Marketing tadqiqotlari



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/207
Sana01.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#295862
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207
Bog'liq
marketing tadqiqotlari

O'sish bosqichi.
  Bu  erdagi  marketing qarorlari kengayib  boruvchi talab  sharoitida  bozorni 
qamrab  olish  darajasiga  mo'ljallanadi.  Bozorga  keyingi  kirib  borish  sifatni  yaxshilash  va  tovar 
assortimentini  kengaytirish,  sotishni  intensivlash,  buyurtmalar  bajarilishining  nazoratini 
ko'chaytirish,  ustun  segmentlarni  tanlash  va  hokazo  bilan  bog'liq.  Amalda  yangi  tovarni  takroran 
xarid  qilayotgan  faol  xaridorlarga  ko'p  sonli  boshqa  xaridorlar  qo'shiladilar.  Texnologiyani 
takomillashtirish jarayonidà tovarning yuqori sifati barqaror bo'ladi. Narx yo yuqori bo'lib qoladi, 
yo o'sib boradi. Bozordagi talab kuchayadi. Korxona ancha foyda olishga kirishadi, bu foyda o'sib 
boradi  va  ushbu  bosqichning  oxiriga  kelib  maksimumga  etadi.  Korxona  bu  bosqichning  ko'proq 
davom  etishidan  manfaatdor,  shuning  uchun  hamma  harakatlarni  sotish  hajmining  o'sishiga 
qaratish  kerak.  Buning  uchun  qo'yidagilar  zarur:  tovar  sifatini  oshirish,  bozorning  yangi 
segmentlarini  o'zlashtirish,  mazkur  tovarni  sotishning  qamrab  olinmagan  kanallarini  topish, 
iste`molchini reklama qilinayotgan tovarlar xususiyatlarining afzalligi  haqida  ishontirishni davom 
ettirib reklamaning faolligini oshirish. 
Etuklik  bosqichi.
  Tovar  yirik  partiyalarda,  ishlangan  texnologiyalar  bo'yicha  yaxshilangan 
sifat  bilan  ishlab  chiqariladi.  O'sish  bosqichidagiga  qaraganda  sekinroq,  lekin  uning  maksimal 
belgisigacha  o'sish  jarayoni  ro'y  beradi.  Narx  sohasida  o'xshash  tovarlar  doirasidagi  raqobat 
keskinroq  bo'ladi,  raqobatchilarning  noyob  (original)  ishlanmalari  paydo  bo'ladi.  Raqobatbardosh 
vaziyatni saqlab qolish uchun tovarning yaxshilangan variantlari talab etiladi, bu esa ko'p hollarda 
katta  mablag'larni  jalb  etadi.  Bularning  hammasi  foydaning  kamayishiga  olib  keladi.  Talab 
ommaviy  bo'ladi.  Reklama  ishida  ommaviy  xaridorga  urg'u  berish  va  yangi  tovar  va  yangi 
foydalanuvchilar  uchun  qo'shimcha  bozorlarni  izlash  lozimligi  ro'y  beradi.  Korxona  tez-tez  xarid 
qilishni  rag'batlantirish  tizimini  ishlab  chiqadi.  Tovarning  hayotini  uzaytirish  va  sotish  hamda 


 
69 
 
foydaning  kamayishiga  yo'l  qo'ymaslik  uchun  marketing  xizmati  tovar,  bozor  va  marketing 
kompleksini modifikatsiyalash usullarini izlashi zarur. 
Tovarning hayotiy davrini uzaytirishning klassik misoli sifatida neylonning sotilishini olish 
mumkin. Vaqt o'tishi  bilan uni qo'llashning  yangi sohalari ochilib  bordi:  parashyutlar, chulki,  ich 
kiyim, ko'ylaklar, gilamlar. Shunga o'xshash misolni "Samarqandmarmar" korxonasi bo'yicha ham 
keltirish mumkin. U bozorda o'zlashtirilmagan uyani topa oldi va ko'proq raqobatbardosh mahsulot 
-  marmar  plitalar  va  yarimfabrikatlarni  ishlab  chiqishga  o'tdi.  Bu  esa  unga  modifikatsiyalangan 
tovari  bilan  yangi  bozorlarni  va  tovarni  ishlatishning  yangi  sohalarini  muvaffaqiyatli  egallashga 
imkon berdi. 
Chiqish  bosqichi  -  sotishning  tushib  ketishi  va  foydaning  keskin  kamayishi  tavsiflanadi. 
Bunga raqobatchilarning  muvaffaqiyatli  faoliyati, texnologiyadagi o'zgarishlar,  iste`molchilarning 
bozor  tovarlarini  afzalroq  ko'rishlari  yordam  beradi.  Raqobatchilar  mazkur  tovarning  bozoridan 
chiqa boshlaydilar; qolgan ishlab chiqaruvchilar uning assortimentini qisqartirishga, o'zining bozor 
makonini  toraytirishga  majbur  bo'ladilar,  ularning  sotish  kanallari  kamaya  boshlaydi.  Marketing 
dasturi  qisqaradi,  norentabel  mahsulotning  ishlab  chiqarishdan  olinishi  ro'y  beradi.  Ba`zan 
mahsulotni tiriltirish va uning hayotini davom ettirishga harakat qilib ko'rish mumkin. Ya`ni: 
1.  Faol  reklama,  o'ramni  takomillashtirish,  narxlarni  o'zgartirish,  sotish  tizimini  qaytadan  tashkil 
etish hisobiga. 
2. Bu tovarlarga  sodiq bo'lgan  iste`molchilarga tayanish  mumkin, tovarning qolganini  ham sotish 
va  ishlab  chiqish  hamda  sotish  xarajatlarini  keskin  kamaytirib  qolgan  foydani  oxirigacha  "siqib 
olish" mumkin. 
3. Yangi bozorlarga kirish va ularni o'zlashtirish.  
Agar  bu  choralar  ijobiy  natija  bermayotgan  bo'lsa  -tovar  ishlab  chiqarishni  to'xtatishga  o'tish 
variantè  qoladi.  Iste`molchilar  va  sotish  kanallari  tovarni  ishlab  chiqarishning  to'xtatilish  vaqti, 
shuningdek, kafolat majburiyatlarga rioya etilishi, kafolatlar tugagandan keyin ta`mirlashni amalga 
oshirish  tartibi,  ishlab  chiqarishdan  olingan  mahsulotning  belgilangan  vaqt  davomida  yordamchi 
qismlar  bilan  ta`minlanishi  haqida  oldindan  ogohlantirilishi  kerak.  Bularning  hammasi  firmaga 
bo'lgan  ishonch  yo'qolmasligining  va  iste`molchilar  firmaning  yangi  tovarlarini  ijobiy  qabul 
qilishlariga ko'maklashadi. 
Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifasi tovarning bozordagi hayotiy davrini, va ayniqsa, 
uchinchi  bosqichining  davomiyligini  uzaytirishdir.
  Korxonaning  istiqboldagi  gullab-yashnashi  u 
ishlab  chiqarayotgan  har  xil  tovarlarning  hayotiy  davrlari  bir-birining  ustidan  o'tgandagina 
ta`minlanadi.  Bu  bozor  bitta  tovar  bilan  to'yinishigacha  bozorga  keyingi  tovarni  chiqarish 
kerakligini bildiradi. 
Firmalar egri chiziq jarayoniga innovatsiya orqali, mavqelashtirishni o'zgartirish, tovarning 
iste`molchilar  boshqa  guruhi  tomon  harakat  qilishiga  yordam  berish  va  uni  modifikatsiyalash 
orqali  ancha darajada ta`sir etishi  mumkin. Buning uchun doimiy ravishda  marketing tadqiqotlari 
olib borish kerak. Har bir bosqichda korxona o'ziga biror maqsadni qo'yishi mumkin: 

 
bozorga chiqarish bosqichini qisqartirish; 

 
o'sish jarayonini tezlashtirish; 

 
etuklik bosqichini iloji boricha ko'proq davom ettirish. 

 
chiqish bosqichini sekinlashtirish. 

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish