– BOB. BOB INTERNET TARMOG‘IDA MARKETING TADQIQOTLARI O‘TKAZIShNI TAShKIL ETISH
Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni
Internet inglizcha -“Internet” – umumjahon
kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi deb nomlanadi. U ma’lumotlar paketiga yo‘naltirilgan IP protokolidan foydalanuvchi qurilmadan iborat.
Internetning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘plab yondosh va turdosh sohalar yutuqlari bilan uzviy bog‘liq. Bu tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi, operatsion tizimlarning takomillashuvi, dasturlash tillarining rivojlanishi va hokazolardan iborat. Qirq yildan ortiq rivojlanish tarixi davomida Internet ko‘plab hodisalarni boshidan kechirdi. Ularning asosiylari haqida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Global tarmoqning vujudga kelishi. Internetning Vatani AQSh hisoblanadi. U o‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxirida ARPANET (Advanced Research Project Agency Network) paketlar kommutatsiyasi tarmoq loyihasidan kelib chiqqan.
Dastlab Internet bir-biridan uzoqlikda
joylashgan kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ishlab chiqilgan hamda axborot saqlash va tarqatishning ko‘plab muqobil yo‘llariga ega markazlashmagan hududiy taqsimlangan tarmoq sifatida ko‘zda tutilgan. Bu AQSh Mudofaa vazirligi kompyuterlari o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatishi, harbiy harakatlar, masalan, atom bombasi portlashi natijasida ham tarmoqning ishdan chiqmasligini ta’minlashi taxmin qilingan.
World Wide Web. Biznesning, xususan, elektron tijoratning rivojlanish nuqtai nazaridan Internet tarixidagi eng muhim hodisalardan biri, gipermatnli texnologiyaga
asoslangan «jahon o‘rgimchak to‘ri» – World Wide Web (WWW) muhitini yaratish hisoblanadi.
World Wide Web tarixi 1989 yilning mart oyida boshlangan bo‘lib, bunda Tim Berns Li (Tim Bernes Lee) yuqori energiyalar fizikasi sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish uchun telekommunkatsiya muhit loyihasi bilan chiqdi. 1991
yilda esa Shveysariyada joylashgan Yevropa amaliy fizika laboratoriyasi (CERN) butun dunyoga World Wide Web yangi global axborot muhitining yaratilgani haqida xabar qildi.
Hujjatlarni formatlash uchun vositalar to‘plamini ifodalovchi gipermatnli til (Hypertext Markup Language, HTM ) yordamida WWW to‘ri Internetda matn, tasvir va ovoz shaklida mavjud bo‘lgan ulkan hajmli barcha axborotlarni bir qilib bog‘ladi.
WWW va web-sahifalarni ko‘rib chiqish uchun dasturlar – brauzerlarning paydo bo‘lishi Internetdan foydalanuvchilarga ular ilgari MS Windows turidagi grafik «qobiq»lar bilan ishlash davomida olgan tajriba va ko‘nikmalaridan foydalanish imkonini berdi. Bunda tasvir, matn va boshqa shakldagi axborotlarni bitta hujjatga joylashtirish shart bo‘lmay qoldi. Hujjatning tarkibiy qismlari, shuningdek, uning bo‘limlari turli web-serverlarda saqlanishi, hujjat tuzilmasida joylashtirilgan URL-ko‘rsatkichlar yordamida esa bog‘lanishi va gipermatnli hujjatni tashkil qilishi mumkin.
Marketing tadqiqotlari zamonaviy korxonalar marketing axborot tizimining asosiy vositalaridan birini ifodalaydi.
Bozorni tadqiq etish, iste’molchi did-istaklarini tahlil qilish, sotuvni bashorat qilish, reklama samaradorligini baholash kabi ko‘plab vazifalar faqat ular yordamidagina hal etilishi mumkin. Internet barcha bilimlar sohasida ulkan hajmdagi axborotlarni qamrab olgan, jahondagi yetakchi kompaniyalar va iste’molchilarning keng qatlamlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos muhit sifatida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun samarali foydalanilishi mumkin.
Yuqoridagi boblarda ta’kidlaganimizdek, marketing tadqiqoti bu kompaniyaning tijorat faoliyatida operativ va strategik qarorlar qabul qilish uchun axborot izlash, to‘plash, qayta ishlash va tayyorlash jarayonidir.
Tadqiqot natijalarini
taqdim etish
Samarali marketing tadqiqotlari beshta bosqichdan iborat (5.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |