2.
Tovar tadqiqotlarining yo'nalishlari.
Marketing tadqiqotlarida tovarni tadqiq etish quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:
Yangi tovarlar ishlab chiqish buyicha izlanishlar olib borish
Savdo markasi obro'yini tadqiq qilish
Tovarlarni testdan o'tkazish
Tovar o'ramasini tadqiq etish
Tovarning hayot davrini tahlil qilish
Tovarlardan foydalanish sohalari tadqiqotlari.
Bunda asosan marketing tadqiqotlarining so'rov, kuzatuv, eksperiment uslublari keng
qo'llaniladi.
Yangi tovarlarni ishlab chiqish tadqiqotlari.
Tovar tadqiqotlarining muhim yo'nalishlaridan biri yangi mahsulot bo'yicha izlanishlar
bo'lib hisoblanadi. Chunki zamonaviy bozor sharoitida raqobatchilardan o'zish maqsadida doimiy
ravishda assortimentni yangilab, iste`molchilar qiziqishini saqlab turish muhimdir. Yangi mahsulot
mavjud mahsulotning modifikatsiyasini yoki iste`molchi muhim deb hisoblaydigan yangilikni
kiritishni nazarda tutadi. Iste`molchi yangi va takomillashgan mahsulotlarni xohlaydi va kutadi.
Raqobatchilar ham ularni bunday yangiliklar bilan ta`minlash uchun barcha harakatlarni amalga
oshiradilar. Demak, har bir firmada yangi tovarlarni ishlab chiqarish dasturi bo'lishi kerak.
Korxona yangiliklarga ikki yo'l bilan ega bo'lishi mumkin. Birinchidan, chetdan sotib olishi
yo'li bilan, ya`ni qandaydir firmani yoki birovning tovarini ishlab chiqarish uchun patent yoki
litsenziyaga eãà bo'lish hisobiga yoki franchayzing huquqi asosida. Ikkinchidan, o'z harakatlari
tufayli, ya`ni o'zida tadqiqotlar va ishlanmalar bo'limini yaratish orqali. "Yangiliklar" deganda
mavjud tovarlarning original, yaxshilangan variantlari va modifikatsiyalari, shuningdek, markalar
ham nazarda tutiladi.
Mahsulot yangiliklari, ya`ni yangi mahsulotlarning yaratilishi va o'zlashtirilishi
differentsiatsiya ¸êè diversifikatsiya shaklida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, mahsulot
differentsiatsiyañè o'zlashtirilgan bozorga firmaning mahsulot dasturida mavjud mahsulotlar
asosida ishlab chiqilgan yangi mahsulotlarning chiqarilishini tahlil qiladi. Bunga, bir tomondan,
iste`molchilar orasida ehtiyojlar differentsiatsiyasining chuqurlashuvi, boshqa tomondan esa,
huquqiy aktlar (masalan, har xil bozorlarda, ayniqsa chet el bozorlaridagi turli xil talablar) sabab
bo'lishi mumkin.
Diversifikatsiya deganda korxonaning sotish dasturini yangilash tushuniladi. U
quyidagilardan iborat:
- korxona ishlab chiqarish-texnologik, ta`minlash va sotish jihatidan eski mahsulotga bog'liq
bo'lgan, lekin yangi iste`molchilar yoki bozorlar uchun mo'ljallangan
Do'stlaringiz bilan baham: |