulash” (Oydin kecha), “Shagala” (Baliqchi qush), “Aral jigitleri” (Orollik yigitlar), “Shopanlar” (Cho’ponlar), “Qarauy” (Yurta), “Kiyiz basu” (Kigiz bezagi), “Suo’gabargan qiz” (Suv olish uchun kelgan qiz) va boshqalar., oddiy qoraqalpoq xalqining etnografik motivlari, ana’nalari, urf-odatlari bilan bog’liq.
Misol uchun, “Kigiz bezagi” raqsida butun kigizni bezatish jarayoni aks etgan., garchi raqs, haqiqiy mehnat jarayonining deyarli butunlay takrorlanadigan "mehnat" harakatlariga asoslangan bo'lsa-da, u she'riy shaklga ega bo'ldi.
“Ayqulash” raqsi, ilk sevgi hissi uyg’onadigan, oydin kechagi yoshlarning xalq sayllarini o’zida aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |