Marketing tadqiqotlari


Korrelyatsion tahlildan amaliyotda foydalanishga misol



Download 3,61 Mb.
bet199/304
Sana18.01.2022
Hajmi3,61 Mb.
#384519
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   304
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

Korrelyatsion tahlildan amaliyotda foydalanishga misol :


Iste’molchilarning savdo markalariga munosabatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan marketologlarning aniqlashicha, sotuvchilarning minimal ishtiroki bilan sotiladigan tovarlar uchun xaridorning reklamaga munosabati brendni tanib olish va unga munosabat o‘rtasida oraliq bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Ular agar tovarlar kompyuter tarmog‘i orqali xarid qilinadigan bo‘lsa, bu oraliq o‘zgaruvchi bilan nima bo‘lishini bilishga harakat qilib ko‘rdilar. Vengriyada kompaniyalardan biri xaridlarga bevosita reklamaning ta’sirini tadqiq qildi. Marketologlar o‘tkazgan so‘rov davomida turli ko‘rsatkichlar o‘lchandi. Shundan so‘ng brendga munosabat bilan unga ishonch o‘rtasida xususiy korrelyatsiya koeffitsiyentini hisoblab chiqish va shu bilan bir paytda reklamaga munosabatni istisno qilish zarur bo‘ldi. Mazkur korrelyatsion tahlil reklamaga munosabat haqiqatda muhim ahamiyat kasb etishini va iste’molchilar xulq-atvoriga ta’sir etishini ko‘rsatdi, chunki xususiy korrelyatsiya koeffitsiyenti brendga ishonch va unga munosabat juft koeffitsiyentidan ancha kichik edi.

Tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalar va jarayonlar bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan bo‘lib, bu hodisa va jarayonlardan birining o‘zgarishi, albatda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi va aksincha. Bunda birinchisi albatta funksiya yoki natija bo‘lsa, ikkinchilari argument yoki omillar bo‘lib hisoblanadi. Bunday hodisalar marketing jarayonida ham sodir bo‘ladi. Shu tufayli marketing tadqiqotlarida ham ushbu bog‘lanishlarni albatta o‘rganishni taqozo qiladi.

Natija ko‘rsatkichi bilan omillar o‘rtasidagi bog‘lanishlar xarakteriga qarab ikki guruhga bo‘linadi:


    • funksional bog‘lanishlar;

    • korrelyatsion bog‘lanishlar.

Bog‘lanishlar yo‘nalishiga qarab ham ikkiga bo‘linadi:

    • to‘g‘ri bog‘lanishlar;

    • teskari bog‘lanishlar.

Analitik ifodalarning ko‘rinishlariga qarab ham bog‘lanishlar ikki guruhga bo‘linadi:

    • to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishlar;

    • egri chiziqli bog‘lanishlar.

Bir ko‘rsatkichning o‘zgarishi bilan ikkinchi ko‘rsatkich albatta o‘zgarsa va ular bir-biriga bevosita bog‘liq bo‘lsa bunday bog‘lanishlar funksional bog‘lanishlar deb aytiladi. Funksional bog‘lanishning eng muxim xususiyatlari shulardan iborat:

    • natija bilan omillar o‘rtasidagi bog‘liqlik bevosita arifmetik belgilardan iborat bo‘ladi;

    • ularning joylashuviga qarab qaysi omil ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi aniq bo‘ladi;

    • omilning qanchaga o‘zgarishi natijani qanday o‘zgarganligini ham aniqlash imkoniyati mavjud bo‘ladi;

    • ushbu ko‘rsatkichlarning bog‘liqligi (natija bilan omillarning) albatta matematik formulalarda tenglama shaklida ifodalanadi.

Ko‘rsatkichlarning funksional bog‘lanishlarini sxematik tarzda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:

Yi = f (x1, x2, x3, xn) = f (xi) ;

bu yerda: Yi - natijaviy belgi;

x1,x2,x3, … xn- alohida omillarning belgilari; Xi - omillar belgisi;

f (xi ) – bu belgilarning ma’lum funksional bog‘lanishidir.


Ammo amaliyotda shunday bog‘lanishlar ham borki, bir ko‘rsatkichning (omilning) o‘zgarishi ikkinchi ko‘rsatkichning (natijaning) o‘zgarishiga olib kelishi tabiiy. Biroq, ularning bir-biriga ta’sirini funksional holatdagidek aniqlash qiyin. Masalan, iqlimning o‘zgarishi hosildorlikka ta’sir qilish tayin, lekin qanchaga o‘zgartirganligini hisoblashning imkoni yo‘q. Bunday noaniq bog‘lanish statistikada korrelyatsion bog‘lanish deb aytiladi. Ushbu so‘zning ma’nosi lotinchadan olingan bo‘lib, correlatio – narsalarning o‘zaro nisbatini anglatadi, deyilgan.

Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundaki, natijaga ta’sir qiluvchi barcha omillarning to‘liq ruyxatini aniqlash qiyin, faqatgina formula yordamida korrelyatsion bog‘lanishlarning taxminiy ifodalarini yozish mumkin,

xolos. Korrelyatsion bog‘lanishni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:

Yi = a1 + a1x ;

Bunda:Yi –natija ko‘rsatkichi;

a1 – ikkinchi darajali va tasodifiy omillar ta’sirida yuz beradigan natija belgisinining o‘zgarmaydigan bir qismi;

a1x – hisobga olingan natija belgisining ma’lum omil belgilar ta’siri ostida shakllangan o‘zgariuvchining bir qismidir.

Muayyan davr ichida ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘lanishni asosan oddiy parallel qatorlar tuzish yo‘li bilan o‘rganiladi. Shu maqsadda eng avvalo, taqqoslanayotgan belgilar o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har ikkala qator yonma-yon joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi. Bunday korrelyatsion bog‘lanishlar yuqorida aytilganidek bir qancha yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:


    • to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish;

    • qisman to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish;

    • teskari chiziqli bog‘lanish;

    • qisman teskari chiziqli bog‘lanish;

    • nol koeffitsiyentli bog‘lanish.

Marketing tadqiqotlarida barcha bog‘lanishlar uchrashi tabiiy. Bularning har birini qisqagina qarab chiqish maqsadga muvofiq.

To‘g‘ri chiziqli bog‘lanish deyilganda, omillarning ijobiy tomonga o‘zgarishi natijaning ham ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib kelishi tushuniladi. Bunga quyidagi misolni keltirish mumkin:



Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish