Tajribaning (eksperiment) ishonchliligi va unga ta’sir etuvchi omillar
Eksperiment(tajriba) deb bitta yoki bir nechta mustaqil o‘zgaruvchilarning o‘zgarishi boshqa bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatishi aniqlanadigan tadqiqotga aytiladi. Ushbu usulning o‘ziga xos belgilari:
izolyatsiya qilinuvchi o‘zgarishlar (ayrim kattaliklar tadqiqotchi tomonidan variatsiyalanadi, boshqalari iloji boricha doimiy bo‘lishi lozim);
tadqiqotchi ma’lumotlarning paydo bo‘lish jarayoniga faol aralashadi;
sabab-oqibat aloqalari tekshiriladi (masalan, mahsulot o‘rovi rangining sotuv hajmiga ta’siri).
Tajriba odatda hodisa bilan sabab- oqibat munonasabatlarini aniqlashtirish uchun qo‘llaniladi. Boshqacha aytganda, eksperiment deb, mustaqil o‘zgaruvchilarning o‘rganilmayotgan boshqa ko‘rsatkichlarga ta’sir ustidan
nazoratni saqlagan holda bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlarga ko‘rsatuvchi ta’sir darajasini aniqlash maqsadida ular bilan ishlash tushuniladi. Mustaqil o‘zgaruvchilar (narx, reklama harajatlari va hokazo) eksperiment o‘tkazuvchining istagi bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan bir paytda bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko‘rsatkichi) uning beovsita boshqaruv sohasida bo‘lmaydi. Ularni mustaqil o‘zgaruvchilar kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirib bo‘lmaydi.
Eksperimentlarning ikki xil turi mavjud: laboratoriya va dala tajribalari. Ulardan birinchisini o‘tkazishda qo‘shimcha omillarning ta’sirini yo‘qqa chiqarish maqsadida sun’iy sharoitlar yaratiladi. Masalan, reklamaning har xil turlariga xaridorlarning reaksiyasini baholashda shunday xaridorlarni taklif etish kerakki, ular jinsi, yoshi, ijtimoiy holati bo‘yicha reprezentativ bo‘lsin. Laboratoriya eksperimentlari qo‘shimcha omillar ta’sirini nazorat qilishdan tashqari nisbatan arzon hisoblanadi va ularni o‘tkazish uchun kamroq vaqt talab qilinadi.
Oxirgi yillarda laboratoriya eksperimentlarini o‘tkazishda kompyuter texnikasidan toboro keng foydalanilmoqda. Kompyuterlashtirilgan dastur-savollar
mavjud bo‘lib, iste’molchilarni supermarketga virtual tashrif buyurish va xarid uchun tovar tanlashga imkon beradi. Kompyuter ular qilgan xaridlarni qayd etadi va ularning marketing majmui ma’lum bir elementlarini (narx, tovar o‘rovi rangi va shakli, do‘kon ichida tovarni harakatlantirish usullari)
qo‘llashga reaksiyasini baholaydi.
Dala eksperimentlari real sharoitlarda: do‘konlarda, iste’molchilarning uylarida va boshqa joylarda o‘tkaziladi. Garchi bunday eksperimentlar natijalari laboratoriya eksperimenti natijalariga nisbatan ko‘proq ishonchga loyiq bo‘lsada, ularni o‘tkazishda qo‘shimcha omillar ta’sirini aniq hisobga olish qiyin, ular amalga oshirish uchun ko‘proq vaqt va xarajatlar talab qiladi.
Marketingda dala eksperimenti xarakteriga
ega eksperiment o‘tkazishning ko‘plab usullari «sinov tariqasidagi marketing» noma ostida ma’lum. Kompaniyalar bunday eksperimentlarni bitta yoki bir nechta shaharda o‘tkazishi mumkin. Eksperiment o‘tkazishda odatda ikkita maqsad ko‘zlanadi: yangi
mahsulotning potensial sotuv hajmini aniqlash va yangi mahsulotni sotishda marketing majmuining ayrim elementlarini qo‘llash samaradorligini topish.
Bunday sinov marketingini o‘tkazishda turli bozorlar tadqiqot ob’ekti sanaladi,
shuning uchun eksperiment faoliyati ko‘pincha bozorni sinovdan o‘tkazish deb ham ataladi.
Bozorni sinovdan o‘tkazish standart, nazorat qilinuvchi, elektron va imitatsion turlarga tasniflanadi.
Standart turini qo‘llashda firma mahsulot va marketing majmuining boshqa elementlarini
mazkur firma tomonidan foydalaniluvchi odatiy sotuv kanallari orqali sinab ko‘radi. Bu usul juda qimmat bo‘lib, uni o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. bundan tashqari, u konfidensial sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |