Marketing tadqiqotlari



Download 3,61 Mb.
bet192/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Tashqi omillar nazorati


Tashqi omillar nazoratini o‘rganadigan bo‘lsak, eng avvalo bozor tadqiqotlaridan boshlaymiz. Chunki har qanday firma yoki korxona tadqiqotlari bozorda ro‘y beradigan tendensiyalarga borib taqaladi va bozorda sinab ko‘rish usullarnini o‘rganishni taqozo etadi.

Bozorni sinab ko‘rishning nazorat qilinuvchi usuli tovarlarni sotishni eksperimentdagi ishtiroki uchun rag‘batlantiriluvchi distribyutorlar orqali amalga oshiruvchi ixtisoslashgan tadqiqot firmalari tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu usulning afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Mazkur usulning kamchiligi shundaki, distribyutorlarning sotuv kanallari firma tomonidan amalda qo‘llanuvchi kanallarga mos kelmasligi mumkin. Ushbu usulning tadqiqot natijalari ma’lumotlarini elektron tizimda namoyon bo‘lishi mumkin.

Bozorni sinab ko‘rishning elektron usuli shunda namoyon bo‘ladiki, iste’mol paneli ishtirokchilari tovarni xarid qilishda taqdim etish uchun maxsus identifikatsiya kartochkalari oladi. Sinovdan o‘tkazilayotgan va boshqa tovarlarni xarid qilishda xaridorning demografik belgilari avtomatik ravishda qayd etiladi. Bunday sinovlar

faqat chakana savdo korxonasi bunday eksperimentda qatnashishga rozilik bergan shaharlarda o‘tkaziladi. Elektron usul eksperiment o‘tkazishning tez va arzon o‘tkazilishi, olingan natijalarning



maxfiyligini ta’minlaydi. Biroq bu usul real bozorga mos kelmasligi mumkin.

Amaliyotda elektron sinov usulidan kabel televideniyesi orqali

foydalanish kuzatilmoqda. ularni birgalikda qo‘llash kompaniyaning panel a’zolariga ma’lum bir reklamani namoyish etish imkonini yaratadi,

bunda bitta panel tarkibijagi turli guruhlarga har xil reklama ko‘rsatiladi. Bu guruhlar a’zolari bitta tumanda istiqomat qiladi va xaridni ham bitta do‘konda amalga oshiradi. Xaridlar hajmining reklama xarajatlari bilan aloqasi o‘rganiladi. Bunday eksperimentlarni o‘tkazish qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Do‘konlarda tovarlarning ochiqligi kafolatlanadi, eksperiment o‘tkazish haqidagi axborot maxfiy saqlanadi, reklama faoliyati aniq tartibga solinadi. Dastlabki va takroriy xaridlar, ularni amalga oshirish payti aniq qayd etib boriladi.

Imitatsion usul real sharoitlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda iste’molchilarning yangi mahsulotga reaksiyasini o‘rganishni nazarda tutadi. Tanlab olingan iste’molchilarga ayrim tovarlarni sotib olish maqsadida pul beriladi, bu tovarlar orasida sinovdan o‘tkazilayotgan tovar ham bo‘ladi. Bunda turli tovarlarga, jumladan sinovdan o‘tkazilayotgan tovarlarga yo‘naltirilgan reklama va tovarni ilgari surishning boshqa usullari namunalari sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Olingan natijalar tahlili yangi tovarni baholash va uni ilgari surishning samarali usullarini tanlashga imkon beradi.

Bozorni sinovdan o‘tkazish iste’mol tovarlari uchun ham, ishlab chiqarish- texnika yo‘nalishidagi tovarlar uchun ham amalga oshiriladi.



Bozorni sinovdan o‘tkazish usullarinnig asosiy kamchiliklardan biri ularning bir nechta shaharda yoki juda cheklangan dastur doirasida o‘tkazilishida ancha qimmat bo‘lishidir. Bundan tashqari, sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulot raqobatchilarga ma’lum bo‘lib qoladi. Ular esa tezlik bilan xuddi shunday mahsulot yaratishi va bozorga birinchi bo‘lib chiqishi mumkin. Eksperiment o‘tkazish va marketing qarorlari qabul qilish orasidagi vaqt muhim ahamiyat kasb etadi, chunki aynan vaqt omili ko‘pincha hal qiluvchi omil bo‘lib chiqadi. Eksperimentatorlar ikki alanga o‘rtasida qoladi. Bir tomondan, ishonchli natijalar olish uz oq muddatli eksperiment o‘tkazishni talab qiladi. Boshqa tomondan esa, bu holatda xarajatlar ortadi, eksperiment o‘tkazishni boshlash va marketing qarorlari qabul qilish orasidagi vaqt uzayadi, eksperimentni o‘tkazish sharoitlari o‘zgarishi mumkin. Bozor eksperimentlari hech qachon laboratoriya eksperimentlari kabi yaxshi nazorat qilinmaydi. Masalan, tovar ishlab chiqaruvchi reklama xarajatlarini pasaytirgan eksperimental mintaqadagi distribyutorlar va chakana savdogarlarning o‘zlari intensiv reklama kampaniyasi o‘tkazishni boshlashi mumkin. Raqobatchilar ongli ravishda eksperiment natijalarini buzib ko‘rsatishi, o‘z reklama va narx siyosatini o‘zgartirishi, eksperiment natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida katta hajmda eksperimental tovarni xarid qilishi mumkin.


    1. Download 3,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish