O'rama dizayn qilingandan keyin quyidagi testlardan o'tishi kerak:
1.
Muhandislik testi - tabiiy sharoitlar o'zgarishining upakovkaga ta`siri o'rganiladi.
2.
Vizual test - matn va rangning mosligi tekshiriladi.
3.
Dilerlik testi - vositachilar uchun tanishishning qulayligi tekshiriladi.
4.
Iste`molchi testi - iste`molchilarga yoqish-yoqmasligi taxlil etiladi.
O'ramani tadqiq qilish tovar tadqiqotlariga kiradi va uning asosiy vazifasi bozor qatnashchilari,
asosan iste`molchilar tomonidan o'rama qanday qabul qilinayotganligi haqida ma`lumot yig'ish,
qayta ishlaø hamda o'rama dizaynida foydalanishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |